Kontent qismiga oʻtish

Storm laylagi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Storm laylagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Laylakdoshlar
Oila: Laylaklar
Turlari: Malay jun boʻyinli laylagi
Xalqaro ilmiy nomi
Ciconia stormi (W. Blasius, 1896)

Storm laylagi, Malay jun boʻyinli laylagi[1] (lotincha: Ciconia stormi) — laylaklar oilasiga mansub noyob qush. U barcha laylaklarning eng kam uchraydigan turi hisoblanadi[2] va uning geografik diapazoni boʻylab soni 500 dan kam miqdorda borligi taxmin qilinadi[3]. Bu tur uzoq vaqtdan beri kamayib bormoqda va bunga asosiy sabab uning yashash hududidagi o'rmonlarning kesilishi deb hisoblanadi.

Bu laylak turi birinchi marta 1896-yilda Blasius tomonidan tasvirlangan va Gʻarbiy Hindistondagi zoologik namunalarni yigʻuvchi nemis dengiz kapitani Gyugo Storm nomi bilan atalgan[4]. U Tailandda „nok kra su um“ nomi bilan mashhur boʻlib, bu zich oʻrmondagi daryo qirgʻogʻida qushlarning baliq ovlash tartibini bildiradi[5].

Qushning uzunligi 75 dan 91 sm gacha. Patlari oq-qora, tumshugʻi qizil. Yuz terisi tuksiz toʻq sariq rangga ega, koʻz atrofida sariq doiralar mavjud. Yosh va katta yoshli qushlarning naslchilik mavsumidan tashqaridagi patlari ancha oddiy.

Bu laylak Borneo, Sumatra, Tailand janubidagi Mentavay orollari, gʻarbiy Malayziya va Bruneyda keng tarqalgan. U pasttekislik oʻrmonlar, inson qadami yetmagan chuchuk suv biotoplarida, shuningdek daryolar va suv toshqini tekisliklarida yashaydi.

Laylak yolgʻiz hayot tarzini olib boradi, ba'zida kichik guruhlarda uchraydi. U asosan baliqlar, amfibiyalar, mayda sudraluvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ularning koʻpayish biologiyasi kam oʻrganilgan. Qush uyalarini daraxtlardagi shoxlardan quradi. Uyalarining diametri 0,5 metr, balandligi taxminan 15 sm. Laylaklar 2 ta tuxum qoʻyadi. Yosh qushlarning oq tukli patlari bor, ular 45 kundan keyin uchadi.

  1. Винокуров А. А. Редкие и исчезающие животные. Птицы : Справ. пособие / под ред. В. Е. Соколова. — М. : Высшая школа, 1992. — С. 101. — 446 с. : ил. — 100 000 экз. — ISBN 5-06-002116-5.
  2. Hancock JA, Kuschlan JA, Kahl, MP. 1992. Storks, Ibises and Spoonbills of the World. Academic Press.
  3. "Ciconia stormi". IUCN Red List of Threatened Species. 2017: e.T22697685A110066434. doi:10.2305/IUCN.UK.2017-1.RLTS.T22697685A110066434.en. Retrieved 12 November 2021.
  4. Boelens B, Watkins M, Grayson M. 2014. The Eponym Dictionary of Birds. Bloomsbury, UK.
  5. Nakhasathien, S (1987). "The discovery of Storm's stork Ciconia stormi in Thailand". Forktail. 3: 43–49.
  • Josep del Hoyo et al.: Handbook of the Birds of the World, Band 1 (Ostrich to Ducks). Lynx Edicions, 1992, ISBN 84-87334-10-5