Tazza
Tazza (italyancha: tazza — kosacha, piyola) — amaliy hunarmandchilik sanʼati mahsuloti, tekis, oyoqchali keng piyola, shuningdek, bitta vertikal oʻqdagi bir nechta likoplardan iborat koʻp qavatli kompozitsiya.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tazzaning vatani — Italiya: u yerda shunga oʻxshash shaklga ega idishlar 15-asrdan beri maʼlum boʻlgan[1]. Ularni ishlab chiqarish uchun asosiy material sifatida shisha, qimmatbaho metallar (koʻpincha kumush), mayolikadan foydalanishgan. Italiyada tazza sharob uchun idish sifatida ishlatilgan. Ushbu idish ayrim jihatlari bilan qadimgi yunon kilikiga oʻxshab ketadi. Idishning tekis shakli ichimlikning xushboʻyini yaxshi his qilishga imkon beradi, deb hisoblashgan. Koʻp hollarda tazzaning pastki qismiga tasvir oʻyilgan boʻlib, u sharob tugagan vaqtda ichimlik ichayotgan odamning nigohini oʻziga qaratgan[2]. Shuningdek, metall tazzalar ham buklirlash — sirtga uzluksiz boʻrtma naqsh qatorlari tushirish yordamida bezatilgan[3].
Yevropaning boshqa mamlakatlarida, xususan, Gollandiyada tazzaning shakli ichish uchun noqulay deb hisoblangan va undan qadah sifatida emas, balki meva yoki shirinliklar uchun vaza sifatida foydalanilgan[4]. Bunday vazalar bilan chetki hoshiya yoki bir nechta qavatli ajoyib kompozitsiyani yaratish orqali baryam stolini bezash juda oson edi[1].
16-18-asrlarda zargarlik sanʼatining mashhur markazlari hisoblangan Augsburg va Nyurnbergdagi nemis zargarlari mevalar uchun moʻljallangan va xushboʻy sharob quyilgach tepadan pastgacha oqib tushadigan koʻp qavatli tazzalar yasay boshladilar. Mifologik mavzular tasvirlari bilan bezatilgan favvoralarga oʻxshash bunday tazzalar surtu de tabllar kabi ziyofat dasturxonining markaziga aylandi. Ular monarxlar tomonidan bayramlar uchun, shuningdek, diplomatik sovgʻa sifatida buyurtma qilingan[5].
Rossiyada tazzalar 17-asrdan boshlab keng tarqaldi. Ular asosan marinadlangan mahsulotlar („tuzlamalar“) lar bilan toʻldirilgani sababli rassolnik deb nom olgan[1]. Moskva Kremlining Qurol-aslaha palatasida gʻayrioddiy asar saqlanadi: bu 17-asrda gamburglik nemis ustasi Ditrix Tor Moye tomonidan yaratilgan koʻp qavatli „Konfet daraxti“ (1633-1644) rassolnik-vazasi boʻlib, u Shvetsiya qirolichasi Kristinadan rus podshosi Mixail Fedorovichga sovgʻa qilingan[6].
Sanʼatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tazza 16-17-asrlarda ijod qilgan italyan va golland rassomlarining asarlarida tez-tez uchraydi[2]. Gollandiyaliklar orasida meva bilan toʻldirilgan tazza koʻp hollarda natyurmortning asosiy buyumiga aylangan[7].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Маркова 2006.
- ↑ 2,0 2,1 Medievalists.net.
- ↑ Тарасов Ю.А.. Голландский натюрморт XVII века. СПб: Издательство С.-Петербургского университета, 2004 — 29—30-bet.
- ↑ „Искусство жить. Интерьер бюргерского дома в Голландии эпохи расцвета“. Музеи московского Кремля. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
- ↑ Modell und Ausführung in der Metallkunst. München: BNB, 1989. S. 59
- ↑ Markova G. A. Nemeskoe xudojestvennoe serebro XVI—XVIII vekov v sobranii Gosudarstvennoy Orujeynoy palati. — M.: Iskusstvo, 1975
- ↑ Тарасов Ю.А.. Голландский натюрморт XVII века. СПб: Издательство С.-Петербургского университета, 2004 — 29—30-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- J.W. Frederiks. Dutch Silver: Embossed Plaquettes Tazze and Dishes from the Renaissance Until the End of the Eighteenth Century. Springer Science & Business Media, 2012.
- Маркова Г. Искусство немецких серебряников XVI–XVII веков // Наше наследие. — 2006. — № 79—80.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Tazza mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
- „Conferences: Renaissance Drinking Culture and Renaissance Drinking Vessels“. Medievalists.net (2014). Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.(ingl.)