Kontent qismiga oʻtish

Shodmon Hayitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shodmon Hayitov
Tavalludi 01.05.1962
Buxoro tumani, Buxoro, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Tarix
Ish joylari Buxoro davlat universiteti
Akademik rahbarlari Alimardon Abdulhamidov, Dilorom Alimova


Shodmon Ahmadovich Hayitov (1962-yil, 1-may, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (2009), professor (2021).

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1962-yil 1-mayda Buxoro viloyati Buxoro tumani Losha fuqarolar yigʻiniga qarashli Usmon Yusupov kolxozidagi Diosiyo qishlogʻida ziyoli, oʻqituvchi oilasida tavallud topgan.1969—1970-yillarda Diosiyo qishlogʻidagi Buxoro tuman xalq taʼlimiga qarashli A. S. Pushkin nomidagi 1-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida tahsil olish uchun birinchi sinfga borgan. 1969—1979-yillarda oʻrta taʼlim olib, 1979-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)ning „Tarix-pedagogika“ fakultetiga oʻqishga kirdi.1979—1984-yillarda institutda tahsil olib, tarixchi-pedagog, jamiyatshunos, tarbiyaviy ishlar uslubshunosi ixtisosligini oladi.1984—1986-yillarda bir paytning oʻzida BDPI KPSS tarixi kafedrasida assisent, Buxoro tuman Menjenskiy nomli oʻrta umumtaʼlim maktabida tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1986-yil martdan BDPIning „Umumiy tarix“ kafedrasiga oʻqituvchi boʻlib, toʻliq hissada ishga oʻtgan.1989-yil 2-yanvardan —1991-yil dekabr oxiriga qadar Farg‘ona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ning „Umumiy tarix“ kafedrasida kunduzgi boʻlim aspiranturada tahsil olgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda „Oʻzbekiston jamoat tashkilotlarning mamlakat xalqaro aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki“ mavzusidagi 07.00.02 – Vatan tarixi ixtisosligidan fargʻonalik taniqli tarixchi va etnograf olim Alimardon Abdulhamidov (1936—1993) ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqlagan. 2008—2011-yillarda Buxoro davlat universiteti „Umumiy tarix“ kafedrasiga mudirlik qilgan. 2009-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutining doktorlik ilmiy darajasini berishga ixtisoslashgan kengashida tarix fanlari doktori, professor Dilorom Alimova ilmiy maslahatchiligida „XX asrda oʻzbek muhojirligi tarixi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, (07.00.01. Oʻzbekiston tarixi) tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2011-yilda kafedralar birlashuvidan soʻng 2011-yil sentyabrdan 2018-yil dekabrga qadar „Tarix“ kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritgan. 2019—2020 yillar kafedra mudiri, 2019-yil yanvardan BuxDU „Jahon tarixi“ kafedrasida professori boʻlgan. 2021-yil 30-sentyabr O‘zR OAKning 306/1 son bayonnomasi „Oʻzbekiston tarixi“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni olgan[1]. Shodmon Hayitov „Antique Vorid“ Xalqaro ilmiy Akademiyaning doktorlik, professorlik diplomlari, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, Tojikiston Respublikasi Panjikent pedagogika instituti faxriy professori unvonlariga ham sazovor boʻlgan. Shodmon Hayitov oʻzbek muhojirligi va migratsiya masalalariga hamda XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixiga oid 100 dan ortiq monografiya, risola, kitob, qoʻllanmalar chop ettirgan. Uning jurnal va gazetalarda chop ettirgan maqolalari, chop etilgan konferensiya va anjumanlardagi ishlari va tezislari 650 tadan ortiq. Shodmon Hayitov Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy oliygohlarida turli yillarda ixtisosligidan davlat attestatsiyasi komisiyasiga raislik va aʼzolik qilgan. Fargʻona Davlat Universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Buxoro muhandislik texnologiyalar institutlarida „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekiston xalqaro maydonda“, „Buyuk ipak yoʻli va jahon sivilizatsiyasi“, „Oʻzbek muhojirligi tarixi“ fanlaridan maʼruzalar oʻqigan[2].

Kitoblari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monografiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hayitov Sh, Sobirov N „Sovuq urush“ lar asoratini yengib… Toshkent, Oʻzbekiston 1991 yil, 11 bosma taboq.
  2. Hayitov Sh. A, Sobirov N.S, Legay A. S. Xorijdagi oʻzbeklar. Toshkent, „Fan“, 1992 yil, 108 bet.
  3. Hayitov Sh, Badriddinov S. Vatan deya vatansiz oʻtganlar qismati. Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2005 yil, 159 bet.
  4. Hayitov Sh, Badriddinov S. Vatanjudolikning mungli tarixi. Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2005 yil, 188 bet.
  5. Hayitov Sh, Badriddinov S. Oʻzbekiston bizga ham vatan. Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2006 yil, 158 bet.
  6. Hayitov Sh. Oʻzbek muxojirligi tarixi. Toshkent, ABU-MATBUOT-KONSALT, 2008 yil, 208 bet.
  7. Hayitov Sh. A. Urush va muhojirlik. -Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2009 yil, 104 bet
  8. Hayitov Sh. A. va b. Oʻzbekiston kon sanoati: oʻtmishi va buguni. -Toshkent: „Turon zamin ziyo“, 2015 yil, 204 bet.
  9. Hayitov Sh. A., Saidov I. M. Xorijdagi oʻzbeklar tarixi va etnografiyasi. – Samarqand, 2015 yil, 142 bet.
  10. Hayitov Sh. A. Afgʻoniston tarix koʻzgusida. (monografiya) Buxoro, „Durdona“ nashriyoti, 2018 yil, 130 bet.
  11. Hayitov Sh. A. „Buxoro va buxoriylarning jahoniy shuhrati“ (monografiya). – Toshkent: „Navroʻz“, 2020 yil, 205 bet.
  12. Hayitov Sh, Aymatova Z. Markaziy Osiyo musulmonlarining Muborak Haj safari: tarix va bugun. (monografiya).-Buxoro-2022 yil, 100 bet.

Risola va kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hayitov Sh. Vatan, Vatanparvar, Vatanjudo. Toshkent., 1992 yil, 26 bet.
  2. Hayitov Sh. Obshestvo „Vatan“ v ukreplenii vzaimosbyazi s zarubejnimi sootechestvennikami. Buxara: izd. Buxara, 1992 god. 32 str.
  3. Hayitov Sh, Salmonov A, Yoʻldoshev S. Oʻzbek muxojirligi tarixidan. Fargʻona: „Fargʻona“ nashriyoti, 1998 yil, 71 bet.
  4. Hayitov Sh, Rahmonov K. Buxoroning xorijdagi talabalari (XX asrning 20 yillari) Buxoro-2003 yil, 27 bet.
  5. Hayitov Sh, Rahmonov K. Istiqlolning ikki buyuk farzandi. Buxoro „JTM“ Bosh tahririyati, 2003 yil, 28 bet.
  6. Hayitov Sh, Rahmonov K. Buxoro Xalq Respublikasi va Germaniya: hamkorlikning tarixiy lavhalari (1920-1924 yillar) Toshkent, „Fan“, 2004 yil, 102 bet.
  7. Hayitov Sh, Rahmonov K. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Sharq mamlakatlari (1920-1924 yillar) Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2004 yil, 77 bet.
  8. Hayitov Sh, Badriddinov S, Rahmonov K. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot (1920-1924 yillar) Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2005 yil, 154 bet.
  9. Hayitov Sh. Badriddinov S. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida xali salomatligini mustahkamlash uchun kurash tarixidan (1920-1924 yilla) Buxoro-2005 yil, 24 bet.
  10. Hayitov Sh. Badriddinov S. Buxoro tarixidan lavhalar (XIX-XX asrlar) Buxoro 2007 yil, 104 bet.
  11. Hayitov Sh. Usmon Xoʻja Poʻlatxoʻjaev milliy istiqlol kurashchisi. Buxoro-2007 yil, 56 bet.
  12. Hayitov Sh. Sohibqiron Amir Temur va Mustafo Kamol Otaturk (tarixiy lavhalar, maqolalar, taqrizlar). Buxoro-2008 yil, 102 bet.
  13. Hayitov Sh. Muxojirlik na shodlik, na gʻam… Buxoro-2008 yil, 104 bet.
  14. Hayitov Sh. Vatan mehri. -Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2010. 88 bet.
  15. Hayitov Sh, Rajabov Q. Usmon Xoʻja (risola), Toshkent, ABU-MATBUOT-KONSALT, 2011 yil, 36 bet.
  16. Hayitov Sh. Afgʻoniston: tarixning chigal soʻqmoqlari. – Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2011 yil, 52 bet.
  17. Hayitov Sh. A, Orziev M. Z. Markaziy Osiyo va Xitoy: Buyuk ipak yoʻli chorrahalarida (mil avv. IV – mil. VIII asr). Buxoro, „Durdona“ nashriyoti, 2014 yil, 56 bet.
  18. Hayitov Sh, Rahmonov K. „Buxoro axbori“ qachon chop etilgan edi? Tarixga muhrlangan 90 yil. Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2010 yil, 108 bet.
  19. Hayitov Sh. A, Orziev M.Z, Hayitov J.Sh. Amir Temur siymosi barhayot. Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2015 yil, 80 bet.
  20. Hayitov Sh. A., Aymatova Z.Gʻ. Markaziy Osiyo musulmonlarining haj ziyorati: tarix va bugun. -Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2014 yil, 43 bet.
  21. Hayitov Sh. A. Ikkinchi jahon urushi: asirlarning taqdiri va fojiali hayot lavhalari. -Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2015 yil, 39 bet.

Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hayitov Sh, Sobirov N. Baynalminal tarbiya omili va yoshlar (qoʻllanma) Buxoro-1990 yil, 43 bet.
  2. Hayitov Sh, Karimova M. Tarix darslari samaradorligini oshirishda xorijdagi oʻzbeklar hayotini oʻrganish (oʻqituvchilar uchun oʻquv qoʻllanma). Buxoro-1993 yil, 40 bet.
  3. Hayitov Sh, Temirov U. Xorijdagi oʻzbek ijodkorlari (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Buxoro-1994 yil, 40 bet.
  4. Hayitov Sh, Hayitov Sh. Oʻzbek adabiyoti jahon kezadi (uslubiy qoʻllanma). Buxoro-1994 yil, 22 bet.
  5. Hayitov Sh, Temirov U. Quyosh yoʻllarida qadim karvonim… (Tarix fakulteti talabalari uchun qoʻllanma). Buxoro-1994 yil, 20 bet.
  6. Hayitov Sh. Obщestvennie organizatsii: i mejdunarodnie svyazi: lyudi, godi i fakti. Buxara: izd. Buxara-1995 god, 84 str.
  7. Hayitov Sh. „Oʻzbekistonning xalqaro aloqalardagi ishtiroki“ maxsus kursidan dastur va koʻrsatma („Tarix“ ixtisosligi bitiruvchi kurs va talabalari uchun") Buxoro-1996 yil, 14 bet.
  8. Hayitov Sh. Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlar tarixidan (qadimgi zamonlardan XX asrning 90 yillariga qadar). Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. Buxoro-1996 yil, 102 bet.
  9. Hayitov Sh. A. Tarix darslarida Oʻzbekistonning xalqaro adoqalaridagi ishtirokini oʻrganish. (tarix fani oʻqituvchilari uchun uslubiy qoʻllanma) Buxoro-2005 yil, 25 bet.
  10. Hayitov Sh. Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi tarixi (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Buxoro-2005 yil, 54 bet.
  11. Hayitov Sh. Osiyo va Afrika mamlakatlari eng yangi tarixi (uslubiy qoʻllanma) Buxoro-2005 yil, 68 bet.
  12. Hayitov Sh. Tarixiy geografiya (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Buxoro-2007 yil, 52 bet.
  13. Hayitov Sh, Axmedova M. Buyuk ipak yoʻli va jahon svilizatsiyasi (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Buxoro-2007 yil, 54 bet.
  14. Hayitov Sh. Oʻzbek muxojirligi tarixi (oʻquv-uslubiy qoʻllanma) Buxoro-2007 yil, 83 bet.
  15. Hayitov Sh, Hamroev A. Oʻzbekiston Respublikasi arxiv qonunchiligi (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Buxoro-2008 yil, 55 bet.
  16. Hayitov Sh. Oʻzbek muxojirligi tarixi (bakalavriyatning tarix yoʻnalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma). Buxoro: „Buxoro“ nashriyoti, 2015 yil, 220 bet.
  17. Hayitov Sh, Saidov I, Saidova R. Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi tarixi fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanma (lotin imlosida) Samarqand-2017 yil, 80 bet.

Xotira kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hayitov Sh. A. Poʻlatdek mustahkam, chinordek umrboqiy (otam haqida xotiralar) Buxoro: „Durdona“ nashriyoti, 2014 yil, 168 bet.
  2. Hayitov Sh. A. Xotiramdagi lavhalar (Yuragimga yaqin goʻshalar), Buxoro: „Durdona“ nashriyoti, 2016 yil, 120 bet.
  3. Hayitov Sh. A. Fargʻona taassurotlari. Buxoro: „Durdona“ nashriyoti, 2017 yil, 256 bet.


  1. Inoyatov S.S., Jo'rayev X.J. Ustozlarga hurmat-ajdodlarga meros. Buxoro: Buxoro, 2022 — 272-bet. 
  2. Inoyatov S. Shadmanova S. Hayitov Shodmon. Biobibliografiya, Buxoro, 2022 — 79-bet.