Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Mariana orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shimoliy Mariana Orollaridan yoʻnaltirildi)

Shimoliy mariana orollari, Shimoliy Mariana Orollari Hamdoʻstligi — Tinch okeanning gʻarbiy qismi, Mikroneziyadagi Mariana orollari guruhida joylashgan davlat. Maydoni 477 km². Aholisi 94 ming kishi (2023). Poytaxti — Susupe shahri (Saypan o.da). Aholisining asosiy qismi — tub joy aholisi boʻlgan chamorrolar. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sh.M.O. — "AQShga erkin qoʻshilgan qudud". Davlat va ijrochi hokimiyat boshligʻi — gubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi).

Mamlakat 14 yirik va bir qancha mayda orol hamda riflarda joylashgan. Orollar shim. va jan. orollar tizimini tashkil etadi. Shimoliy orollar tizimi vulkan orollar (soʻnmagan vulkanlar bor, eng baland joyi 965 m). Janubiy orollar tizimi marjon va vulkan orollardan iborat. Fosforit, oltingugurt, temir va marganets rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800–2000 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Tayfunlar boʻlib turadi. Togʻ yon bagʻirlari nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan; savanna maydonlari bor. Mayda kemiruvchilar, qush va hasharotlar yashaydi. Tarixi. Sh.M.O. davlati 1976-yil BMTning Tinch okean orollaridagi vasiylik hududlarini boʻlish jarayonida tashkil topgan. 1986-yil 3 noyabr

da Sh.M.O. AQSH bilan erkin uyushishi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. 1993-yilda AQSH vasiyligi bekor qilindi.

Iqtisodiyaoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyohlik (yiliga 200 mingga yaqin sayyoh kelibketadi; asosan, Yaponiyadan) va qishloq xoʻjaligi (mamlakat hududining ʻD qismiga yaqini band). Kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, non daraxti, kofe oʻstiriladi, pomidor va qovun ekiladi. Baliq (asosan tunets) ovlanadi va qayta ishlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi.

Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, ichimliklar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 494 km (27% qattiq qoplamali). Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.

SH.M.O.da ingliz va mahalliy (chamorro) tillarda "Marianas verayeti nyus end vyus" ("Mariana yangiliklari", 1972-yildan), "Marianas revyu" ("Mariana sharhi", 1979-yildan) va ingliz tilida "Marianas observer" ("Mariana kuzatuvchisi") haftanomalari, ingliz tilida "Saypan tribyun" ("Saypan minbari", haftada 2 marta) gaz. chiqadi. "Inter aylend komyunikeyshn inkorporeyted" tijorat radioeshittirish xizmati 1984-yil tashkil etilgan. 33 kanalli "Tropik aylendz keybl TV korporeyshn" tijorat televideniye korporatsiyasi 1988-yildan faoliyat koʻrsatadi.