Kontent qismiga oʻtish

Svetlana Osipova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Svetlana Valerevna Osipova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-may 2000-yil (2000-05-03) (24 yosh)
Oʻzbekiston
Mukofotlar
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Medallar
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Kumush Parij 2024 67 kg
Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari
Kumush Ashxobod 2017 73kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 67kg dan ortiq
Butunjahon harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 78 kg dan ortiq

Svetlana Valerevna Osipova (2000-yil 3-may,Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2017-yilda Yopiq maydonlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda u Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini, 2019-yilda u Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlari kumush medal sohibi[1].

Svetlana Osipova 2000-yilning 3-mayida Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 2019-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Svetlana Osipova 2016 yildan buyon taekwondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili. Birinchi murabbiyi Pahlavon Sobirov. Hozirda Pavel Xan qo'l ostida mashg'ulotlar olib boradi[1].

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan Yopiq maydonlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. U 73 kg gacha vazn toifasida finalda janubiy koreyalik sportchi Myung Minaga magʻlub boʻlib, kumush medal sohibasi boʻldi[2][3].

Yana 2018-yilda Svetlana Osipopova „French Open“ xalqaro turnirida yarim finalda fransuz sportchisi Solena Avoulettega imkoniyatni boy berib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Jakartadagi (Indoneziya) 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida janubiy koreyalik sportchi Kim Bich-Naga yutqazib,67 kg dan ortiq vazn toifasida jang olib bordi va u bronza medalini qoʻlga kiritdi[4].

Yana u 2019-yilda Uxanda (Xitoy) oʻtkazilgan Butunjahon harbiy oʻyinlarida 78 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi[5].

2021-yilda Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo qitʼasi sportchilari oʻrtasidagi Lisenzion tayekvondo turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi[6].

2021-yil Tokiodagi (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etadi.1/8 finalda u qozogʻistonlik tayekvondochi Jansel Deniz bilan toʻqnashib,9:10 hisobida ustunlikni boy beradi[7].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Svetlana Osipova 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Kot D’ivuar vakili Astan Batilini magʻlubiyatga uchratdi. Nimchorak finalda Buyuk Britaniya vakili Rebecca Mcgowanga qarshi dayanga chiqadi. Kurashda 2:0 hisobida Osipova gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi. Osipovaning yarim finaldagi raqibi Janubiy Koreya vakili Li Da-Bin boʻldi. Bin 2:0 hisobida yutqazib qoʻydi va Osipova finalga yoʻl oldi. Osipova finalda Fransiya vakili Alteya Loren bilan kuch sinashadi. Finalda fransiyalik taekwondochidan yengildi va kumush medal sohibi boʻldi[8].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 „Taekvondochi Svetlana Osipova - Olimpiya vitse-chempioni“. gazeta.uz. Qaraldi: 10-avgust 2024-yil.
  2. „South Korea and Iran share spoils on day two of Ashgabat 2017 taekwondo action“. www.insidethegames.biz (1505832900). 2019-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  3. „AIMAG_TK_resultsBook“ (2018-yil 3-dekabr). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  4. „AG2018_OfficialResultBook_Taekwondo_v1.0“ (2020-yil 8-iyun). 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  5. Ассоциация таэквондо WT Узбекистана. „Светлана Осипова: «Хочу поблагодарить руководство сборной Узбекистана и Ассоциации“. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  6. „Сборная Узбекистана по таэквондо впервые поедет на Олимпийские игры полным составом“.
  7. „Taekwondo Schedule & Results - 27 Jul | Tokyo 2020“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.[sayt ishlamaydi]
  8. „Светлана Осипова — Олимпиада совриндори бўлган илк ўзбек аёл таэквондочиси“. tribuna.uz. Qaraldi: 10-avgust 2024-yil.[sayt ishlamaydi]
  9. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
  10. 10,0 10,1 „Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.