Kontent qismiga oʻtish

Toriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Thdan yoʻnaltirildi)

Toriy (lot. Thorium), Th — Mendeleyev davriy sistemasining aktinoidlar turkumiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 90, atom massasi 232,0381. Tabiiy radioaktiv element; radioaktiv qatorlarnnt 1elementa. Tabiiy toriy bitta uzok, mavjud boʻluvchi izotop 232Th(T1/2ql,411010-yil) va 4 ta qisqa muddat mavjud boʻluvchi izotop 234Th, 230Th, 231Th, 227Th dan iborat. Toriyni Ts. Ya. Berselius 1828-yilda Norvegiyadagi siyenitlarning biri tarkibida topgan. Element Skandinaviya afsonasidagi momaqaldiroq xudosi — Tor nomi bilan atalgan. toriy tabiatda lantanoidlar bilan birga monatsit qumida, uran rudalarida va sirkoniy minerallarida uchraydi. Monatsit (Se, La, Th) PO4 da toriy (1U)oksid ThO2 ning miqdori 2—2,5% (baʼzan bundan ortiq), torit, yaʼni toriy silikat ThSiO4 tarkibida 77%, torianit minerali (Th,U)02fl a 45—93%. Toriy yer poʻstining massa jihatidan 8104% ni tashkil qiladi.

Toriy kumushsimon oq metall, zichligi 11,72 g/sm3. Suyuqlanish harorati 1750°, qaynash harorati 3500—4200°. Toriy sovuqda deformatsiyalanadigan plastik metall, odatdagi trada oz oksidlanadi; qaynoq suv taʼsirida sirti yupqa himoya parda bilan qoplanadi. toriyga suv bugʻi taʼsir etganida ThO2 va vodorod hosil boʻladi. Kislotalarda toriy suyet eriydi, ishqorlarda erimaydi. Yuqori trada galogenlar, kislorod, oltingugurt, azot va uglerod bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. toriy vodorodni yutish xossasiga ega, u oʻz birikmalarida, asosan, 4 (baʼzan 2,3) valentli boʻladi.

Toriy olishda asosiy xom ashyo monatsit konsentrat hisoblanadi. Monatsit konsentrat olish uchun esa monatsit mineralini 200° da konsentrlangan sulfat kislota yoki natriy gidroksid bilan reaksiyaga kiritiladi. Monatsit konsentratni ishqor bilan ishlash natijasida toriy gidroksid Th(OH)4 va lantanoidlar choʻkmaga tushadi. toriy turli va maxsus usullar bilan lantanoidlardan ajratiladi. Metall holdagi toriy olish uchun toriy (1U) ftorid (ThF4) dan foydalaniladi. Uni metall holdagi kaltsiy bilan qaytarish yoki suyuklantirilgan natriy xlorid bilan kaliy xlorid aralashmasida eritib elektrolizlash natijasida toriy olinadi.

Toriy, asosan, yadro texnikasida ishlatiladi, chunki tabiiy toriyni neytronlar bilan bombardimon qilganda uran233 ga aylanadi. Bu uran esa uran235 va plutoniy239 bilan bir qatorda yadro yoqilgʻi hisoblanadi. Undan tashqari, nikel, kobalt, mis va temir qotishmalariga oz miqdor toriy qoʻshilganida qotishmalar mustahkamligi ortadi. Bu qotishmalar reaktiv dvigatellar, boshqariluvchi snaryadlar, elektron va radar qurilmalarining detallarini ishlashda qoʻllanadi. ThO2 — olovbardosh material. toriy oʻsimlik va hayvonlar toʻqimasida doim boʻladi. toriy, asosan, jigar, taloq, ilik, limfa va buyrak usti bezlari orqali singiydi. Odam bir sutkada oziq-ovqat mahsulotlari va suv bilan 3 mkg toriy oladi. toriy organizmdan siydik va axlat bilan chiqib ketadi. toriy uncha zaharli emas, lekin radioaktiv element boʻlganligidan organizmni nurlashi mumkin.