Steve Cherundolo
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Steven Emil Cherundolo[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-fevral 1979-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Rockford, Illinois, AQSh | ||
Boʻyi | 1.68 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Los Angeles FC (bosh murabbiy) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2014 | Hannover 96 | 370 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
1997 | AQSh U18 | 4 | (0) |
1998—1999 | AQSh U20 | 25 | (0) |
1998 | AQSh U23 | 1 | (0) |
1999—2012 | AQSh | 87 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2014 | Hannover 96 II (yordamchi) | ||
2014—2015 | Hannover 96 U15 | ||
2015 | Hannover 96 (yordamchi) | ||
2015—2018 | Hannover 96 U17 | ||
2018 | VfB Stuttgart (yordamchi) | ||
2018 | AQSh milliy futbol jamoasi (yordamchi) | ||
2020—2021 | Germaniya U15 (yordamchi) | ||
2021 | Las Vegas Lights | ||
2022- | Los Angeles FC | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Steven Emil Cherundolo (talaffuzi: Stiv Cherundolo; 1979-yil 19-fevralda tugʻilgan)[2] — amerikalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Los Angeles FCda bosh murabbiy boʻlib ishlaydi. Germaniya Bundesligasining „Hannover 96“ sardori boʻlgan va butun faoliyatini shu klubda oʻtkazgan. 2006, 2010 va 2014-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida AQSh sharafini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cherundolo „Hannover 96“ga qoʻshildi. 1999—2000-yilgi mavsumga kelib, Cherundolo oʻng taraf himoyasiga joylashdi, tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha maydonga tusha olmadi. 2000—2001-yilgi mavsumda jamoada 18 ta oʻyinda, shu jumladan 10 tasini startdan oʻynadi. 2001—2002-yilgi mavsumda 30 ta oʻyinni startda boshladi. Cherundolo 2002—2003-yilgi mavsumda jamoa safida 33 oʻyinda maydonga tushdi va uchta golli uzatmani qayd etdi. 2003—2004-yilgi mavsumda barqaror oʻyinini davom ettirdi va klubda 33 oʻyinda maydonga tushdi. 2007-yilning yozida „Hannover“ bilan shartnomasini uzaytirdi.
Cherundolo oʻzini „Hannover“da yetakchi sifatida koʻrsatdi va 2010—2011-yilgi mavsum boshlanishidan biroz oldin jamoa sardori etib tayinlandi. 2012—2013-yilgi mavsumning oxirgi oʻyinida Bundesligadagi oʻyinlar boʻyicha jamoa rekordini oʻrnatdi[3]. 2014-yilning 19-martida Cherundolo tizzasidan olgan jarohatidan tuzalmaganligi sababli futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cherundoloning Bundesligadagi oʻyinlariga Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi befarq qolmadi. 1999-yil 8-sentabrda Yamaykaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2006-yil 22-martda Cherundolo Germaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi, roʻyxatga Hannover 96 dan baʼzi jamoadoshlari kiritilgandi.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nafaqaga chiqqanini eʼlon qilganidan soʻng, Cherundolo „Hannover 96“ning havaskorlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishladi[5]. 2015-yilning 20-aprelida rasman „Hannover 96“ning asosiy jamoasi yordamchi murabbiyi etib tayinlandi[6]. 2014—2015-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Cherundolo Hannoverning U17 akademiyasi jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cherundolo ingliz va nemis tillarini yaxshi biladi[8]. Hannover muxlislari orasida „Dolo“ nomi bilan tanilgan va „Hannover meri“ laqabini olgan[9]. Cherundolo Mandy Rosier bilan 2009-yil yangi yil arafasida turmush qurdi[10][11][12]. Futboldan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oilasi bilan Hannover yaqinidagi Großburgwedel shahrida istiqomat qildi. 2021-yilda Cherundolo oʻyinchi sifatida Milliy futbol shon-shuhrat zaliga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Hannover 96 | 1998—1999 | 2. Bundesliga | 8 | 0 | 0 | 0 | - | - | 8 | 0 | ||
1999—2000 | 12 | 0 | 1 | 0 | - | - | 13 | 0 | ||||
2000—2011 | 18 | 0 | 1 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||||
2001—2012 | 30 | 1 | 2 | 0 | - | - | 32 | 1 | ||||
2002—2013 | Bundesliga | 33 | 0 | 1 | 0 | - | - | 34 | 0 | |||
2003—2014 | 29 | 0 | 2 | 0 | - | - | 31 | 0 | ||||
2004—2015 | 32 | 2 | 3 | 1 | - | - | 35 | 3 | ||||
2005—2016 | 22 | 1 | 1 | 0 | - | - | 23 | 1 | ||||
2006—2017 | 33 | 2 | 3 | 0 | - | - | 36 | 2 | ||||
2007—2018 | 33 | 0 | 2 | 0 | - | - | 35 | 0 | ||||
2008—2019 | 17 | 0 | 1 | 0 | - | - | 18 | 0 | ||||
2009—2010 | 26 | 1 | 1 | 0 | - | - | 27 | 1 | ||||
2010—2011 | 33 | 0 | 1 | 0 | - | - | 34 | 0 | ||||
2011—2012 | 22 | 0 | 2 | 0 | - | 11 | 0 | 35 | 0 | |||
2012—2013 | 20 | 0 | 3 | 0 | - | 10 | 0 | 33 | 0 | |||
2013—2014 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 | ||||
Jami faoliyati | 370 | 7 | 24 | 1 | 0 | 0 | 21 | 0 | 423 | 8 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Qoʻshma Shtatlar | 1999-yil | 1 | 0 |
2000-yil | 0 | 0 | |
2001-yil | 8 | 0 | |
2002-yil | 1 | 0 | |
2003-yil | 5 | 0 | |
2004-yil | 6 | 0 | |
2005-yil | 10 | 0 | |
2006-yil | 7 | 1 | |
2007-yil | 5 | 1 | |
2008-yil | 8 | 0 | |
2009-yil | 6 | 0 | |
2010-yil | 8 | 0 | |
2011-yil | 13 | 0 | |
2012-yil | 9 | 0 | |
Jami | 87 | 2 |
- Ballar va natijalar birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Cherundoloning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2006-yil 22-mart | Westfalenstadion, Dortmund, Germaniya | Germaniya | 1-4 | 1-4 | Doʻstona |
2 | 2007-yil 17-noyabr | Coca-Cola Park, Yoxannesburg, Janubiy Afrika | Janubiy Afrika | 1-1 | 1-1 | Doʻstona |
Murabbiylik statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 4-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha
Jamoa | Boshlash | Tugatish | Statistika | Manba | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | Gʻ | D | M | Gʻalaba % | ||||
Las Vegas Lights | 19.01. 2021 | 3.01. 2022 | 32 | 6 | 3 | 23 | 18.8 | |
Los Angeles FC | 3.01.2022 | Hozirgacha | 40 | 25 | 5 | 10 | 62.5 | |
Jami | 72 | 31 | 8 | 33 | 43.1 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hannover 96
- 2. Bundesliga : 2001—2012[14]
Murabbiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- MLS kubogi: 2022
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- MLSda debyut yilida bosh murabbiyi sifatida eng koʻp gʻalaba qozongan inson (21 gʻalaba)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „FIFA World Cup South Africa 2010 List of Players“. FIFA. 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Steven Cherundolo: Always on the sunny side“. bundesliga.de. 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
- ↑ „Ever-ambitious, Cherundolo hopes to help the U.S. in Brazil“. ESPNFC (28-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Cherundolo calls time on outstanding career“. bundesliga.com (19-mart 2014-yil). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Steven Cherundolo calls it quits“. ESPN. Qaraldi: 19-mart 2014-yil.
- ↑ „Former USMNT DF Steve Cherundolo promoted to assistant manager at Hannover“. NBC Sports. Qaraldi: 20-aprel 2015-yil.
- ↑ „Steve Cherundolo Celebrates Half a Lifetime in Hannover“ (inglizcha). www.ussoccer.com. Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
- ↑ „Hannover 96 – Spielerinterview Steven Cherundolo“. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
- ↑ „U.S. Cup players get rare visit home“. New York Post (21-may 2010-yil). 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
- ↑ „Player Bio“. ussoccer.com. 2011-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2011-yil.
- ↑ „Festtag im Schneetreiben - Cherundolo heiratet Mandy“ (olmoncha). Hannoversche Allgemeine Zeitung (4-yanvar 2010-yil). 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ „Ich bete nicht für ein Ergebnis beim Fußballspielen“ (olmoncha). Katholische Pfarrgemeinde St. Joseph Hanover (2010-yil avgust), s. 2. 9-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Steve Cherundolo National-Football-Teams.com saytida
- ↑ 2.
- ↑ „CONCACAF Championship, Gold Cup 2005“. RSSSF.com (2007-yil 14-mart). Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.