Kontent qismiga oʻtish

Terenkoʻl (tuman)

Koordinatalari: 53°13′12″N 76°23′24″E / 53.22000°N 76.39000°E / 53.22000; 76.39000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Terenkoʻl tumanidan yoʻnaltirildi)
Qashir tumani
Кашыр ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Qashir
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Quljan Nurlan Muqatayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 21 291[1]
Zichligi 1,9 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 43,16%
Qozoqlar - 39,39%
Olmonlar - 7,97%
Ukrainlar - 5,98%
Beloruslar - 0,98%
Tatarlar - 0,66%[1]
Dinlar tarkibi Xristianlar, musulmonlar
Maydoni 6,8 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71833[2]
Pochta indeksi 140600-140612[3]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Qashir tumani xaritada
53°13′12″N 76°23′24″E / 53.22000°N 76.39000°E / 53.22000; 76.39000

Qashir tumani — Pavlodar viloyatidagi tuman. 1938-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Qashir (Terenkoʻl) qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Pavlodar shahridan 112 km uzoqlikda joylashgan.

Shimoli-gʻarbida Jelezin tumani bilan, shimoliy-sharqida — Novosibirsk viloyatining Karasuk tumani bilan, sharqida — Uspen tumani bilan, janubiy va janubiy-sharqida — Pavlodar tumani bilan chegaradosh. Gʻarbida tumanniy tabiiy chegarasi Irtish daryosi boʻlib hisoblanadi. Tuman hududidan Pavlodar — Omsk, Qashir — Kupino avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati − 18º-19 °C, iyulniki — +20º+21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm tashkil qiladi.

Tuman aholisi 1999-yilgi sanoq boʻyicha — 31,7 ming kishini, 2012-yili — 21,291 ming kishini tashkil qildi. 1999-yili aholining oʻrtacha zichligi — 4,66 kishi/km², 2012-yili esa — 3,13 kishi/km² boʻldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)[4]

  • ruslar — 9 190 kishi (43,16 %)
  • qozoqlar— 8 388 kishi (39,39 %)
  • ukrainlar — 1 274 kishi (5,98 %)
  • olmonlar — 1 698 kishi (7,97 %)
  • beloruslar — 210 kishi (0,98 %)
  • tatarlar — 141 kishi (0,66 %)
  • boshqalari — 390 kishi (1,83 %)
  • Umumiy — 21,291 kishi (100,00 %)

1928-yil 17-yanvarda Fyodorov tumani tashkil topdi, uning nomi 1928-yili 23-iyunda Maksimo-Gorkov tumani boʻlib oʻzgartildi. Qashir tumani Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoniga binoan Maksimo-Gorkiy tumanining parchalanishi bilan, shuning hududida Qashir tashkil topdi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 14 ta qishloq mavjud: Qashir, Bayqonis, Beregovoy, Beryozovskiy, Bobrovskiy, Vernenskiy, Voskresenskiy, yangiqurulish, Ivanovskiy, Kalinovskiy, Kommunarskiy, oktabrskiy, Peschanskiy, Fyodorovskiy.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil oʻquv yilida 31 ta umumiy bilim beruvchi maktablar, 3 ta maktabgacha boʻlgan mahkamalar va 2 ta kasb-hunar maktabkar faoliyat yuritmoqda.

Tumanda Qashir markaziy tuman kasalxonasi faoliyat yuritadi, bosh shifokor Amirqan Turgʻildinov.

1934-yildan buyon tuman „Zarya“ nashri chiqariladi. Tumanda tarixiy haykallar ham mavjud: Kengash Ittifoqining qahramoni A.N. Yelginning haykali, 1964-y, Qashir qishlogʻi

  • XIX a. oxirlaridagi A.N. Yelginning uyi, Qashir qishlogʻi
  • Mehnat monumenti, DT-54 traktori , 1979-yilgi GAZ-AA avtomashinasi, Berezovka qishlogʻi

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kengash Ittifoqining qahramonlari: A. N. Yolgin, M. M. Kataev, V. V. Stepanenko, Q. M. Suragʻanov ; Sotsialist Mehnat fahriylari: J. Abilqayirov, N. Aljanov, V. S. Vidrin, Z. A. Jukov, D. S. Kozolup, T. I. Raxmanin, P. S. Ryabova, N. M. Sokolov.

  1. 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-21
  2. „Pavlodar viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-dekabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
  4. Departament statistiki Pavlodarskoy oblasti, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-21