Kontent qismiga oʻtish

The New York Times minorasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The New Tirk Times minorasi
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Modernizm
Manzili Manxetten, 8 avenyu, 620
Shahar Nyu York
Mamlakat  AQSh
Qurilishi boshlangan 2003-yil
Qurilishi tugagan 2007-yil
Egasi

The New York Times Company (58%)

Forest City Ratner Companies (42%)
Balandligi
Balandligi 319 m
Tomi 228 m
Eng yuqori qavati 219,9 m
Texnik holati
Qavatlar soni 52 ta
Binoning ichki maydoni 143 000 kv.m.
Liftlar soni 32 ta
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Rentso Piano
The New York Times minorasi

New York Times binosi (inglizcha: The New York Times Building')- AQShdagi Nyu-York shahridagi osmonoʻpar bino (Manxettenning gʻarbiy qismi). 52 qavatli binoning balandligi 228 metr, antenna hisobga olgan holda 319 metrni tashkil qiladi. Chrysler Building bilan birgalikda u Nyu-Yorkdagi eng baland binolar roʻyxatida 6-oʻrinni [1] va AQShda 11-oʻrinni egallaydi[2]. Binoning qurilish 2003-yildan 2007-yilgacha amalga oshirilgan.

Binoning asosiy ijarachisi The New York Times kompaniyasi, The Boston Globe, International Herald Tribune va boshqa mintaqaviy gazetalarning noshiri.

Minora italyan arxitektori Renzo Piano va FXFOWLE Architects tomonidan ishlab chiqilgan[3], ichki dizayn Amerika arxitektura firmasi Gensler[4] tomonidan va binoning tungi yorugʻlik dizayni Visual Interaction Office[5] tomonidan ishlab chiqilgan.

Binoning tomigacha boʻlgan balandligi 228 metrni tashkil etadi, ammo uning tashqi devorlari yana 28 metrga koʻtariladi va balandligi 256 metrni tashkil qiladi. Minoraning tomida joylashgan antennani hisobganda, balandligi 319 metrni tashkil etadi va Chrysler Building bilan birgalikda Nyu-Yorkdagi oltinchi eng baland osmonoʻpar bino[1] va AQShda oʻn birinchi[2].

Minoraning dizayni koʻplab energiya tejovchi materiallardan qurilgan. Tashqi devorlar toʻliq sirlangan , quyosh nurlarining katta miqdorini oʻtqazish hususiyatiga ega boʻlgan maxsus oynalaroʻrnatilgan, shu bilan birga, devorlarning ichki qismiga binoning isishi oldini oladigan maxsus sopol quvurlar oʻrnatilgan[6]. Oʻz issiqlik elektr stantsiyasi minoradagi elektr energiyasining 40 foizini ta'minlaydi.

  1. 1,0 1,1 Emporis GmbH. „New York City | Statistics | EMPORIS“. www.emporis.com. 2016-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Emporis GmbH. „U.S.A. | Statistics | EMPORIS“. www.emporis.com. 2015-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  3. „FXFOWLE – The New York Times Building“. www.fxfowle.com. 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  4. „The New York Times Company | Projects | Gensler“ (en). Gensler. 2016-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  5. „The New York Times Building & TimesCenter - OVI“ (en). OVI. 2016-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  6. „The New York Times Building: Designing for Energy Efficiency Through Daylighting Research“. www.lbl.gov. 2013-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.