Suhrob Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suhrob Sultonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Suhrob Rustamjon oʻgʻli Sultonov
Tavallud sanasi 26-mart 1990-yil (1990-03-26) (34 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 1.96 m (6 ft 5 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2010 OKMK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 NBU-Osiyo 12 (0)
2011—2013 Dinamo 0 (0)
2013—2017 Metallurg Bekobod 63 (0)
2017—2019 Bunyodkor 26 (0)
2019—2021 OKMK 40 (0)
2022—2023 Bunyodkor 39 (0)
2024— Lokomotiv
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Suhrob Rustamjon oʻgʻli Sultonov (ruscha: Султонов, Сухроб Рустамжон оглы, 26-mart, 1990-yil, Toshkent) Oʻzbekistonlik futbolchi, Toshkentning „Lokomotiv“ klubi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suhrob futbolchilik faoliyatini OKMK yoshlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2010-yil Toshkening „NBU-Osiyo“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻyinlarida professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. 2011-yilgi mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va „NBU Osiyo“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2013-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Suhrob Bekobodliklar tarkibida 4 mavsum davomida toʻp surdi. 2017-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasi ikki davrasi oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[1][2]. Dastlabki mavsumidayoq qaldirgʻochlar tarkibida Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi. Final baxsida Bunyodlkor klubi „Lokomotiv“ jamoasiga 1-0 hisobida magʻlub boʻldi. 2019-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3]. Olmaliqlar tarkibida 3 mavsum davomida toʻp surdi va AGMK jamoasining Oʻzbekiston Kubogi, Oʻzbekiston Liga kubogi finaligacha yetib borishida oʻz oʻyinlari bilan hissa qoʻshgan. 2022-yilgi masvum oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi va ikki yillik shartnoma imzolagan[4][5][6]. 2024-yil yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[7].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2017, 2019, 2020

Oʻzbekiston Liga kubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yozda kelgan etti "qaldirg'och"“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  2. „"Bunyodkor" yangi darvozabon oldi“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  3. „AGMK uch futbolchining transferini elon qildi“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  4. „Rasmiy xabar. Suhrob Sultonov - "Bunyodkor" futbolchisi“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  5. „"Bunyodkor" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  6. „"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi“. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  7. „Расман: "Локомотив" янги дарвозабон билан шартнома имзолади!“ (2023-yil 3-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]