Shodibiy madrasasi
Madrasa | |
Shodibiy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Shodibiy otaliq |
Binokorlik tashabbuschisi | Shodibiy otaliq |
Asosiy sana: XVI asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 87 ta |
Shodibiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Shodibiy madrasasi XVI asrda Registonning gʻarbida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida Shodibiy otaliq ibn Lalbiy otaliq tomonidan bunyod etilgan. Buxorodagi uchinchi darajadagi oliy madrasalardan biri boʻlib, banoraspoʻsh mudarris talabalarga tahsil bergan. Abdurauf Firat maʼlumotlariga koʻra yillik vaqf mablagʻi 40 ming tagani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaga oid 4 ta vaqf hujjati mavjud. Madrasa xom va pishiq gʻishtdan qurilgan va tashqi hovlisi boʻlgan. Madrasa gʻarbi va shimolida hovlilar va Sitorai Mohi Xossa masjidi, sharqida Sitorai Mohi Xossa madrasasi, janubi esa koʻcha boʻlgan. Madrasa uchun voqif Nasaf viloyatidagi Joʻyi Nahri haq qishlogʻidagi yerlarni vaqf qiladi. Bundan tashqari voqif madrasa janubi sharqiy tomonidagi doʻkonlar va hovlillarni vaqf mulkiga aylantirgan. Madrasaga mutavvalini qozi tayinlagan. Mutavvali vaqf yerlaridagi hosildan ushr olgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa har bir hujrasida ikki nafar talaba yashagan. Mazkur hujjat nusxasi Amir Shohmurod muhri bilan tasdiqlangan. Mazkur madrasaga oid yana koʻplab hujjatlar topib oʻrganilgan. Mufti dars oʻtishi uchun yiliga 2600 tanga haq toʻlangan. Mazkur madrasa sovet inqilobi davrida vayron etilgan[2].
Shodibiy madrasasi 87 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.