Kontent qismiga oʻtish

Tikanli boʻzbosh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tikanli bo‘zbosh
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Dracocephalum
Oila: Yalpizdoshlar
Binar nomi
Dracocephalum spinulosum

Tikanli boʻzbosh (lotincha: Dracocephalum spinulosum) – ikki urugʻpallalilar sinfi, yalpizdoshlar oilasi, dracocephalum turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Ugom, Piskom, Chatqol togʻ tizmalari hududida tarqalgan[1].

Balandligi 25 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi toʻrt qirrali, bargli, shoxlangan tik oʻsadi. Barglari yashil, oddiy, poyada navbatma navbat joylashgan, tuxumsimon shaklda, qattiq, gʻadir budur, yuzasi tukli, bandi qisqa. Gullari ikki jinsli, ikki yoki olti donadan poyada halqa hosil qilib oʻrnashgan. Gultojibarglari oqish yoki och qizil tusda. Gulkosachabarglari yashil, butun, uchlari ikki yoki besh tishchali, biroz qayrilgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul avgust oylarida gullab mevasi sentabrda pishib yetiladi. Mevasi quruq yuzasi, tikanli yongʻoqcha. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka tuplari bir biridan ajralgan holatda oʻsadi. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Ugom, Piskom, Chatqol togʻ tizmalari hududida tarqalgan. Toshli va nuragan shagʻalli yonbagʻirlarda, siyrak oʻsgan archalar orasida uchratish mumkin. Raqobatga chidamsizligi, urugʻining unib chiqish foizi kamligi va chorva mollari tomonidan payhon qilinishi sababli soni qisqarib bormoqda. Chatqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Dracocephalum spinulosum“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.