Kontent qismiga oʻtish

Shvartsberg Dora

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shvartsberg Dora
Tavalludi nemischa: Dora Schwarzberg , ivritcha: איזידור רומנוב
1946-yil 27-mart
Janrlar klassik musiqa
Kasbi Oʻqituvchi
Fuqaroligi  Oʻzbekiston SSR Avstriya bayrogʻi Avstriya

Shvartsberg Dora (nemischa: Dora Schwarzberg tugʻilgan paytidagi ismi Izidora Rafailovna Shvartsberg, 1946-yil 27-mart, Toshkent shahri[1]) – Avstriyalik skripkachi va musiqa oʻqituvchisi. Kareliya Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist[2].

Shvartsberg Dora yahudiy teatr musiqachilari oilasida tugʻilgan. Ota-onasi bilan Nikolayevda (1949-1955), keyin Kishinyovda yashagan. U yerda ota-onasi Moldovaning „Jok“ xalq raqs ansamblida ishlagan[3]. Odessadagi P. S. Stolyarskiy maktabining bitiruvchisi (oʻqituvchi Beniamin Mordkovich[4]). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1966-1971-yil).

1969-yilda Paganini xalqaro skripka tanlovida 4-oʻrinni egallagan. Dora doimiy ravishda pianinochi Boris Petrushanskiy bilan duet kuylaydi. 1971-yilda Myunxendagi ARD tanlovida u bilan ikkinchi oʻrinni egallagan.

1973-yilda Isroilga koʻchib kelgan. Turmush qurgandan keyin, Nyu-Yorkka koʻchib oʻtadi[5]. Soʻng, Mannes kollejida[6] dars beradi. Shvartsberg muntazam ravishda Yevropa va Amerikaning konsert zallarida chiqish qilgan. 1989-yildan beri doimiy ravishda Rossiyada gastrollarda boʻladi. Uning argentinalik violonchelchi Xorxe Bosso bilan ijodiy dueti hammaga maʼlum. Marta Argerich bilan ansamblda ham chiqish qilgan.

Dora Shvartsberg koʻplab xalqaro musiqa tanlovlari va festivallari, jumladan Saxarov xalqaro sanʼat festivali ishtirokchisi va gʻolibi. 1976-yilda Karl Flesch skripka tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. 1989–2018-yillarda Vena sanʼat va musiqa instituti professori boʻlgan. Talabalar orasida Patrisiya Kopatchinskaya, Marianna Vasilyevalar ham bor edi[7]. 2018-yildan beri Tel-Aviv universiteti qoshidagi Buchman-Mehta musiqa maktabi professori boʻlib ishlamoqda.

Otasi – Rafail Shvartsberg, skripkachi, Ruminiyadan[4]. Onasi – Mira Izrailevna Shenderovich (1921-?[8][9]), violonchelchi, Kiyevdan[10][11]. Qizi – Nora Romanova-Shvartsberg, skripkachi.