TV8

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TV8, 1999-yil 22-fevralda MNG Media Guruhi qoshida efirini boshlagan, 2013-yildan buyon Ajun Media qoshida efirga uzatilayotgan milliy televizion va koʻngilochar kanalidir. Markaziy studiyalari Ayazagʻada joylashgan.

TV8
Televizion 8

Telekanalning 2013-yil 9-sentabrdan 2014-yil 1-sentabrgacha ishlatgan logotipi
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Namoyish vaqti kun-u tun
Namoyish hududi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Shimoliy Qibris bayrogʻi Shimoliy Kipr
Til(lar)i turkcha
Boshqaruv markazi Kemerburgaz Yoʻli, Jendere Mavzesi No:29 Ayazagʻa, Sariyer, Istanbul
Tasvir formati 576i (16:9, SDTV)
1080i (HDTV)
Efirga chiqqan 1999-yil 22-fevral (Oddiy efir)
2014-yil 1-sentabr (HD efir)
Litsenziya TV8 TV Efirchilik A.Sh.
Egasi Mehmet Nazif Gunal
(1999-2013)
Ajun Ilijali
(2013 - hozirgacha)
Dog‘ush Efir Guruhi (30%)[1]
(2015 - hozirgacha)
Rahbarlari MNG Media Guruhi
(1999-2013)
Ajun Media
(2013 - hozirgacha)
Aloqador telekanallar TV8,5
TV8 int
Telekanal ovozi Demirali Chelik
Shiori "Farqli Kanal" (2003-yil 27-oktabr - 2009-yil 27-sentabr)
"Yaxshi Televizion" (2009-yil 28-sentabr - 2013-yil 11-noyabr)
"TV8, Barobarmiz!" (2014-yil 1-sentabr - hozirgacha)
"Turkiyaning Koʻngilochar Kanali" (2014-yil 1-sentabr - hozirgacha)
Sayt tv8.com.tr
Qamrovi
Efirga uzatilishi
Oddiy antenna Butun Turkiya bo‘ylab 
Istanbul CH32[2] 
Sunʻiy yoʻldosh orqali uzatilishi
Türksat 4A 12346 H 9600 3/4 (SD)
12356 H 7100 2/3 (HD) 
D-Smart 28-kanal (HD) 
Digiturk 28-kanal (HD) 
Türksat TKGS 8-kanal (HD)
548-kanal (SD) 
DFH Network 5-kanal (SD) 
Kabel orqali uzatilishi
Analog KabloTV S 34 
KabloTV 29-kanal (HD)
907-kanal (SD) 
Onlayn
tv8.com.tr TV8 HD Tomosha Qilish 
IPTV
Turkcell TV+
tivibu
27-kanal (HD)
29-kanal (SD)
316-kanal (HD) 

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosat va yangiliklar kanali sifatida 1999-yilda efirga chiqa boshlagan TV8, 2003-yilda logotip va formatini oʻzgartirib, milliy kanallar qatoriga qoʻshildi. 2009-yilda yana logotipini oʻzgartirdi, lekin milliy kanal formatida oʻz efirlarini davom ettirdi.

TV8 2013-yil 9-sentyabrdan boshlab 16:9 keng ekran formatiga oʻtish orqali oʻz logotipi va introlarini oʻzgartirdi[3] va keyinchalik 2013-yil 13-noyabrda Ajun Ilijaliga sotildi. [4] [5]

Ajun Mediaʼga oʻtishi bilan yana formatini oʻzgartirdi va TV8 koʻngilochar kanaliga aylandi. Ajun Ilijalining kanalda axborot dasturlari boʻlishini istamasligini eʼlon qilganidan keyin, buning natijasi oʻlaroq TV8 Asosiy Yangiliklar va Xabaraktiv kabi xabar dasturlari tugatildi va TV8 xabar markazi xodimlari ishdan boʻshatilib, kanal bilan xayrlashdi. [6] Bundan tashqari, Kanalturkʼdan koʻchirilgan Telegol dasturi ham efirdan olib tashlandi. [7]

2014-yil 1-sentabrdan eʼtiboran Ajun Mediaʼdagi barcha koʻrsatuvlar TV8ʼga koʻchirildi va 20:00 da logotipi, introlari va shiorini oʻzgartirildi.[8] Shu bilan birga, Digiturk platformasi orqali bir vaqtning oʻzida HD translyatsiyasini boshladi. Bundan tashqari, Premer-liga 2014-2015 mavsumi boshida oʻyinlarni translyatsiya qilib, oradan biroz vaqt oʻtib liga translyatsiya shartnomasidagi shartlarni bajara olmaganidan soʻng oʻyinlar translyatsiya qilinmay qolgan va Premier League 2014-2015 mavsumi oʻrniga Copa del Rey, Coppa Italia oʻyinlari uchun translyatsiya huquqini sotib oldi.

2014-yil noyabr oyida Rejep Ivedik filmlarining translyatsiya huquqini sotib oldi. [9]

2015-yil 5-yanvarda “Bu Tarz Meniki” loyihasini Show TVʼdan koʻchirib, efirga uzata boshladi.

2015-yil 18-fevral kuni TV8 telekanalining HD efiri Türksat tomonidan ham bir vaqtning oʻzida translyatsiyasi qilina boshlandi.[10][11]

2015-yil 3-iyulda Survivor All Star loyihasining finali bo‘lib o‘tdi.[12]

2015-yil 12-noyabrda Dogʻush Efir Guruhi TV8 hissalarining 30% ini sotib olib, kanalga hamkor boʻldi. [13]

2016-yil mart oyidan boshlab National Basketball Association oʻyinlarini ham efirga uzata boshladi.[14]

2016-yil 6-oktabrda TV8,5 efirini boshladi.[15] 2017-yil 3-martda HD efirga oʻtdi.

2021-2022 mavsumidan boshlab tuzilgan 3 yillik kelishuv natijasida TV8.5 va Exxen bilan birgalikda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasining yarim final va final oʻyinlari, UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi va UEFA Superkubogi finali RTÜKʼning muhim voqealar roʻyxatida boʻlgani uchun parolsiz efirga uzatilgan.[16]

2022-yil fevral oyida Karakomik Filmlar Avlodi kompaniyasining translyatsiya huquqi egasiga aylandi.[17][18]

TV8 HD[tahrir | manbasini tahrirlash]

TV8 HD, 2014-yil 1-sentabrda tashkil etilgan, TV8 bilan bir vaqtda translyatsiya qilinadigan TV8ʼning yuqori aniqlikdagi kanalidir.

2015-yil 18-fevralgacha uni faqat Digiturk 329-kanalda tomosha qilish mumkin edi, ammo 2015-yil 18-fevraldan boshlab TV8 HD, Türksat 4A 12356 H 7100 2/3 chastotasidan, Turkcell TV+ 27-kanaldan, tivibu 316-kanaldan, D-Smart 28-kanaldan, Digiturk 28-kanaldan, Turksat TKGS 8-kanaldan va KabloTV 29-kanaldan ham tomosha qilish mumkin boʻldi. 2023-yilda logotipdagi HD iborasi olib tashlanadi.

HD efirga uzatilgan dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014 -: TV8 Mahalliy Film Davrasi
  • 2022 -: TV8 Karakomik Filmlar Davrasi

Hajviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻynat Koʻraylik (Furkan Dede)

Bellashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zuhal Topal bilan Yemakdamiz (Zuhal Topal) (Kanal Dʼdan kelgan.) (Dushanbadan jumagacha 16:00 da)
  • Survivor Turkiya (Star TVʼdan kelgan.) (Har kuni 20:00 da)
  • Javob Ber Turkiya (Eser Yenenler va Berfu Yenenler) (Juma 23:15 va yakshanba 14:30)
  • Omadli gʻildirak (Jem Davran) (Kanal Dʼdan kelgan.) (Hafta oxiri 16:15)
  • MasterChef Turkiya (Show TVʼdan kelgan.) (Mavsum orasi)
  • Bu Ovoz Turkiya (Star TVʼdan kelgan.) (Mavsum orasi)
  • Pishir qani Koʻraylik (Tugʻba Ulker va Serhat Dogʻramaji) (Nomaʼlum)

Tok-shou[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Survivor Ekstra (Juma kunidan tashqari hafta ichi har kuni 14:00)
  • Survivor Panorama (Nomaʼlum)

Shou-biznes[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kel Gaplashaylik (Demet Akalin va Jess Molho) (Dushanbadan jumagacha 11:45 da)
  • Oramizda Qolmasin (Muge Dagʻistanli) (Dushanbadan jumagacha 08:30 da)
  • Gazeta Shou-biznes (Ezgi Avji) (Hafta oxiri 10:00 da)

Hayotiy-Aktual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Emre Dorman bilan Xayolimdagi Savollar (Emre Dorman) (Dushanbadan jumagacha kechki soatlarda)
  • Emre Dorman bilan Xayolimni Savollar Ramazon (Emre Dorman) (Ramazon oyi davomida har kecha)
  • 8ʼda Sogʻliq (Dushanbadan jumagacha ertalab 07:15 da)
  • Koʻoʻp Yasha (Shanba-yakshanba 08:30 da)

TV8 int[tahrir | manbasini tahrirlash]

TV8 int
Televizion 8 International
Namoyish hududi Yevropa
Eron bayrogʻi Eron
Til(lar)i turkcha
Tasvir formati 576i (16:9, SDTV)
Efirga chiqqan 2014-yil 1-oktabr
Egasi Ajun Media
Avvalgi nomlari on8, MNG Shop, Shop90
Qamrovi
Sunʻiy yoʻldosh orqali uzatilishi
Türksat 4A 12034 V 27500 5/6 (SD) 
Kabel orqali uzatilishi
Ziggo (Niderlandiya) 774-kanal 
IPTV
Free (Fransiya)


SFR (Fransiya)
597-kanal (Show Türk nomi bilan/Pack Türksat 4,99€)
611-kanal (Bouquet TürkSat Max 6,90€) 

TV8 int, 2014-yil 1-oktabrda tashkil etilgan TV8ʼning Yevropadagi turklar uchun efirga uzatiladigan telekanalidir.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „TV8’e ortaklık için resmen başvurdu“ (turkcha) (2015-yil 11-noyabr). 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  2. „İstanbul Karasal Yayın frekansı değişikliği“ (deadlink). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
  3. Medyatava „tv8'de önemli değişiklik!“ (tr-TR). www.medyatava.com/haber/tv8de-onemli-degisiklik_95838. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul. [sayt ishlamaydi]
  4. „Acun Ilıcalı hakkında İHA haberi“. İHA Web TV (2013-yil 13-noyabr). 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Artık bir televizyon kanalı var“. internethaber.com (2013-yil 13-noyabr). 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
  6. „tv8 Ana Haber canlı yayında veda etti“ (turkcha). Cumhuriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  7. „Telegol programı yayından kaldırıldı“ (turkcha). Cumhuriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  8. „Acun Ilıcalı TV8'in logosunu değiştirdi“ (turkcha). Ensonhaber. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  9. „Recep İvedik filmlerinin yayın hakkını TV8 aldı“ (turkcha). Ensonhaber. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  10. Medyatava „Bir televizyon daha HD yayına geçti“ (tr-TR). www.medyatava.com/haber/bir-televizyon-daha-hd-yayina-gecti_120034 (2015-yil 19-fevral). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  11. „TV8, TÜRKSAT uydusundan HD yayına başladı... - Frekans“ (turkcha). www.tv8.com.tr. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  12. „Survivor 2015 şampiyonu kim oldu? (Survivor'ı kim kazandı?)“ (turkcha). Hürriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  13. „Ferit Şahenk Acun’a ortak oldu!“ (turkcha). CNN Türk. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  14. „Acun Ilıcalı açıkladı... NBA maçları TV8'de!“ (turkcha). Cumhuriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  15. „Acun'dan yeni kanal... İsmi belli oldu“ (turkcha). Cumhuriyet. 2022-yil 25-oktabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  16. „Şampiyonlar Ligi, Avrupa Ligi ve Konferans Ligi'nin yeni yayıncısı EXXEN oldu“ (turkcha). T24. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  17. „Karakomik Filmler: 2 Arada - Kaçamak konusu nedir, oyuncuları kimler?“ (turkcha). Hürriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  18. „Karakomik Filmler 2: Deli- Emanet konusu nedir, oyuncuları kimler? Karakomik Filmler: 2 Deli- Emanet televizyonda!“ (Türkçe). Hürriyet. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.