Kontent qismiga oʻtish

Sovetlar Saroyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sovetlar saroyi
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Antik va sovet uslubi
Qurilishi boshlangan 1937
Qurilishi tugagan 1941 (Nemislar hujumi sabab majburiy to'xtatiladi)
Balandligi
Balandligi 420 metr
Texnik holati
Qavatlar soni 100
Sovetlar Saroyi

Sovetlar saroyi (Ruscha: Dvores Sovetov) — loyihasi meʼmor Boris Iofan tomonidan tayyorlangan va rasman qabul qilingan ulkan saroy. 1937-yil loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. 1941-yilda Germaniyaning Sovet davlatiga bostirib kirishi, yaʼni Barbarossa rejasidan soʻng bu loyihani amalga oshirish ishlari toʻxtatilgan.

1922-yilning dekabrida kommunistik partiyaning muhim yigʻilishida soʻzga chiqqan Sergey Kirov „Proletariat hokimyatining ramzi“ hamda „kommunizmning bu mamlakatdagi gʻalabasini emas, balki, gʻarb ustidan ham gʻalabasining isboti“ sifatida ulkan saroy qurilishini eʼlon qiladi. Saroyning qurilishi borasidagi rejalashtirish ishlari Leninning oʻlimidan soʻng, yaʼni 1924-yilda boshlab yuboriladi. Ammo markaziy komitet Sovetlar saroyi uchun loyiha tanlovini 1930-yilda boshlaydi. Modernizmning mashhur vakili, meʼmor Le Corbusier ham bu tanlovda ishtirok etgan. Jami 160 ishtirokchi loyiha tanlovi uchun qatnashgan. Molotov boshchiligidagi komissiya uch yil davomida toʻplangan loyihalarni koʻzdan kechirib, tanlovda hech kim gʻalaba qozona olmaganini eʼlon qilgan. Ammo shunday boʻlsa-da, Boris Iofan rahbarligidagi guruhga loyihada qatnashish uchun yana bir bor imkon beriladi. Shu tariqa ulkan tort shaklida tayyorlangan saroy loyihasi Stalin rahbarligidagi komitet aʼzolariga koʻrsatiladi[1]. Bundan tashqari, Saroy ichida uch bora sovet qahramoni boʻlgan kishilarning haykallarini oʻrnatilishi reja qilingan edi. 1937-yilga kelib, Kreml yaqinida, yaʼni Moskva shahrining oʻrtasida, buzib tashlangan Iso sobori oʻrnida Saroyni qurish ishlari boshlab yuboriladi.

1937-yilda Sovet meʼmorlarining birinchi kongresi eʼloni uchun tayyorlangan surat.

Qurilish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy 1942-yilda qurib bitkazilishi va oʻsha davr uchun dunyoning eng yirik binosi boʻlishi kerak edi[2]. 110 000 kvadrat metr maydonda qurilishi rejalashtirilgan saroyning balandligi 420 metr boʻlib, bu Nyu Yorkda qurib bitkazilgan Empire State binosidan ham balandroq boʻlishi rejalashtirilgan. 100 qavatli binoning tamalini qoʻyish uchun Sovet davlatida ishlab chiqarilayotgan butun sementning 16 % sarflangan. Bundan tashqari, saroy yonida „Ozodlik haykali“dan uch barovar katta, balandligi 90 metrlik ulkan Lenin haykali qurilishi, haykalning 35 metrlik qoʻllari, 6 metrlik barmoqlari bilan osmonga ishora qilishi, hatto 60 kilometr uzoqdan ham koʻrinib turishi kerak boʻlgan. Saroy bir vaqtning oʻzida 25 000 delegatsiya aʼzolarini oʻziga sigʻdirishi, 6 000 ta stoli, 120 ta lifti, 60 ta oʻzi yurar zinasi, galeriyasi, muzeyi hamda hukumat arxivini oʻzida jamlashi kerak edi[3]. Bir soʻz bilan aytganda, bino antik dunyoning yetti moʻjizasi bilan bellasha olishi va utopik madaniyatni oʻzida aks etishi kerak edi. Oʻsha davr ijodkorlaridan biri: „Binoni shunday quramizki, u eskirmaydi va abadiyatga muhrlanadi!“ deb yozgan.

Bekor qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoning temir tayanchi 1941-yilda oʻrnatib boʻlingan. Ammo Gitler Germaniyasining Sovetlar davlatiga amalga oshirgan hujumidan soʻng qurilish rejasi nomaʼlum muddatgacha bekor qilingan. Saroy qurilishi uchun ishlatilgan temir esa tank, koʻprik, temiryoʻl va boshqa mudofaa maqsadlari uchun tashib ketilgan.

Urushdan keyingi taqdiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saroy maydoni 1958-1960-yillarda „Moskva hovuzi“ga aylantirilgandan keyingi koʻrinishi (1980).

1958–1960-yillar davomida saroyning tamali suzish maydoniga aylantirilgan va 1994-yilga qadar „Moskva hovuzi“ sifatida foydalanib kelingan[4].

  1. Overy, Richard, Hitler ve Almanyaʼsı – Stalin ve Rusyaʼsı, ErKO Yayıncılık, İstanbul, 2004, s. 166-167
  2. En ünlü bitmemiş sanat eserleri 26 Eylül 2015 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Sabah gazetesi, Erişim tarihi: 25 Eylül 2015.
  3. Blast From The Past – September 1939 (Mechanix Illustrated) 30 Ocak 2019 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Erişim tarihi 4 Ocak 2016.
  4. Tumarkin, Maria M. (2005). Traumascapes: The Power and Fate of Places Transformed by Tragedy[sayt ishlamaydi] 21 Kasım 2015 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Melbourne Univ. Publishing, 2005, s. 16, Erişim tarihi: 20 Kasım 2015.