Kontent qismiga oʻtish

Silsilat as-salotin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Silsilat us-salotindan yoʻnaltirildi)
Silsilat as-salotin
Muallif(lar) Xoja Mir Muhammad Salim
Janr(lar)i Tarixiy
Nashr etilgan sanasi 1731—yilda

Silsilat as-salotin — Xoja Mir Muhammad Salim qalamiga mansub asar bo‘lib 1731—yilda boburiy Nosuriddin Muhammadshoh topshirig‘i bilan yozilgan[1].

Xoja Mir Muhammad Salim asli ashtarxoniylar sulolasiga mansub bo‘lsa ham, biror bir amalni egallamagan va viloyatlarda hokimlik qilmagan. 1711-yilda Ubaydullaxon o‘ldirilganidan so‘ng, haj qilish bahonasida Arabistonga boradi. Bir yilcha Asfahonda istiqomat qilib, 1712—yilda Turkiyaga joʻnaydi. Sulton Ahmad III uni ehtirom bilan kutib olgan. To‘rt yil Turkiyada yashab Sultonning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1716—yilda Makkaga borgan, u yerdan dengiz orqali Hindistonga borib boburiy shoh Nosuriddin Muhammadshoh xizmatiga kirgan. „Silsilat as salotin“ asari aynan Muhammadshoh topshirig‘i bilan yozilgan[2].

"Silsilat as salotin" muqaddima va to‘rt qismdan iborat. Muqaddimada asarning yozilish sabablari va muallifning 1711—yildan keyingi hayoti haqida soʻz boradi.

Muqaddimadan keyingi birinchi, ikkinchi qismlarda adib o‘z davridan ancha oldin yozilgan asarlardan, masalan, Juvayniyning „Tarix-i jaxonkushiy“, Rashididdinning „Jome ut tavorix“, Xondamirning „Xabib us Siyar“, „Maosir ul-muluk“ va boshqa 20 dan ziyod asarlardan foydalangan.

Kitobning uchinchi va to‘rtinchi qismlari alohida eʼtiborga loyiq bo‘lib, unda O‘rta Osiyoning XVI—XVIII asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvoli bitilgan. Asarda Buxoro xonligining Eron, Hindiston, Qoshg‘ar bilan bo‘lgan aloqalari, hokimyatning shayboniylardan ashtarxoniylarga o‘tish tafsilotlari, Balx va Badaxshonning ijtimoiy siyosiy holati haqida yozgan.

Mir Muhammad Salim asar ichiga buxoro xonlari Abdullaxon, Abdulmoʻminxon, Dinmuhammadxon, Imomqulixon va Subhonqulixonning Hindiston, Turkiya, Eron hukmdorlari bilan yozishmalarining (20 ta maktub) nusxalarini ham kiritgan. Bu maktublar buxoro xonlarining mazkur mamlakatlar bilan aloqalari tarixini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

„Silsilat as-salotin“ asariga kiritilgan maktublar ro‘yxati:

Hindiston podshohi Akbar (1556— 1605)ning 1586-yilda Buxoro xoni Abdullaxon II (rasman 1583— 1598)ga Hakim Humom va Sadri Jahon orqali yuborgan maktubi;

Eron podshohi shoh Abbos I (1587— 1623)ning 1590—1591-yili Yodgor sulton eramli orqali Balx xoni shayboniy Abdulmoʻminxon (1582—1598)ga yuborgan xati;

Akbarshohning 1591—yili Buxoroga Abdullaxon II nomiga yuborgan maktubi;

Turkiya sultoni Murod II (1574—1595)ning 1592-yili Balx xoni Abdulmo‘minxonga yuborgan xati;

Balx xoni Abdumo‘minxonning Eron podshosi Abbos I nomiga Ali Yorbek orqali 1597—yili yuborgan xati;

Eron shohi Abbos Ining 1598-yili Balx xoni Abdulmo‘minga (o‘sha yili otasi o ‘rniga xon etib saylangan edi) yo‘llagan javob maktubi;

Shoh Abbos Ining 1598—1599-yili elchi Zulfiqorbek Zulqadar orqali Niso va Obivard hokimi shayboniy Dinmuhammad sultonga yuborgan xati;

Shoh Abbos Ining 1611 -yili Buxoro xoni Imomqulixon (1611 — 1642) nomiga yuborgan xati;

Imomqulixonning shoh Abbos I nomiga 1611-yili elchi 0 ‘zbekxo‘ja dodxoh orqali yuborgan javob maktubi;

Hindiston podshohi Nuriddin Jahongir (1605—1627)ning 1611 -yili buxoroga, Imomqulixon nomiga yo‘llagan xati;

Hindiston podshohi Shoh Jahon (1627—1667)ning 1628—yili Imomqulixonga elchi Hakim Xoziqdan berib yuborgan maktubi;

Hindiston podshohi Shoh Jahonning 1628—yili Balxga elchi Tarbiyatxon orqali yuborgan nomasi

Buxoro xoni ashtarxoniy Muhammadxon (1642—1655)ning Shohijahon nomiga elchi Nadrbiy Shaboyat orqali berib yuborgan maktubi;

Hindiston podshohi Shohjahonning Muhammadxonga 1645—yili shahzoda Murod Baxsh orqali yo‘llagan javob maktubi;

Shohjahonning 1646—yili Nadr Muhammadxonga yuborgan maktubi;

Buxoro xoni ashtarxoniy Abdulazizxon (1645—1680)ning 1666— 1667—yili Hasan qushbegi orqali Eron podshohi shohiga yo‘llagan xati;

Buxoro xoni Subxonqulixonning Hindistonga, podshoh Avrangzeb Olamgir nomiga 1687-yili elchi Nodir devonbegidan berib yuborgan maktubi[3].

  1. B. A. Ahmedov. Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari. O‘qituvchi, 1991. ISBN 5-645—00428—0. 
  2. D. Ziyayeva. O'zbekiston tarixiga oid manba va tadqiqotlar. Nurafshon buzines — 455-bet. 
  3. Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova. MANBASHUNOSLIK. 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nasliriyoti, 2018—yil. ISBN 978-9943-319-59-2. 
  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning 5140600-tarix yoʻnalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.