Temuriylarning Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari
Temuriylarning Yevropa bilan aloqalari XV asr boshlarida Amir Temur va Yevropa monarxlari tashqi xavf boʻlmish Usmonli imperiyasiga qarshi yaqinlashishga harakat qilganlari tufayli rivojlangan. Temuriylar musulmon boʻlsalar-da, Usmonli turklari va Misr mamluklari bilan kuchli dushmanlik munosabatlari saqlanib qolayotgan edi[1].
Garchi Temuriylar oʻzini gʻoziy deb eʼlon qilgan boʻlsalar-da, Amir Temur Yevropa bilan nisbatan doʻstona munosabatlarni davom ettirgan[1]. Yevropa oʻsha paytda Usmonli turklarning bosqinchi qoʻshinlari tahdidi ostiga qolgan va Yevropa hukmdorlari kuchli ittifoqchilardan umidvor boʻlayotgan edi. Amir Temur ham xuddi shu tarzda Yevropa davlatlarini Usmonli dushmanlarini yoʻq qilishda yordam beradigan ittifoqchilar deb bilgan. 1399-yilda Hindiston yurishlaridan soʻng Amir Temur 1400-yilda Halab va Damashqni egallagan[2]. 1402-yil iyuldagi Anqara jangida Usmonli hukmdori Boyazid I bilan jang qilib, magʻlubiyatga uchratgan[1].
Ispaniya va Fransiya qirollari bilan aloqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anqara jangidan oldin, Yuz yillik urushning tinch bosqichlari vaqtida chet elda baxtlarini izlagan koʻplab Yevropa ritsarlari va qurolsozlaridan baʼzilari Amir Temur armiyasida xizmat qilishgan. Jak du Fey ismli fransuz zamindorining Amir Temur qoʻl ostida xizmat qilgani haqida maʼlumotlar mavjud, ammo uning xizmati nimadan iborat boʻlgani nomaʼlum. Shunisi maʼlumki, Amir Temur Nikopol jangida dahshatli muvafaqqiyatsizlikka uchragan salib yurishidan soʻng, oʻz vatandoshlariga qoʻshilib olishi uchun uni ozod qilgan. Jangdan soʻng Usmonli sultoni koʻplab mahbuslarni qatl etishni buyurgan, ammo Amir Temur Usmoniylarning jihod chaqirigʻiga javob berish uchun yuborgan tatar jangchilari Jak du Feyni tanib, uni qatl etilishdan qutqarib qolishgan.
Anqara jangi paytida Ispaniyaning ikki elchisi Amir Temur yonida boʻlgan. Ular Pelayo de Sotomayor va Fernando de Palazuelos[3]. Usmonli turklarning Yevropaga hujum qilishiga qarshi Amir Temur va Yevropa davlatlari oʻrtasida ittifoq tuzish imkoniyati mavjud edi. Usmonli va mamluk dushmanlarni tajovuzkor ittifoqlar yordamida oʻrab olishni istagan Amir Temur uchun aniq sabab bor edi.
Bu ittifoq oʻzida bir asr oldingi fransuz-moʻgʻul ittifoqiga urinishlarni aks ettirgan[2][4][5][6].
Temur Karl VI saroyiga Sultoniya arxiyepiskopining Dominikan ruhoniysi Jeanni elchi qilib yuborgan[5]. Jean 1403-yil 15-iyunda Parijga yetib kelib[5], Temurning maktubini Karl VI ga yetkazgan. Unda quyidagilar yozilgan:
Eng osoyishta, eng muzaffar Qirol va Sulton, Fransiya va boshqa koʻplab millatlar qiroli, eng qadrli doʻstim, dunyoning eng marhamatli monarxi, koʻplab buyuk urushlar gʻolibi.
— Amir Temurdan Karl VI ga maktub[1]
Temur Karl VIga harbiy ittifoq hamda tijoriy aloqalarni yanada rivojlantirishni taklif qilgan. Karl VI faqatgina Temur oʻlimidan sal oldin (1405) javob elchiligini yubora olgan edi[7].
Ispaniya bilan aloqalar ham rivojlangan[1]. Ispaniyalik tarixchi Miguel Angel Ochoa Brunning fikriga koʻra, Kastiliya qiroli Henry III va Amir Temur oʻrtasidagi munosabatlar oʻrta asr Kastiliya diplomatiyasining eng muhim sahnalari boʻlgan[8]. Amir Temur Kastiliya saroyiga Xoji Muhammad al-Qozi ismli Chigʻatoy elchisini xat va sovgʻa-salomlar bilan yuborgan[1][3].
1402-yil dekabrda Amir Temur Anadolu sohilidagi kichik Yevropa avanposti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ziddiyatga kirishgan. Izmir shahri qal’asi va portini Gospitalyer ordeni egallab olgan. Amir Temur Izmirni ikki hafta davomida qamal qilib, egallagan. Ushbu harakat Aragon va Kastiliyani vahimada qoldirgan.
Ruy Gonzales de Klavixo elchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natijada Kastiliya qiroli Genrix III 1403-yil 21-mayda Rui Gonzales de Klavixo boshchiligidagi elchilarni yana ikki elchi — Alfonso Paez va Gomes de Salazar bilan birgalikda Amir Temurning Samarqanddagi saroyiga yuborgan[1][4][5]. Elchi Klavixo 1406-yil Ispaniyaga qaytib kelgach, Amir Temur Ispaniya qirolini „oʻzining oʻgʻli deb bilishini“ aytgan[1].
Klavixoning soʻzlariga koʻra, Temurning Ispaniya delegatsiyasiga nisbatan yaxshi munosabati uning asosiy mezboni „Xitoy hukmdori“ (yaʼni Min sulolasi imperatori Yongle)ning elchilariga boʻlgan munosabatiga zid boʻlgan. „Yer yuzi sohibi“ unvoniga[9] ega boʻlgan Xitoy hukmdori elchilarini Temur „oʻgʻri va yomon odam“ deb atagan hamda uning elchilarini ispan elchilaridan orqaga joylashtirgan[10].
Klavixoning Samarqandga tashrifi Yevropa jamoatchiligiga Xitoy haqida maʼlumotlar yetkazish imkonini bergan. Natijada yevropaliklar Marko Polo sayohatlaridan keyin oʻtgan asrlarda ushbu mamlakat haqida bevosita tasavvur uygʻotishga muvaffaq boʻlishgan. Klavixo axborotida, garchi toʻliq boʻlmasa ham, imperator Chju Yuanchjan avlodlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi haqida maʼlumotlar berilgan. Ispaniyaliklar baʼzi xitoylik mehmonlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlib, Samarqand va Kambalu oʻrtasidagi karvon yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumotlar olishgan[11]. Yevropa jamoatchiligiga Xitoy poytaxti Kambalu „dunyodagi eng katta shahar“ ekanligi va bu mamlakatning qudratli qoʻshinlari haqida gapirishdan tashqari, Klavixo yanglishib, Xitoyning yangi imperatori katoliklikni qabul qilgani haqida xabar bergan[11]. Shunday qilib, uning maʼlumotlari Xitoyda xristianlikning keng tarqalgani haqidagi Yevropa dunyoqarashini qoʻllab-quvvatlovchi omillardan biri boʻlib xizmat qilgan. Bu tasavvur XVII asr boshlariga qadar saqlanib, 1603-yilda taniqli Bento de Góis ekspeditsiyasi yuborilishining sabablaridan biri boʻlgan.
Amir Temurdan keyingi munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temur 1405-yilda vafot etgach, uning oʻgʻli Shohrux Mirzo Usmonlilarga qarshi kurashni davom ettirgan hamda xristian Gʻarbida bosqinchi Usmonlilar imperiyasi Yevropadan uzoqlashtirilishi mumkinligiga umid yaratgan[12].
Bavariyalik sayyoh Iogann Shiltberger 1402-yildan 1405-yilgacha Amir Temur xizmatida qolgani maʼlum[5]. Shuningdek, koʻplab venetsiyalik va Genuyalik savdogarlar ham oʻsha davr tashqi aloqalarida faol boʻlishgan[3].
Yevropa va Temuriylar oʻrtasidagi keyingi aloqalar venetsiyalik sayyoh Niccolò de' Contining 1420—1425-yillar oraligʻidagi aloqalari boʻlgan[3]. Ispaniyaning sharq bilan yaqinlashishga boʻlgan istagi 1492-yilda Xristofor Kolumb davriga qadar davom etgan boʻlsa-da, aloqalar bundan keyin avvalgidek rivojlana olmagan. Yevropaliklarning maqsadi Xitoyning Buyuk Xoniga yetib borish boʻlgan[1].
Amir Temur tarixi Yevropada sharqshunoslik bilan bogʻliq holda uzoq tarixga ega. Hatto 1590-yilda Kristofer Marlou Buyuk Temur asarini, 1724-yilda Hendel Temur operasini yaratgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Atiya, Aziz Suryal (1938) [1938], The Crusade in the Later Middle Ages, Kraus, 256ff-bet, ISBN 9780527037000, 2016-05-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-21
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Wood, Frances. The Silk Road: Two Thousand Years in the Heart of Asia Frances Wood. University of California Press, 2002 — 136-bet. ISBN 9780520243408. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Fisher, W. William Bayne; Jackson, Peter; Lockhart, Lawrence. The Cambridge History of Iran. Cambridge University Press, 1986-02-06 — 375–-bet. ISBN 978-0-521-20094-3. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ 4,0 4,1 Sinor, Denis. Inner Asia by Denis Sinor. Psychology Press, 29 July 1997 — 190-bet. ISBN 9780700708963. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Fischel, Walter Joseph. Ibn Khaldun in Egypt Walter F. Fischel, 1967 — 106-bet. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ Daniel, Elton L.; Mahdī, ʻalī Akbar. Culture and customs of Iran by Elton L. Daniel. Bloomsbury, 2006 — 25-bet. ISBN 9780313320538. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ Gifford, John. The history of France, from the earliest times, to the present important era, 1792 — 355-bet. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ González de Clavijo, Ruy; Estrada, Francisco López (1999), Embajada a Tamorlán, Volume 242 of Clásicos Castalia Series (ispancha), Editorial Castalia, 19-bet, ISBN 84-7039-831-8, 2020-08-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-21
- ↑ Levathes, Louise (1994), When China Ruled the Seas: The Treasure Fleet of the Dragon Throne, 1405–1433, Oxford University Press, 125–126, 220n-bet, ISBN 0-19-511207-5. Her source is Fletcher, Joseph F. (1968), „China and Central Asia, 1368–1884“, in Fairbank, John King (muh.), The Chinese world order: traditional China's foreign relations, Volume 32 of Harvard East Asian series, Harvard University Press, 211-bet, who in his turn cites a translation of the Persian text of Yongle's letter from a Samarkand ca. 1475 source
- ↑ Levathes 1994, ss. 125–126, 220n. Her source is González de Clavijo, Ruy; Markham, Clements R. (translation and comments) (1859), Narrative of the embassy of Ruy Gonzalez de Clavijo to the court of Timour at Samarcand, A.D. 1403-6 (1859), 133–134-bet. (Levathes quotes a 1970 reprint, with the same pagination).
- ↑ 11,0 11,1 González de Clavijo & Markham 1859, ss. 172–174. During Clavijo's visit the capital of the Ming Empire was actually Nanjing, rather than Beijing (Cambalu).
- ↑ Setton, Kenneth Meyer. A History of the Crusades, Volume VI: The Impact of the Crusades on Europe Kenneth M. Setton. Univ of Wisconsin Press, 1990-06-15 — 262-bet. ISBN 9780299107444. Qaraldi: 2013-yil 21-may.