Kontent qismiga oʻtish

Sukimi Namiki

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sukimi Namiki
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi yaponcha: 並木 月海
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1998-yil (1998-09-17) (26 yosh)
Narita, Chiba Prefecture, Yaponiya
Sport
Qaysi sport boks

Sukimi Namiki (yaponcha: 並木 月海; tugʻ. 1998-yil 17-sentyabr, Narita, Chiba Prefecture, Yaponiya) – yaponiyalik bokschi, 51 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etadi, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. 2018-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori.

U 2018-yilda Hindistonda ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan boks Jahon chempionatida 1/2 final jangida qozogʻistonlik bokschi Jayna Shekerbekova bilan ringga tushadi va gʻolib boʻladi, Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlab, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu yapon qizining boks boʻyicha xalqaro turnirlardagi birinchi ahamiyatga molik gʻalabasi edi[1].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 51 kg vazn toifasida yaponiyalik sportchi yarim finalgacha yetib borgan edi. Musobaqa davomida Uganda, Braziliya va Kolumbiya sportchilari nokautga uchradi. Yarim finalda u Stoyka Krastevaga imkoniyatni boy berib, oʻyinlarning bronza medalini qoʻlga kiritdi[2][3].