Kontent qismiga oʻtish

Tiyul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tiuldan yoʻnaltirildi)

Tiyul, tiul (qad. turkiycha tegmak feʼlidan) — Eron, Ozarbayjon va Armanistonda yer egaligi shakli (1519-asrlar). Movarounnahrda tanho deb atalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy arboblarga oziq-ovqat uchun berilgan maosh T. deb atalgan. 16-asrda Safaviylar davlatipya davlat xizmatchilariga maʼlum hududdan soliq (toʻliq yoki qisman) olish huquqi berilishi T. deb atalgan. 16-asrning 2yarmidan T. yerni inʼom etish maʼnosida tushunilgan. T. baʼzan maʼlum mansabdorlarga ularning muayyan xizmatni bajarib turgan davrlari mobaynida, boshqa hollarda esa shaxsiy xizmati uchun umrbod berilgan. 18-asrda shaxsiy T.lar amalda merosiy mulkka aylanib ketgan.