SpaceX CRS-5
COSPAR ID | Andoza:Cospar |
---|---|
SATCAT no. | Andoza:Wd |
Tashqi videofayllar | |
---|---|
Parvoz vebkasti (SpaceX) YouTubeda | |
Parvoz vebkasti (NASA) YouTubeda |
SpaceX CRS-5 (shuningdek, SpX-5 nomi bilan ham tanilgan) SpaceX kompaniyasining Dragon avtomatik kosmik yuk kemasining yettinchi parvozidir. SpaceX tomonidan NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi boʻyicha amalga oshirilgan XKS taʼminoti dasturidagi beshinchi parvoz.
Parvoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Falcon 9 raketa tashuvchisining oʻn toʻrtinchi va v1.1 versiyasining toʻqqizinchi parvozi. Falcon 9 v1.1® raketa tashuvchisining pogʻonasi qaytarish uchun modifikatsiyasidan foydalanilgan, birinchi marta F9R Dev1 prototipida sinovdan oʻtgan panjarali stabilizatori rullari bilan jihozlangan.
Birinchi marta birinchi bosqichni parvoz maydonchasidan 345 km uzoqlikda joylashgan, dvigatellar va navigatsiya tizimi bilan jihozlangan, 91 ga 52 metr oʻlchamdagi qoʻnish maydonchasiga ega qayta jihozlangan barja Avtonom Kosmik Dron Ship suzuvchi platformaga qoʻndirishga urinib koʻrilgan.
Kemani uchirish bir necha bor qoldirildi. Dastlab 2015-yil 19-dekabrga rejalashtirilgan boʻlib, parvoz SpaceX’ga kema tizimlarini toʻliq hajmda sinovdan oʻtkazishiga imkoniyat berish uchun, yana yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo va Yangi yil bayramlari tufayli 16-dekabr kunga raketa tashuvchi parvozdan oldingi anʼanaviy statik sinov paytidagi texnik muammolar tufayli 6-yanvarga kechiktirildi[2][3].
6-yanvar kuni Ikkinchi pogʻonaning Merlin 1D vakuum dvigatelining ikki vektor tyagasi boshqaruvi uzatmalari bilan bogʻliq texnik muammolar tufayli teskari sanoq ishga tushirilishidan bir necha daqiqa oldin toʻxtatildi[4]. Parvoz sharoitlari teskari sanoqni davom ettirishga imkon bermadi, shuning uchun parvoz yana qoldirildi — avval 9-yanvarga, keyin esa 10-yanvarga[5].
10-yanvar kuni soat 09:47 UTC da Falcon 9 raketa tashuvchisi Kanaveral burnidagi SLC-40 uchish maydonchasidan muvaffaqiyatli koʻtarildi[6].
Yaqinlashish va tutashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosmik kema Xalqaro Kosmik Stantsiyaga 12-yanvar kuni yetib keldi va Kanadarm-2 manipulyatori tomonidan UTC soat 10:54 da ushlab olindi, shundan soʻng u UTC soat 13:54 da Harmony moduliga tutashdi[7].
21-yanvar kuni Kanadarm-2 va Dekstr manipulyatorlari yordamida CATS apparati kemaning nogermetik konteyneridan chiqarib olindi, shundan soʻng u Yaponiyaning Kibo eksperimental moduliga oʻrnatildi.
Foydali yuk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dragon 1901 kilogramm foydali yukni (qadoqlardan tashqari 1823 kg) germetik boʻlinmada Xalqaro Kosmik Stantsiyaga etkazib berdi, jumladan[8]:
Ekipaj uchun oziq-ovqat va buyumlar — 490 kg
Ilmiy tadqiqot uchun materiallar — 577 kg
Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 23 kg
Stansiyaning jihozlari va qismlari — 678 kg
Kompyuterlar va aksessuarlar — 16 kg
Rossiya yuki — 39 kg
Yer atmosferasining ifloslanishini oʻlchash uchun Kibo moduliga oʻrnatiladigan CATS (Cloud Aerosol Transport System) apparati nogermetik konteynerda yetkazib berildi. Qurilmaning massasi 494 kg.[9]
Yerga qaytib, Dragon 1662 kilogramm foydali yukni qaytardi (qadoqlardan tashqari 1332 kg), shu jumladan[8]:
Ekipaj buyumlari — 21 kg
Ilmiy tadqiqot materiallari — 752 kg
Stansiyaning jihozlari va qismlari — 232 kg
Kompyuterlar va aksessuarlar — 1 kg
Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 86 kg
Rossiya yuki — 35 kg
Chiqindi — 205 kg
Shu jumladan 3D printerda chop etilgan birinchi namunalar Yerga yetkazildi[10]. Birinchi yapon robot asrtonavti ham qaytarildi — robot astronavt Kirobo 2013-yil 9-avgustda HTV-4 fazoviy kemasi tomonidan Xalqaro Kosmik Stantsi bortiga yetkazilgan edi[11].
Tutashuvdan chiqarilishi va qaytarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]10-fevral kuni soat 17:11 UTC da kosmik kema Kanadarm-2 manipulyatori tomonidan kema tutashtirilgan Harmony modulidan chiqarildi. UTC soat 19:10 da Dragon manipulyatordan chiqdi va 23:49 UTC da atmosferaga qayta kirishdan oldin oxirgi pastlashish uchun 10 daqiqalik dvigatel ishga tushirildi.
Tashqi videofayllar | |
---|---|
Kema pogʻonasining platformaga urilishi |
CRS-5 — bu SpaceX muhandislari birinchi bosqichni keyinchalik qayta ishlatish uchun yumshoq qoʻndirishga harakat qilgan birinchi missiya. Falcon 9 ning birinchi pogʻonasi oʻzining parvoz maydonida ishlab chiqqandan soʻng, atmosferaga qaytishi va Janubiy Atlantika okeaniga 90 × 50 metr oʻlchamdagi maxsus jihozlangan suzuvchi platformada yumshoq qoʻnishni amalga oshirishi kerak edi[3].
Qoʻnish paytida birinchi marta tushish paytida pogʻonani aniqroq boshqarish uchun panjarali rullar tizimi qoʻllandi. Kemaning birinchi bosqichi platformaga muvaffaqiyatli yetib keldi, biroq qoʻnish arafasida u oʻz yoʻnalishini yoʻqotdi va platformaga burchak ostida urilganda portladi va suvga uchib ketdi[12][13]. Platformaning oʻzi kichik zarar koʻrgdi. Halokat sababi qoʻnish oldidan nihoyasiga yetgan panjarali rullarning ochiq gidravlik tizimidagi ish suyuqligining yetarli darajada boʻlmaganligi aytilgan[14][15].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dragon CRS-5 kosmik kemasining Xalqaro Kosmik Stantsiya manipulyatori tomonidan ushlab olinishi
Dragon CRS-5 Xalqaro Kosmik Stantsiyani tark etdi
Wikimedia Commonsda SpaceX CRS-13 mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dragon SpX-5 Mission Updates“ (en) (deadlink). spaceflight101.com (2015-yil 11-fevral). 2015-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „NASA, SpaceX Update Launch of Resupply Mission to the Space Station“. NASA (2014-yil 11-dekabr). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 Bergin, Chris. „SpaceX confirms CRS-5 launch slip to January 6“. NASASpaceFlight.com (17-dekabr 2014-yil). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
- ↑ Harwood, William. „SpaceX launch scrubbed by steering system problem“. Spaceflight Now (6-yanvar 2015-yil). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-yanvar.
- ↑ „Next SpaceX Launch Attempt Saturday, Jan. 10“. NASA (7-yanvar 2015-yil). 2015-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-yanvar.
- ↑ Graham, William. „CRS-5 Dragon successfully launched – Core ASDS landing attempted“. NASA Spaceflight (10-yanvar 2015-yil). 2017-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
- ↑ Bergin, Chris. „ISS berths SpaceX's Dragon following speedy arrival“. NASA Spaceflight (12-yanvar 2015-yil). 2015-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „SpaceX CRS-5 OVERVIEW“ (en). nasa.gov. 2015-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „Dragon SpX-5 Cargo Overwiew“ (en). spaceflight101.com. 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „Special 3-D Delivery From Space to NASA’s Marshall Space Flight Center“. NASA (7 апреля 2015). 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.
- ↑ „Robot astronaut Kirobo sets two Guinness World Records titles“. Книга рекордов Гиннесса (27 марта 2015). 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Musk, Elon. „Rocket made it to drone spaceport ship, but landed hard. Close, but no cigar this time. Bodes well for the future tho.“ (en). twitter.com (2015-yil 10-yanvar). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
- ↑ „Close, but no cigar. This time.“. SpaceX. Vine (2015-yil 16-yanvar). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
- ↑ Musk, Elon. „Grid fins worked extremely well from hypersonic velocity to subsonic, but ran out of hydraulic fluid right before landing.“ (en). twitter.com (2015-yil 10-yanvar). 2015-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
- ↑ Kramer, Miriam. „SpaceX's Elon Musk Says Rocket Landing Test Ran Out of Hydraulic Fluid“. Space.com (12-yanvar 2015-yil). 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2015-yil.
SpaceX | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Transport |
| |||||||||||||||
Yuritgichlar | ||||||||||||||||
Missiyalar | ||||||||||||||||
Parvoz maydonlari | ||||||||||||||||
Qoʻnish maydonlari | ||||||||||||||||
Kontraktlar | ||||||||||||||||
Dasturlar | ||||||||||||||||
Kishilar |
| |||||||||||||||
Kursiv bilan parvoz qilmagan apparatlar va kelajakdagi missiyalar belgilangan. † belgisi bilan omadsiz missiyalar, yoʻq qilingan apparatlar va tark etilgan maydonlar belgilangan. |