Shuhrat Sharafutdinov
Shuhrat Sharafutdinov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-fevral 1965-yil Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, |
Shuhrat Xursanovich Sharafutdinov(1965-yil 5-fevralda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida tavallud topgan) — oʻzbek siyosiy va davlat arbobi.IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (2020—2025).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat Xursanovich Sharafutdinov 1965-yil 5-fevralda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida tavallud topgan[1].Shuhrat Sharafiddinov 1989-yilda Zaporojye (Ukraina) industrial institutinimuhandis-texnolog boʻyicha oʻqishni tamomlagan[2].Shuhrat Sharafutdinov OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzosi.
Shuhrat Sharafutdinov mehnat faoliyatini 1989-yil Fargʻona viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasi suvdan kompleks foydalanish bo‘limi katta muhandisi lavozimidan boshlagan.1992—2003-yillarda — Farg‘ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qo‘qon tumanlararo qo‘mitasining birinchi toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan. 2003—2006-yillarda — Farg‘ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi va 2006—2008-yillarda Qo‘qon shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i va 2014—2015-yillarda — O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning Ilmiy axborot markazi rahbarida faoliyat olib borgam. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining uni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i boʻlgan. Shuhrat Sharafutdinov O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning Ilmiy axborot markazi rahbari. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi IV chaqiriq 100-Beshariq saylov okrugidan deputati etib saylangan. Shuhrat Sharafutdinov Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi aʼzosi[3]. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasida Malayziya parlamenti Vakillar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Moldova Respublikasi Parlamenti guruhi bilan hamkorlik guruhida faoliyat olib boradi[2][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шарафутдинов Шухрат Хурсанович“ (uz). parliament.gov.uz. 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Шарафутдинов Шухрат Хурсанович“. parliament.gov.uz. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
- ↑ „ШАРАФУТДИНОВ Шухрат Хурсанович“ (ru). Centrasia.org. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
- ↑ „ 311-IV-сон 03.06.2020. О создании Межпарламентской группы Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Палатой представителей Парламента Малайзии“. lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.