Sinchalak (film)
Qiyofa
Sinchalak | |
---|---|
Птичка-невеличка | |
Rejissyor(lar) | Latif Fayziyev |
Hikoya | Sinchalak |
Qaysi asarga asoslangan |
Abdulla Qahhorning „Sinchalak“ qissasi |
Bastakor(lar) | Ikrom Akbarov |
Operator(lar) | Aleksandr Pann |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1961-yil |
Davomiyligi | 90 daqiqa |
Mamlakat | SSSR |
Sinchalak (ruscha: Птичка-невеличка) – Abdulla Qahhorning shu nomdagi qissasiga asoslanib suratga olingan oʻzbek filmi[1][2]. 1961-yilda Latif Fayziyev rejissorligida „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film bosh qahramoni – Arslonbek Qalandarov. U „Boʻston“ kolxozi raisi sifatida ishlagan boʻlib, kolxoz ishini yuritishda bir qancha xatoliklarga yoʻl qoʻyadi. Oʻz oʻrnini 2 hafta muddat mobaynida Saidaga topshiradi. Saida rahbarligidagi kolxozda ish jarayonlari yaxshi tomonga oʻzgara boshlaydi. Raykom Arslonbekka kolxozi viloyat boʻyicha birinchi oʻrinni olganini aytgandan keyin yoʻl qoʻygan xatolarini tushunib yetgan.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shukur Burhonov — Arslonbek Qalandarov, kolxoz raisi
- Sora Eshontoʻrayeva — Saida
- Abbos Bakirov — Nosirov
- Zikir Muhammadjonov — Ismoiljon
- Obid Jalilov — Tilla bobo
- Vahobjon Fayozov — Zulfiqorov
- Oysha Mavlonova — Xuri
- Tamara Nazarova — Mehri
- Onaxon Tojiboyeva — Kifoyatxon
va boshqalar.