Sigismund cherkovi
Sigismund cherkovi ; shuningdek, Qirollik ibodatxonasi yoki Yagellonka cherkovi) Krakovdagi Avliyo Stanislav va Vatslav bosh cherkovini qurshab turgan oʻn toʻqqizta ibodatxonadan biri.
Nemis sanʼatshunos tarixchisi Avgust Ottmar Essenveyn (1831-1892) uni 1867-yilda „Alp togʻlarining shimoliy qismidagi Uygʻonish davri marvaridi“ deb atagan. Cherkov Italiyadan tashqari hududda joylashgan Florensiyaning Uygʻonish davriga xos boʻlgan sof namunasidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirol Sigismund I birinchi xotini Varvara Zapolya vafotidan soʻng oʻz sulolasi uchun maqbara qurishga qaror qildi. Qirol cherkovni barpo etishni florensiyalik arxitektor Bartolomeo Berechchiga (italyancha: Bartolommeo Berrecci, 1480-1537) topshirdi. U 1517-yilda qirolga ibodatxonaning birinchi chizmalarini taqdim etgan edi. Ish 1519-yilda Buyuk Kazimir III ning eski ibodatxonasi vayron qilinganidan keyin boshlangan. 1525-yilda ibodatxona dastlabki koʻrinishda qurilgan, 1526-yilda gumbaz barpo etilgan, qurilish ishlari 1531-yilda yakunlangan. 1533-yilda cherkov muqaddaslashtirilgan.
Qurilish jarayonida meʼmor Berechchiga boshqa italiyalik ustalar: Antonio da Fyezole (italyancha: Antonio da Fiesole), Nikkolo Kastilyone (italyancha: Niccolo Castiglione), Filippo da Fyezole (italyancha: Filippo da Fiesole), Bernardino Zanobi de Janotiss (italyancha: Bernardino Zanobi de Gianottis), Jovanni Soli (italyancha: Giovanni Soli), Jovanni Chini da Siena (italyancha: Giovanni Cini da Siena) va Jovanni Mariya Padovano (italyancha: Giovanni Maria Padovano) lar ham yordam berishgan.
Arxitektura
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cherkov kvadrat rejaga muvofiq qurilgan. Elliptik gumbaz dumaloq derazali sakkiz burchakli peshayvonga tayanadi. Gumbaz zarhal misdan yasalgan „baliq tangachalari“ (cherepitsa) bilan qoplangan.
Fasadlar pilyastra va karnizlarga ajratilgan. Yagona kirish joyi cherkovning dekorativ panjarali arkada qismi orqalidir.
Cherkov loyihasi Berechchining mustaqil ishi boʻlib, Italiyada uning birorta ham oʻxshashi yoʻq. Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan chiqmalarda uzoq oʻxshashlik borligi aytiladi.
Interyer
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirish eshigi qarshisida mehrob mavjud, Katta Sigismund I va Sigismund II Avgust sarkofagi oʻng tomonda, oʻrindiq-taxt esa chap tomonda joylashgan. Devorlarda avliyolarning suratlarini koʻrish mumkin.
Devorlari mifologik naqshlar va panopliya (ritsarlik zirhlari) bilan bezatilgan.
Gumbaz tosh rozetkali kassetlarga boʻlinadi. Chiroqning ochiq qismi atrofida lotincha yozuv bor: BARTHOLOMEO FLORENTINO OPIFICE
Qirol Sigismund I sarkofagi Berechchi tomonidan yaratilgan, qirol Sigismund II sarkofagining muallifi Santi Guchchi hisoblanadi.
Taxt qirolicha Anna Yagellonka qabrining marmar plitasi bilan jihozlangan — bu ham Santi Guchchining ishidir
Mehrob (1531-1538) nyurnberglik bir guruh hunarmandlar tomonidan Hans Dyurer loyihasi asosida yaratilgan.
Eshiklarning ichki qismidagi relyeflar Piter Flyother loyihasiga koʻra Melhior Bayer tomonidan kumush tunukadan oʻyib ishlangan. Eshiklarning tashqi tomonidagi rasmlar Georg Penchga tegishli.
Polsha, Litva va Sforza oilasi (1530-1532) gerblari tushirilgan kiraverishdagi panjara muallifi Xans Fisher hisoblanadi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qirolicha Anna Yagellonianning murakkab va zarhallangan qabr toshi
-
Deraza bezaklari va shpil gumbaz tepasida joylashgan
-
Qadimgi „S“ Sigismund I monogrammasi bilan Polsha oq burguti
-
Sigismund I qabr toshi va Sigismund II avgust ibodatxonasida
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mixal Rozek, Krakowska katedra va Vavelu. Wydawnictwo św. Stanisława BM Archidiecezji Krakowskiej, Krakov 1989-yil