Straz
Strazlar (nemischa: Strass , XVIII asr soʻngida yashagan ixtirochi, oynaquyuvchi va zargar G. Shtrass nomidan olingan) — jismning sinish koʻrsatkichi va dispersligi yuqori boʻlgan qoʻrgʻoshinli oynadan tayyorlanuvchi imitatsiyalangan qimmatbaho tosh.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qimmatbaxo toshlarni shishadan imitatsiyalash o'rta asrlardayoq ma'lum boʻlgan, biroq «straz» so'zi elzaslik zargar Georg Shtrassning (Georges Frédéric Strass, 1701—1773) familiyasidan olingan. U tarkibida yuqori darajada qo'rg'oshin mavjud boʻlgan kaliyli shisha tayyorlaydi (Shixtaning tarkibida 50 % Qo'rg'oshinli surik Pb3O4 mavjud) va undan brilliantlarni imitatsiyalovchi bijuteriyalar ishlab chiqarishda foydalanadi. Shtrass tomonidan yaratilgan shisha — qo'rg'oshinli billur (zamonaviy sinflanishida optik shisha — og'ir flint) bo'lib, «yorqinligi» kuchli boʻlgan sinish ko'rsatkichiga va yuqori disperslik — ranglar «o'yini»ga ega. Brilliantlarni imitatsiyalovchi rangli strazlar ko'proq tarqalgandir.
Strazlarni bo'yash — boshqa shishalar kabi boshlang'ich shixtaga shisha massasi tarkibidagi ma'lum bo'yalishni ta'minlovchi O'tkazuvchi metallar birikmalarini, ionlarni quyidagi rangni xosil qiluvchi: xrom va ikki valentli temir birikmalari — yashil rangni barcha tuslarini, uch valentlik temir birikmasi esa — sariq va jigarrang tus, kobalt esa — ko'k tus beruvchi birikmalarni qo'shib xosil qilinadi
Yarim qimmatbaxo strazlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ko'p hollarda faqat shishadan yasalgan emas, balki, barcha imitatsiyalangan qimmatbaxo toshlar va ularning qalbakilari ham strazlar deyiladi. Strazlar homashyosi sifatida tog' billuri (ametist) kristallari foydalaniladi. Shuningdek etarlicha sifatli boʻlgan qalbaki nusxalar ham keng tarqalgan bo'lib, bir necha qismlardan (dupletlar) tashkil topgan bo'ladi. Toj haqiqiy qimmatbaxo toshdan, pavilyoni esa shishadan qilinadi.