Kontent qismiga oʻtish

Shorsha qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shorsha qabristoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrining janubiy hududida „Allaniyaz Qaharman“ MFY da joylashgan. Qabriston hududida mil. avv. IV-III asrlardan eramizning IV asrlariga tegishli qadimgi shahar „Shorsha qala“ arxeologik obyekti joylashgan. Eski Shorsha shahri janubiy-sharqdan shimolga tomon choʻzilgan geometrik toʻgʻri toʻrtburchakdan iborat boʻlib, maydoni 180x120 metr. Bugungi kunda qalin devorlar bilan oʻralgan shaharning himoya devorlarining oʻrnigina saqlanib qolgan. Arxeologik qazishma ishlari davomida u yerdan hosildorlik xudosi Anaxitaning haykali, kanalizatsiya va suv tarmoqlarida foydalanilgan quvurlar topilgan. Topilgan arxeologik buyumlar oʻrta asrlarga, XII-XIV asrlargacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Vaqt oʻtishi bilan har xil ichki va tashqi taʼsirlar natijasida mazkur shaharning devorlari qulab, tepalikka aylangan. Hozirgi paytda shahar ustiga marhumlar dafn qilinib, qabristonga aylangan[1].

Shorshada hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston tarixida oʻchmasiz qoldirgan Charjau Abdirov, Ibroyim Yusupov, Najim Dovqorayev, Asan Begimov, Sodiq Nurimbetov, Navro‘z Japakov, Marat Nurmuhamedov, Doʻsjon Nasirov, Musa Yerniyazov singari taniqli olimlar, shoirlar, davlat va jamiyat faollarining qabrlari mavjud.

  1. J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.