The North Face
Turi | filial kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | sport tovarlari |
Egasi | VF Corporation |
Qachon asos solingan | 1966-yil, San Francisco, Kalifornia, AQSH |
Hududiy xizmati | dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | |
Rahbariyat | Arne Arens, Global Brand Prezidenti |
Mahsulot(lar)i | kiyim-kechak |
The North Face – ochiq havoda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar va sport mashgʻulotlariga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. The North Face kompaniyasi ustki kiyimlar, poyabzallar va shu kabi tovarlar ishlab chiqaradi. Kompaniya logotipiga 1966-yilda asos solingan[1]. 1990-yillarning oxiriga kelib, kompaniya mahsulot ishlab chiqarish sohasini kengaytirib, faqatgina sportchilar uchun emas, balki kundalik turmush tarzida koʻcha-koʻyda kiyib yurish uchun ham moʻljallangan mahsulotlar yaratishga eʼtiborini qaratdi. 2000-yillardan boshlab logotip ostida koʻcha uslubidagi kiyimlar ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi. 2000-yilda esa ushbu kompaniya VF korporatsiyasi tomonidan 25.4 million AQSh dollariga sotib olingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]The North Face kompaniyasiga 1966-yilda San Franciscoda Douglas Tompkins va uning rafiqasi Susie Tompkins tomonidan alpinistlar uchun togʻga chiqishda foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida chakana savdo doʻkoni sifatida asos solingan[2]. Oradan ikki yil oʻtib, kompaniya Kenneth „Hap“ Klopp tomonidan 50 000 dollarga sotib olingan[2][3].
The North Face kompaniyasi logotipi Yosemit National Parkda joylashgan Half Dome chizmasidan ilhomlanib yaratilgan[4].
2000-yilda The North Face kompaniyasi VF Corporation tomonidan 25,4 million AQSh dollariga sotib olingan va kompaniyaga toʻliq egalik qilish huquqiga ega boʻlgan[5][6].
Kompaniya shtab-kvartirasi dastab Kaliforniyaning Alameda shahrida joylashgan[7]. 2020-yilda kompaniyaning bosh manzilgohi Kolorado shtatining Denver shahriga koʻchirilgan[8].
Moda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda Marylandning Prince George okrugida The North Face brendi liboslarini kiyib yuruvchi kishilar oʻgʻrilik nishoniga aylanishgan[9][10]. Shunga oʻxshash holat 2010-yillar boshida Janubiy Koreyada ham kuzatilgan. U yerda North Face kiyimlari yuqori mavqe ramziga aylangan edi, natijada brend kiyimlarini kiygan bolalar mazax qilingan yoki ularning kiyimlari oʻgʻirlab ketilgan[3].
Bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]South Butt
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil dekabr oyida The North Face kompaniyasi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Missuri shtatining Sharqiy okrugi AQSH okrug sudiga daʼvo arizai bilan murojaat qildi. Daʼvo The South Butt kompaniyasiga, uning asoschisi James A. Winkelmann Jr.ga va kompaniyaning marketing va ishlab chiqarishi bilan shugʻullangan tashkilotga qarshi qaratilgan edi. The North Face savdo belgisi huquqlarining buzilganligini taʼkidlab, suddan buning oldini olish choralari koʻrilishini soʻradi[11]. Sud mazkur ish boʻyicha meditatsiya oʻtkazishni buyurganidan keyin tomonlar 2010-yil 1-aprel kuni yopiq kelishuv bitimiga erishdilar. Biroq 2012-yil oktyabr oyida Winkelmann sudda oʻzi va otasi The North Face bilan tuzilgan kelishuv bitimini buzganini tan oldi va 65 000 AQSh dollari toʻlashga rozilik berdi. Ushbu miqdor, kelishuvga rioya qilingan har bir oy uchun 1000 dollarga kamaytirilishi belgilandi[12][13].
Vikipediya tahrirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning may oyida Braziliya The North Face marketing agentligi Leo Burnett Tailor Made Wikipedia sahifalaridagi mashhur mashhur ochiq havodagi manzillar suratlarini yashirincha almashtirganini maʼlum qildi. Ushbu suratlarda The North Face brendi kiyimlarini kiygan odamlar tasviri boʻlib, bundan maqsad qidiruv tizimida ushbu brend mahsulotlarini koʻproq koʻrinadigan qilish boʻlgan[14]. Bu harakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib, Wikimedia Foundation tomonidan tanqid qilinishi ortidan[15] The North Face buning uchun uzr soʻradi va joylashtirilgan mahsulot suratlari olib tashlandi[16][17].
Hisob maʼlumotlarini toʻldirish hujumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 26-iyulda The North Face veb-saytiga qarshi akkauntlarga hujum boshlangan. Biroq vebsayt maʼmurlari 11-avgust kuni bir „gʻayrioddiy faoliyat“ni aniqlagan va bu ishlarni 19-avgustga qadar toʻxtatishga muvaffaq boʻlishgan. Ushbu holat natijasida 194 905 nafar mijozning hisobi xavf ostida qolgan[18].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VF Corporation
- Biography of Hap Klopp, founder of The North Face (archived)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Our History“.
- ↑ 2,0 2,1 Finz, Stacey. „Business booming for once-troubled North Face“. San Francisco Chronicle (2012-yil 8-aprel). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
- ↑ „The North Face“. Bruce B. Johnson's History of Gear. Bruce B. Johnson.
- ↑ „North Face Logo | Design, History and Evolution“ (en-US). famouslogos.net. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „The North Face Acquired by VF Corp. in $25.4M Cash Deal“ (en). Sports Business Daily (2000-yil 10-aprel). Qaraldi: 2019-yil 19-may.
- ↑ „VF Corporation – VF in the News“. vfc.com. VF Corporation.
- ↑ Horovitz, Bruce. „New 'badge' of cool: High-tech, high-fashion backpacks“. USA Today (2007-yil 20-avgust), s. 1A. Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
- ↑ „VF Corp. To Split Into Two Independent, Publicly Traded Companies“. SGBOnline.com. SGB Media (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
- ↑ „Suspects nabbed in jacket, car robberies“. The Washington Times (2005-yil 14-fevral), s. 2.
- ↑ Takanashi. „How The North Face Took Over '90s New York“ (en). The Cut (2018-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 31-may.
- ↑ Frankel. „The North Face is suing The South Butt International clothing company accuses teen's Ladue-based operation of trademark infringement“. STLtoday.com (2009-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 20-oktyabr.
- ↑ Billhartz Gregorian. „North Face, South Butt reach agreement“. STLtoday.com (2010-yil 3-aprel). Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
- ↑ „South Butt Clothing Falls Off a Cliff“. courthousenews.com. Courthouse News Service (2012-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
- ↑ „The North Face used Wikipedia to climb to the top of Google search results“. Ad Age (2019-yil 28-may). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
- ↑ „Let's talk about The North Face defacing Wikipedia“. WikimediaFoundation.org. Wikimedia Foundation (2020-yil 13-mart). 2020-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
- ↑ Mervosh, Sarah. „North Face Apologizes for Adding Its Own Photos to Wikipedia to Promote Its Brand“. The New York Times (2019-yil 30-may). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
- ↑ „Bootnotes: Egg on North Face: Wikipedia furious after glamp-wear giant swaps article pics for sneaky ad shots – and even brags about it in a video“. The Register. Situation Publishing (2019-yil 29-may).
- ↑ Mike Moore. „Thousands of North Face customers accounts hacked, personal data stolen“ (en). TechRadar (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.