Kontent qismiga oʻtish

Shoakrom Isroilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shoakrom Xolmatovich Isroilov
 Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri
Mansab davri
2018-yil 5-martdan – 2018-yil 25-iyulgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan,
Rustambek Qurbonov Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi sifatida
Vorisi Dilmurod Nabiyev[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-may 1963-yil (1963-05-25) (61 yosh)
Toshkent

Shoakrom Xolmatovich Isroilov – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi.

2008-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori. 2013-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori. 2018-yil 5-martdan 25-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri. 2018—2023-yillarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2][3][4][5][6][7][8].

Oʻgʻli Shoolim Shoakromovich Isroilov – sport mutaxassisi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta oʻqituvchisi[9][10].

Oʻgʻli Shoislom Shoakromovich Xolmatov – futbol mutaxassisi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi komissari[11]. Liganing barcha darajadagi musobaqalarida ishtirok etgan[12].