SpaceX COTS Demo Flight 2/3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SpaceX COTS Demo Flight 2/3
COSPAR ID Andoza:Cospar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
SATCAT no. Andoza:Wd
 
Tashqi videofayllar
YouTube logotipi Missiyaning qisqacha koʻrib chiqilishi YouTubeda

SpaceX COTS Demo Flight 2/3 (shuningdek, Dragon C2+ va SpaceX COTS Demo 2 nomi bilan ham tanilgan) 2006-yilda SpaceX va NASA oʻrtasida imzolangan shartnoma boʻyicha Commercial Orbital Transportation Services (COTS) dasturi doirasidagi Dragon avtomatik yuk fazo kemasining ikkinchi parvozidir.

Xalqaro kosmik stansiyaga xususiy kosmik kemaning birinchi parvozi.

Parvoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falcon 9 v1.0 raketa tashuvchisining uchinchi uchirilishi.

Parvoz COTS dasturi bosqichi doirasida NASA mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan parvozlarga tayyorgarlik koʻrish (Flight Readiness Review) ekspertizasi, jarayonida yuzaga kelgan barcha texnik muammolarni hal qilish uchun bir necha marta qoldirildi. 16-aprelda ekspertiza tugagandan soʻng, parvoz sanasi „7-maydan oldin emas“ deb belgilanib olindi[1][2]. May oyi boshida, SpaceX muhandislariga Dragon kosmik kemasi dasturiy taʼminoti ustidagi ishlarni yakunlash uchun vaqt berish uchun parvoz 19-mayga surildi[3].

19-may kuni yakuniy hisob, uchirilishdan yarim soniya oldin raketa tashuvchi kompyuterlari tomonidan toʻxtatildi, birinchi bosqich 5-(markaziy) dvigatelining yonish kamerasida notabiiy bosim tufayli uchirish 3 sutkaga kechiktirildi. Nosoz Merlin 1C dvigatel klapani almashtirildi[2].

Dracon kosmik kemasi bilan Falcon 9 raketa tashuvchisining uchirilishi 2012-yil 22-may kuni UTC vaqti bilan 7:44 da Kanaveral burnidagi SLC-40 uchish maydonchasidan amalga oshirildi.

Foydali yuk[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dragon Xalqaro kosmik stansiyaga 520 kilogramm foydali yuk yetkazib berdi (qadoqlardan tashqari 460 kg), shu jumladan[4]:

  • Ekipaj uchun oziq-ovqat va buyumlar — 306 kg
  • Ilmiy tadqiqot uchun materiallar — 21 kg
  • Yuklar uchun sumkalar — 123 kg
  • Kompyuterlar va komplektlar — 10 kg

Yerga qaytib, Dragon 660 kilogramm foydali yukni qaytardi (qadoqlardan tashqari 620 kg), shu jumladan[4]:

  • Ekipaj buyumlari — 143 kg
  • Ilmiy tadqiqot materiallari — 93 kg
  • Stansiyaning jihozlari va qismlari — 345 kg
  • Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 39 kg

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dragon Expected to Set Historic Course“ (en). nasa.gov (2012-yil 24-aprel). 2012-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Dragon C2 Mission Updates“ (en). spaceflight101.com (2012-yil 31-may). 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
  3. Bergin, Chris. „SpaceX’s Dragon debut to the ISS passes software validation process“ (en). nasaspaceflight.com (2012-yil 11-may). 2012-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
  4. 4,0 4,1 „SpaceX-D Cargo Manifest“ (en). nasa.gov. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.