Kontent qismiga oʻtish

Telefonda aytilgan ertaklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Telefonda aytilgan ertaklar
Asl nomi Favole al telefono
Muallif(lar) Gianni Rodari
Tarjimon(lar) Husan Roʻzimatov
Til italyancha
Janr(lar)i ertaklar
Nashr etilgan sanasi 1962

„Telefonda aytilgan ertaklar“ (italyancha: Favole al telefono) — italyan yozuvchisi Gianni Rodari qalamiga mansub ertaklar toʻplami. Ilk bor 1962-yil chop etilgan. Asar bir necha marta nashr qilingan.

Toʻplam bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Husan Roʻzimatov tarjima qilgan. „Telefonda aytilgan ertaklar“ muallifning oʻzbek tilidagi „Rim ertaklari“ toʻplamiga kiritilgan.