Tavqe
Qiyofa
Tavqe (arab. – shoh yorligʻi, farmoni, muhri) – xattotlik uslubi, arab yezuvidagi xat uslublaridan biri. Shoh farmon va nishondari, qozixona, mahkama hujjatlari, asosan, T.da bitilgan. Harflarning yarmi tekis chiziq, yarmi doyra chiziklar asosida yoziladi; yozuv tez bitilganligi uchun harflar, soʻzlar qoʻshilib yozilgan. Harflar shakllari suls yozuvinikiga oʻxshab ketadi, ammo „T.“da „alif“ va harf tayoqchalari birmuncha kaltaroq, harflardagi egmalar yey shaklida emas, koʻproq oʻtkir burchak hosil qilib bukiladi. Nasx yozuvchi xattotlar T.ni oson egallagan. Ibn Muqla, Ibn Bavvob va boshqa xattotlar T. xatining ustasidir.
Baʼzi hollarda Qurʼon suralari boshlanishi, keltirilgan ibora va jumlalar hamda kitob xotimalari shu xatda bitilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |