Stanislava Konstantinova
Stanislava Konstantinova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Stanislava Konstantinova |
Davlat | Rossiya |
Murabbiyi | Viktoriya Volchkova |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 197.57 |
Qisqa dastur | 65.39 |
Erkin dastur | 135.01 |
Stanislava Andreyevna Konstantinova (ruscha:Станисла́ва Андре́евна Константи́нова; 2000-yil 14-iyul, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Qishki Universiadaning bronza medali sovrindori (2019), Finlandiyada oʻtkazilgan Gran-pri bosqichining kumush medali sovrindori (2018), Challenger turkumidagi turnirlar sovrindori: Tallinn Trophy (2016, 2017) va Golden Spin (2017) turnirlarida kumush medali sohibi. Warsaw Cup (2017), Ondrej Nepela Memorial turnirining bronza (2018) va kumush (2017) medali sovrindori hamda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatining bronza (2018) medali sohibi. Stanislava Andreyevna Xalqaro sport ustasi (2017).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislava 2006-yilda figurali uchishni boshlagan. Konstantinova toʻqqiz yoshida Valentins Chebotaryova uning murabbiyi boʻlgan[1]. Stanislava 2012-yil noyabr oyida Tallinn Trophy 2012 turnirida debyut qilgan va u yerda oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2015—2016-yilgi mavsumda Tallinn Trophy 2015 musobaqasida ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Stanislava 2016-yilning kuzida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlarida debyut qildi. Saranskda boʻlib oʻtgan bosqichda kumush medalni qoʻlga kiritdi, Drezdenda 4-oʻrinni egalladi[3]. Dekabr oyida Stanislava Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi[4]. 2017-yil fevral oyining boshida Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan figurali uchish boʻyicha Rossiya oʻsmirlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.
Stanislava 2019—2020-yilgi mavsumni Bratislavadagi Memorial of Ondrej Nepela turnirida boshladi; qisqa dasturdan soʻng 5-oʻrinda (58,19 ball), erkin dasturda 9-oʻrinda (104,06 ball) boʻlib, barcha ochkolarning yigʻindisi (162,25 ball) bilan 7-oʻrinni egalladi[5].
2018-yil 19-, 23-dekabr kunlari Saranskda figurali uchish boʻyicha Rossiya chempionati 2019 boʻlib oʻtdi, u yerda Konstantinova ikkita dastur yigʻindisida 212,92 ball toʻplab, kattalar darajasidagi ishtirokchilari orasida eng yaxshi natijani koʻrsatib, yakuniy toʻrtinchi oʻrinni egalladi[6]. Shunday qilib, Belarus Respublikasi Minsk shahrida boʻlib oʻtgan figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun Rossiya jamoasiga qoʻshildi. Shuningdek, murabbiylar kengashining qarori natijasida Konstantinova 2019-yilda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida boʻlib oʻtadigan qishki Universiadada ishtirok etishi eʼlon qilindi[7][8].
Stanislava oktyabr oyida Las-Vegasdagi Gran-pri seriyasining birinchi bosqichida ishtirok etib 11-oʻrinni egalladi[9].
Dekabr oyida Sankt-Peterburg shahri chempionatida ishtirok etib, yerda 197,59 ball bilan 2-oʻrinni egalladi[10].
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 2014/15 | 2015/16 | 2016/17 | 2017/18 | 2018/19 | 2019/20 | 2020/21 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||
Jahon chempionatlari | 19 | ||||||
Yevropa chempionati | 4 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: Internationaux de France | 5 | ||||||
Gran-pri bosqichlar. Skate America | 11 | ||||||
Gran-pri bosqichlar. Helsinki | 2 | ||||||
Gran-pri bosqichlar. Rostelecom Cup | 11 | ||||||
Challenger. Finlandia Trophy | 4 | ||||||
Challenger. Memorial of Ondrej Nepela | 3 | 7 | |||||
Challenger. Tallinn Kubogi | 1 | 1 | |||||
Challenger. Warsaw Cup | 2 | ||||||
Qishki Universiada | 3 | ||||||
Xalqaro (oʻsmirlar darajasi) | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 6 | 4 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Germaniya | 4 | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Rossiya | 2 | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Belorussiya | 3 | ||||||
Leo Scheu Memorial | 1 | ||||||
Tallinn Kubogi | 2 | 1 | |||||
Milliy | |||||||
Rossiya chempionati | 6 | 4 | 4 | 13 | 16 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 17 | 8 | 2 | 3 | |||
Rossiya kubogi finali | 5 J | 1 J | WD | 4 | |||
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 3 J | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 4 J | 1 | 5 | ||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 3 J | 2 | 3 | ||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 3 J | 2 | 9 | ||||
WD = musobaqadan chiqib ketdi, J-oʻsmirlar darajasi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tatjana Flade. „Stanislava Konstantinova: 'Everyone has their own path'“ (inglizcha). Golden Skate (5-mart 2017-yil). 26-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Tallinn Trophy 2012 - Junior Ladies“. data.tallinntrophy.eu. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Гран-при среди юниоров. Седьмой этап: Губанова победила, Константинова — четвёртая.“. 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2018-yil.
- ↑ „Чемпионат России. Медведева победила, Загитова — вторая, Сотскова — третья, Погорилая — четвёртая.“. 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
- ↑ „ISU CS 27th Nepela Memorial 2019 — Ladies — Final Results“ (inglizcha). ИСУ (24-sentabr 2019-yil). 25-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2022-yil.
- ↑ [https://www.fsrussia.ru/results/1819/rusnat1819_RUS/CAT002RS.HTM „Ростелеком - Чемпионат России 2019 Жeнщины“]. www.fsrussia.ru. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2018-yil.
- ↑ Ольга ЕРМОЛИНА. „Состав российских фигуристов на чемпионат Европы и Универсиаду“ (ruscha). www.fsrussia.ru. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2018-yil.
- ↑ „XXIX Всемирная зимняя универсиада 2019 года в Красноярске“. krsk2019.ru. 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2018-yil.
- ↑ „ISU Grand Prix of Figure Skating 2019 — Ladies — Result“ (inglizcha). ИСУ (19-oktabr 2019-yil). 20-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2022-yil.
- ↑ „Чемпионат Санкт-Петербурга 2020“. 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.