Kontent qismiga oʻtish

Shulgan-Tash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shulgan-Tash
JoylashuviBoshqirdiston
Hudud22531 gektar
Tashkil topgan sanasi1958–yil
Saytshulgan-tash.ru
Shulgan-Tash VikiOmborda

Shulgan-Tash (boshqirdcha: Шүлгәнташ) — Boshqirdistondagi davlat qoʻriqxonasi. Qoʻriqxona federal maqomga ega. U Janubiy Uralning gʻarbiy etaklarida, togʻ-oʻrmon kamarida, Burzyanskiy tumanida joylashgan. Umumiy maydoni: 22 531 gektar (225 kv. km). Qoʻriqxona nomi boshqirdcha „shulgan“ (choʻkib ketgan, gʻoyib boʻlgan) va „tash“ (tosh) soʻzlaridan kelib chiqqan.

Oltin-Solok qoʻriqxonasi bilan birgalikda YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun nomzod boʻlgan[1].

Qoʻriqxona ilmiy-tadqiqot va ekologik taʼlim muassasasi vazifasini ham oʻtaydi. Xodimlar soni 90 nafarga yaqin, shu jumladan 3 nafar fan nomzodi va 2 nafar aspirant, 5 nafar ilmiy xodim. Qoʻriqxona bibliografiyasida 900 dan ortiq asarlar mavjud. Xodimlar tomondan 2008-yilda 53 ta ilmiy nashrlar tayyorlangan.

Yanvarda oʻrtacha oylik harorati −16 °C, iyun va iyul oylarida +16 °C. Iqlimi moʻtadil kontinental, keskin oʻzgaruvchan, yogʻin miqdori 270 dan 750 mm gacha. Aralash keng bargli va ignabargli-bargli oʻrmonlar hududning 92 foizini egallaydi.

2022-yil 9-iyul kuni Burzyanskiy tumanidagi Murat-Toʻgʻay hududida, gʻorga kirish joyidan ikki kilometr uzoqlikdagi „Shulgan-Tash“ tarixiy-muzey majmuasining ochilishi boʻlib oʻtdi[2][3]. Muzeyda Shulgan-Tash gʻori devorlarining eng ajoyib va yaxshi saqlanib qolgan qadimiy qoyatosh rasmlari boʻlaklarining aniq asl nusxalari namoyish etilgan. Ularni yaratish uchun xorijiy restavratorlar taklif qilingan[4].

Flora va fauna

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasharotlarning eng mashhur vakili Burzyan arisi sanaladi.

Qoʻriqxona hududida: baliqlarning 30 ya, amfibiyalarning 5 ta, sudralib yuruvchilarning 6 ta, qushlarning 206 ta, sutemizuvchilarning 61 ta turi mavjud. Umurtqasiz hayvonlarning 1700 ga yaqin turi aniqlangan, shu jumladan 378 kapalak va 458 qoʻngʻiz. Hayvonlarning 31 turi Rossiya Federatsiyasi Qizil kitobiga, 67 turi esa Boshqirdiston Qizil kitobiga kiritilgan.


2009-yil boshida yuksak oʻsimliklarnimg 816 turi, moxlarning 184 turi, lishayniklarning 233 turi, zamburugʻlarning 117 turi, suv oʻtlari va siyanobakteriyalarning 202 turi aniqlangan. 14 oʻsimlik turi Rossiya Qizil kitobiga, 57 turi Boshqirdiston Qizil kitobiga kiritilgan. Relikt va endemik turlar umumiy mahalliy floraning taxminan 10 foizini tashkil qiladi.

Asalarichilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻriqxona 1958-yilda Boshqird qoʻriqxonasining Pribelskiy filiali sifatida tashkil etilgan. 1986 yil 16-yanvarda mustaqil qoʻriqxonaga aylandi. Qoʻriqxonani tashkil etish uchun asosiy sabab hudud Burzyan asalarisi yoki „burzyanka“ uchun qulay yashash sharoitiga ega edi. Filial dunyodagi birinchi mahalliy yovvoyi asalarilarni himoya qiluvchi zona sanaladi[5].

Qoʻriqxonada 138 ta asalari oilasi sunʼiy chuqurchalar — yon bagʻirlar va daraxtzorlarda, 242 oila asalarichilik fermalarida yashaydi. Davlat xavfsizlik inspektorlari yarim kunlik asalarichilik bilan shugʻullanadi. Chet el asalarilarni mintaqaga olib kirishdan (hozir taqiqlangan) asalari genofondini himoya qilish dolzarb muammo hisoblanadi.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻriqxona nomiga aylangan „Shulgan-Tash“ toponimi boshqirdlarning koʻplab afsonalarida, masalan, Ural Botir dostonida uchraydi.

Qoʻriqxona hududida noyob karst Kapova gʻori joylashgan. Gʻor yoʻlaklarining uzunligi 2,9 km dan ortiq. Yer osti Shulgan daryosi oqib oʻtadi.

1959-yilda qoʻriqxona zoologi A. V. Ryumin Kapova gʻorida (Shulgan-Tosh) paleolit davriga oid qoyatosh rasmlarini topdi. Tasvirlar hayvon yogʻiga asoslangan tabiiy pigment boʻlgan ocher bilan yaratilgan. Ularning yoshi taxminan 18 ming yil. Suratlarda mamontlar, otlar va boshqa hayvonlar, jumladan tuya[6][7], murakkab belgilar, odamlar tasvirlangan.

Shulgan-Tosh gʻori (Kapova gʻori) yoʻlidagi asalarichilik muzeyi
Shulgan-Tosh gʻoriga boradigan yoʻlda hayvon terisidan tikilgan kulba
Kapova gʻori
Kapova gʻoridagi chizmalar nusxasi
  1. UNESCO World Heritage Centre. „Bashkir Ural - UNESCO World Heritage Centre“ (en). whc.unesco.org. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
  2. Проломов, Павел „Пещера с живописью эпохи палеолита – главный объект нового музейного комплекса в Башкирии“ (ru). smotrim.ru (2022-yil 9-iyul).
  3. „О музейном комплексе "Шульган-Таш"“ (ru). shulgantash.ru (2022-yil 9-iyul).
  4. Павел Проломов. „В Башкирии завершили панно с точной копией рисунков пещеры Шульган-Таш“ (ru). ГТРК "Башкортостан" (2022-yil 22-fevral). 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  5. Bashkirskiy zapovednik // Zapovedniki evropeyskoy chasti RSFSR. II — S. 234.
  6. GTRK „Bashkortostan“. „В пещере Шульган-Таш обнаружен верблюд возрастом более 16 тысяч лет! | GTRK „Bashkortostan“ — Novosti Ufi i RB“ (ru-RU). GTRK „Bashkortostan“ (2017-yil 3-dekabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  7. Anvar Aslyamov, Anvar Aslyamov. „В пещере Шульган-Таш найдены наскальные рисунки верблюда эпохи палеолита | GTRK „Bashkortostan“ — Novosti Ufi i RB“ (ru-RU). GTRK „Bashkortostan“ (2017-yil 29-noyabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.