Kontent qismiga oʻtish

Chuvash tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Tchouvachegdan yoʻnaltirildi)
Chuvash tili
Milliy nomi Чӑваш чӗлхи
Mamlakatlar  Rossiya
Rasmiylik holati  Chuvashiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1 152 404[1]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Bulgar guruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 cv
ISO 639-2 chv
ISO 639-3 chv

Chuvash tiliturkiy tillarayan biri; Rossiya Federatsiyasining Chuvashiston, Tatariston, Boshkirdiston respublikalarida va ularga qoʻshni bir kancha viloyatlarda, shuningdek, Kozogʻiston va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari).

Chuvash tili yuqori (viryal) va quyi (anatri) laxjalariga boʻlinadi. Quyi lahja adabiy tilga asos boʻlgan. Chuvash tili oʻz taraqqiyoti tarixida avval skif, slavyan, finugor tillari, keyinchalik, tatar va boshqird tillari taʼsiriga uchraganligi tufayli boshqa turkiy tillardan bir qancha fonetik va grammatik oʻziga xosliklarga ega. Bunday tafovutlar unlilar soni (9 ta) va talaffuzida, otlardagi koʻplik qoʻshimchasining qoʻllanishida, ayrim sonlar va olmoshlarning shakliy koʻrinishida kuzatiladi. Leksikada qad. turkiy, moʻgʻul, finugor, eroniy tillardan, shuningdek, arab va rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar alohida qatlamni tashkil etadi.

Chuvash tilining dastlabki grammatikasi 1769-yilda nashr etilgan. 18-asrda va 19-asrning 1yarmida lugʻatlar, liniy adabiyotlarning Chuvash tilidagi tarjimalari, folklor namunalari chop etiladi. Eski chuvash yozuvi asosan rus grafikasini qoʻllagan, 1871-yilda chuvash yozuvchisi va olimi I.Ya. Yakovlev yangi chuvash yozuvini yaratgan. 1933-yildan rus grafikasi asosidagi yangi alifbo joriy etilgan.[2]

Chuvash tili (chuvash tilida atalishi — Chӑvash chӗlxi) — Chuvashlarning milliy tili, Chuvashiston Respublikasining davlat tili[3]. Chuvash tili turkiy tillarining bulgar guruhiga kiradi.[4]. Chuvash tilida gaplashuvchilar soni jahonda  — 1,15 million kishiga yaqin (2010 yilgi sanoq); 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada Chuvashlar 1 million 637 ming kishini tashkil qildi; taxminan 55 % Chuvashistonda istiqomat qilishadi.

А а Ӑ ӑ Б б В в Г г Д д Е е Ё ё
Ӗ ӗ Ж ж З з И и Й й К к Л л М м
Н н О о П п Р р С с Ҫ ҫ Т т У у
Ӳ ӳ Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш Щ щ Ъ ъ
Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я

Chuvashcha son nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1 — perre
  • 2 — ikke
  • 3 — vish
  • 4 — tavattshea
  • 5 — pillek
  • 6 — ultta
  • 7 — shichche
  • 8 — sakkar
  • 9 — tahhar
  • 10 — vunna
  • 11 — vunper
  • 12 — vunikke
  • 13 — vunvishshe
  • 14 — vuntavatta
  • 15 — vunpillek
  • 16 — vunultta
  • 17 — vunshichche
  • 18 — vunsakkar
  • 19 — vuntahhar
  • 20 — shirem
  • 30 — vatar
  • 40 — hereh
  • 50 — alla
  • 60 — utmal
  • 70 — shitmel
  • 80 — sakarvunna
  • 90 — taharvunna
  • 100 — sher
  • 1000 — pin
  • Baskakov A.N., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2izd., M., 1969.
  1. Perepis-2010
  2. "Chuvash tili" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Konstitutsiya Chuvashskoy Respubliki. Statya 8
  4. Chuvashskiy yazik (Wayback Machine saytida 2009-08-08 sanasida arxivlangan), statya v Chuvashskoy ensiklopedii.