Kontent qismiga oʻtish

Shuhrat Hayitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Hayitov
Shuhrat Moyliyevich Hayitov
 "O‘zbekiston tarixi" telekanalining direktori
Mansab davri
2021-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Shuhrat Moyliyevich Hayitov

20-fevral 1984-yil (1984-02-20) (40 yosh)
Chiroqchi
Qashqadaryo viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Muhammadiyeva Dilafroʻz
Bolalari 4 ta
Onasi Ayisha Abdurahmonova
Otasi Moyli Hayitov
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Toshkent davlat unversiteti
Kasbi jurnalist, teleboshlovchi, pedagog, filolog
Dini islom
Mashhur ishlari "Ziyoli minbari" „Navoiyga ehtirom“
"Yulduzlar yogʻdusi"
"Ziyo dargʻalari"
"Ibratga yoʻgʻrilgan umr"
"Taraqqiyotning yangi bosqichi"
"Telehikoya"
"Aslida qanday?.."
"Mavzu"
"Yil faoli" koʻrsatuvlari.
Qoʻmitalar Oʻzbeksiton yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Ilmiy unvoni Dosent
Maʼlumoti Oliy, PhD
Mukofotlari "Eng ulugʻ, eng aziz"(2017), „Sarhisob“(2017), „Yilning eng faol jurnalisti“ (2021)
"Oltin qalam"
Bosh milliy mukofoti.

Shuhrat Hayitov – Oʻzbek jurnalisti, teleboshlovchi, pedagog, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), adabiyotshunos, Xalq taʼlimi aʼlochisi (2017-yil),Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (2021)[1]. XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi[2][3].

Hayitov Shuhrat Moyliyevich 1984-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani (hozirgi Koʻkdala tumanida) Ayritom qishlogʻida tugʻilgan[4][5]. Otasi Moyli Hayitov hamda onasi Ayisha Abdurahmonova qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat koʻrsatgan. Hayitovlar oilasida yetti nafar farzand boʻlib, Shuhrat ularning ichida eng kichigi boʻlgan. Ilk taʼlimini Chiroqchi tumanidagi 131-umumtaʼlim maktabida olgan[6] Soʻngra Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining bakalavr, magistratura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan. Oilali, ikki oʻgʻil, ikki qiz farzandning otasi. Turmush oʻrtogʻi Muhammadiyeva Dilafroʻz Axtamovna filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga dars berib keladi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tr Ishlagan vaqti Ish joyi Mansabi
1 2006-yilda "Oʻzbekiston" teleradiokanali" davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston“ radiokanali Xodim
2 2006 – 2003-yillar „Oʻzbekiston“ radiokanalining „Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar“ muharririyati Muxbir, Muharrir, Sharhlovchi, siyosiy sharhlovchi
3 2013 — 2014-yil „Oʻzbekiston“ teleradiokanali" „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat Bosh muharrir oʻrinbosari
4 2014 – yildan "Oʻzbekiston" teleradiokanali" „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat Bosh muharriri
5 2021-yildan „Oʻzbekiston tarixi“ telekanali[7]. Direktori

Jurnalistik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Hayitov faoliyati davomida bir qancha eshittirish va telekoʻrsatuvlarga muallif va boshlovchilik qilgan. Undan tashqari qator koʻrsatuv va hujjatli filmlarga, shuningdek ilmiy-ommabop kitoblarga muharrirlik vazifasini bajargan.

  • „Navoiyga ehtirom“,
  • „Yulduzlar yogʻdusi“,
  • „Ziyo dargʻalari“,
  • „Ibratga yoʻgʻrilgan umr“,
  • „Taraqqiyotning yangi bosqichi“,
  • „Telehikoya“,
  • „Aslida qanday?..“,
  • „Mavzu“,
  • „Yil faoli“,
  • „Studiya-24“,
  • „Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari“,
  • „Ziyoli minbari“
  • „Ramazon rivoyatlari“

XVI „Oltin qalam“ xalqaro tanlovining Bosh milliy mukofotiga sazovor boʻlgan[8].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sh. Hayitovning „Radioga tashrif“ (2012), „Xorijda boburshunoslik“(2021), „Radio va televideniye“ (2022) kabi oʻquv-uslubiy monogragik kitoblari, shuningdek, yuzga yaqin ilmiy-ommabop maqolalari Oʻzbekiston va xalqaro jurnallarda chop etilgan[9] Oʻzbek adabiyotshunosligi, ayniqsa, boburshunoslikka oid koʻplab xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruza qilgan[10]. Jumladan, AQSH, Turkiya, Ozorbayjon, Hindiston hamda Saudiya Arabistoning Ar-Riyod shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bagʻishlangan tadbirlarda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etgan:

Temuriyzoda Boburning serqirra ijodi katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning, adabiyot, tarix, tilshunoslik, huquqshunoslik, musiqa va geografiyaga oid qarashlari bizga tariximiz haqida juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Shu bilan birga, o‘sha davr manzaralarini o‘rganishimizda muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi»[11].

deya fikir bildirgan. Yuzdan ortiq publitsistik maqolalar, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga doir ellikdan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari respublika va AQSh, Germaniya, Rossiya, Turkiya va Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar jurnallarida eʼlon qilingan. Turkum maqolalari „Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi“ (2014, 2016), „Bibliografiya“ (Moskva 2016), „Baburidi“ (Moskva 2019) nashrlaridan oʻrin olgan. Uning „Radioga tashrif“ (2012) va „Xorijda boburshunoslik“ (2021)[5], „Radio va telvideniye: kecha va bugun“, „ Televideniye mening taqdirimda“ (2022) asarlari chop etilgan[12]. Shu bilan birgalikda u „Telejurnalist“ toʻplamiga muharirlik qilgan[13] va yana Oʻndan ziyod ilmiy-badiiy asarlarga masʼul muharrir boʻlgan. Shu bilan birgalikda Shuhrat Hayitovning Turkiyada boburshunoslik yoʻnalishidagi turkum maqolalari „Bobur ensiklopediyasi“ nashrlaridan oʻrin olgan[5].

Sohadagi ilmiy ishlari
Tr Asar nomi Asar mavzusi Yili
1 „Xorijda boburshunoslik“ Mazkur monografiyada Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi, shuningdek, dunyo fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalar tadqiqiga alohida ahamiyat qaratilgan. Kitobda shoir asarlarining oʻzbekcha-turkcha manbalari qiyosiy tadqiq etilib, „Boburnoma“, „Bobur devoni“, „Mubayyin“, „Risolayi volidiyya“ asarlarining turkcha tarjimalari qiyosiy-tipologik metod asosida oʻrganilgan. Turk adabiyotida shoir hayoti va ijodining yoritilishi, asarlari tarjimasi, qoʻlyozma matni va uning tavsifi va talqini kabilar bilan bogʻliq boburshunoslikdagi aktual masalalar va ularning yechimiga oid ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqilgan[14]. 2021-yil
2 „Radioga tashrif“ Mazkur kitobda radiojurnalistik janrlar va ularning oʻziga xos xususiyatlari, radio ssenariy va ularning yozilish qoidalari, radiosuhbatlar matni, bugungi kun radiosining ijodkorlari va oʻziga xos jihatlari yoritilgan. 2012-yil
3 „Televideniye mening taqdirimda“ Mazkur kitobda televideniyeda koʻp yillar mobaynida faoliyat yuritgan ijodkorlarning oʻzbek telejurnalistikasi tarixi va buguniga oid turkum maqolalari, shuningdek esse, ocherk va badialar jamlangan[15]. 2022-yil
4 „Radio va televideniye“ Mazku oʻquv uslubiy qoʻllanmada mamlakatimizdagi radio va televideniyaning paydo boʻlish tarixi, teleradio jurnalistikasining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, janr hususiyatlari hamda, ushbu sohaga ulkan hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan davlat va nodavlat telekanal va soha hodimlari haqida maʼlumot beriladi[16] 2022-yil
Ilmiy maqolalari
Tr Yili Maqola nomi Nashr etilgan manba

(jurnal, gazeta va saytlar)

1 2009-yil „Mubayyin“ asarining turkcha tarjimasiga doir ayrim mulohazalar Til va adabiyot taʼlimi
2 2010-yil Bobur merosining turkcha talqini Til va adabiyot taʼlimi
3 2011-yil Babür eserlerinin Türkiyeʼde araştırması Günsel sanʼat
4 2011-yil „Xatti Boburiy“ning oʻrganilishi OʻzMU xabarlari
5 2011-yil Bobur sheʼrlarining turkcha tarjimasi OʻzMU xabarlari
6 2011-yil Bobur asarlarining turkcha tarjimalari xususida Til va adabiyot taʼlimi
7 2011-yil „Boburnoma“ning turkcha tarjimalari Taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar
8 2012-yil „Boburnoma“ning turk olimlari tomonidan tadqiq etilishi ADU Ilmiy xabarnomasi
9 2012-yil Issledovaniye tvorchestva Babura v Tursii Filologiya məsələləri
10 2012-yil „Boburnoma“ning matniy-qiyosiy tahlili Oʻzbek tili va adabiyoti
11 2018-yil Bobur ijodining turkiy xalqlar adabiyotida oʻrganilishi Jahon adabiyoti[17][18].
12 2018 Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq Sharq yulduzi[19][20]
13 2012-yil Bobur asarlarining turkcha tarjimalari haqida Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati tarixida tutgan oʻrni xalqaro ilmiy anjuman materiallari
14 2018-yil Turkiy xalqlar adabiyotida boburshunoslik Jahon turkologiyasida oʻzbek tilining oʻrni va xalqaro hamkorlik istiqbollari mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
15 2014-yil Turkiy boburshunoslik: tavsif va tahlil Oʻzbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari
16 2019-yil „Bobur devoni“ning turkcha nashri OʻzMU Oʻzbek filologiyasining aspirant va doktorantlar ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami
17 2018-yil „Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi (oʻzbekcha-turkcha manbalar qiyosiy tahlili)“ Filologiya fan. boʻyicha falsafa dok. diss. avtoreferati.
18 2019-yil „Navoiy uyida 20 kun“ Maʼnaviy hayot
19 2019-yil may „Bobur eʼtiqodi“ Islom nuri[21][22]
20 2019-yil „Turkiyada Navoiy va Bobur ijodining oʻrganilishi“ „Oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishning nazariy va manbaviy asoslari masalalari“ Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
21 2019-yil „Turkiyada boburshunoslik“ „Alisher Navoiy va XXI asr“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari
22 2019-yil „Xatti boburiy“ va uning oʻrganilishi" „Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari
23 2019-yil „Kim koʻrubdur ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ“ Mahalla
24 2008-yil Bobur Mirzo va uning „Mubayyin“ asari (tarjima) Xorijda boburshunoslik ilmiy maqolalar toʻplami.
25 2009-yil „Boburnoma“ dunyo olimlari nigohida Yosh kuch
26 2010-yil 10-fevral Bori elga yaxshilik qilgʻil… Jamiyat
27 2011-yil Ibratga yoʻgʻrilgan hayot Jamiyat
28 2012-yil Ulugʻ siymo – betakror sheʼriyat OʻzR FA Yosh olimlar axborotnomasi.
29 2014-yil Turkiyada boburshunoslik „Bobur ensiklopediyasi“
30 2016-yil Hayitov Sh. M. Maqolalar Zaxiriddin Muxammad Babur. Baburidi. Bibliografiya. – Moskva, 2016.
31 2018-yil Isteʼdodli boburiyzodalar Saodat
32 2020-yil 10-fevral Navoiy va Boburni anglay olayapmizmi? www.uza.uz. (Oʻzbekiston milliy axborot agentligi sayti)
33 2020-yil 14-fevral „Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ“ Ishonch
34 2019-yil „Oʻxshashi yoʻq bir asar bor“ (suhbat) Bobur va dunyo.
37 2020-yil „Ulugʻ ajdodlarimizni taniymizmi?“ Bobur va dunyo.
  • „Eng ulugʻ, eng aziz“ (2016),
  • „Sarhisob“ (2017),
  • „MTRK SOVRINI“ (2010, 2012),
  • „Qadring baland boʻlsin, ona tilim!“ „Ijtimoiy rolik“[23] (2020),
  • „Yilning eng faol jurnalisti“ (2021) kabi respublika koʻrik-tanlovi.
  • XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi
  • Sh. Hayitovning soha rivojiga qoʻshgan hissasi munosib ragʻbatlantirilib, qator vazirlik va tashkilotlarining faxriy yorliqlari, shuningdek, „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“(2017)[5].
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ (2021) koʻkrak nishoni.
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yill“ (2022) koʻkrak nishoni.
  • Londonda oʻtkazilgan (ECG Film Festival) oltinchi Britaniya xalqaro kinofestivali savrindori(2024)
  1. Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
  2. OAV: "„Oltin qalam“ XVI milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi"
  3. „Oltin qalam“ – ijodga, izlanishga undayotgan tanlov
  4. Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Shuhrat, Hayitov „Шуҳрат Ҳайитовга табрик“. www.Muzaffar.uz. www.Muzaffar.uz. Qaraldi: 2022.15.09 12:50.
  6. „Qalamkashlar kamol topgan maskan“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  7. Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
  8. „Kun.uz jurnalisti “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi“. Kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 19-sentyabr.
  9. „Xorijda boburshunoslik“ kitobi chop etildi
  10. „Boburiylar sulolasi: tarixi, adabiyoti, madaniyati“ mavzusida seminar hamda foto koʻrgazma tashkil etildi
  11. Ar-Riyodda Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bag‘ishlangan onlayn-tadbir o‘tkazildi
  12. Маматова, Д „Тележурналистларга байрамона туҳфа“. https://uza.uz/posts/384859. https://uza.uz/posts/384859.+Qaraldi: 2022.15.09 soat 13:03.
  13. Hayitov, Shuhrat „«Тележурналист» нашрдан чиқди“. https://uza.uz. https://uza.uz.+Qaraldi: 23-dekabr.
  14. „"Хорижда бобуршунослик"“. https://uza.uz. https://uza.uz.+Qaraldi: 16,09,2022 7:45.
  15. Shuhrat, Hayitov. Televideniya mening taqdirimda, "IJOD PRESS", Toshkent: "IJOD PRESS", 2022 — 264-268-betlar-bet. ISBN 978-9943-8132-8-1. 
  16. Xadjayev.A, Hayitov.Sh. Radio va Televidenie. Toshkent.sh: "IJOD PRESS" nashryoti, 2022-yil — 334-336-betlar-bet. ISBN 978-9943-8132-7-4. 
  17. Hayitov, Shuhrat „Turkiy xalqlar adabiyotida Bobur ijodi“. Ziyouz.uz. Ziyouz.uz. Qaraldi: 26-sentyabr.
  18. Xayitov, Shuhrat. „Turkiy Xalqlar adabiyotida Bobur ijodi“. Jahon adabiyoti. 170-174 betlar-bet. ISSN 2010-5517.
  19. Xayitov, Shuhrat. “Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘”, Sharq Yulduzi, Toshkent: Sharq Yulduzi, 08.02.2021 — 146-150-bet. ISBN 0131-1832. 
  20. Hayitov, Shuhrat „“Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘”“. https://ziyouz.uz/author/davronbek/. https://ziyouz.uz/author/davronbek/.+Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  21. Hayitov, Shuhrat (2019.15.03). „Заҳириддин Муҳаммад Бобур эътиқоди“. Islom Nuri. 5(622)-jild, № 5(622). 6-7 betlar-bet. {{cite magazine}}: |qaralgan sana= parametriga qiymat berilganda, |url= parametriga ham qiymat berilishi lozim (yordam); More than one of |pages= va |page= specified (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |accessdate= va |date= (yordam)
  22. Shuhrat, Hayitov „Заҳириддин Муҳаммад Бобур эътиқоди“. Hidoyat.uz. Hidoyat.uz. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  23. „„Qadring baland boʻlsin, ona tilim“ xalqaro tanlovi gʻoliblari taqdirlandi“. 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.