Kontent qismiga oʻtish

Talliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Tldan yoʻnaltirildi)
Talliy / Thallium (Tl)
Atom raqami 81
Koʻrinishi oqish-kumush rang
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
204,38(1) m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 170 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
589,4 kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Xe] 4f14 5d10 6s2 6p1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 145±7 pm
Ion radiusi (+1e) 164 (+3e) 102,5 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,62
Elektrod potensiali Tl←Tl+ −0,338 V
Tl←Tl3+ 0,71 V
Oksidlanish darajasi 3, 2, 1

(zaif asosli oksid)

Termodinamik xossalari
Zichlik 11,22 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi

36,32 J/(K·mol)

Issiqlik oʻtkazuvchanlik

46,1 Vt/(m·K)

Erish harorati

577 K

Erish issiqligi

4,14 kJ/mol

Qaynash harorati

1746 K

Qaynash issiqligi

165 kJ/mol

Molyar hajm

17,2 sm³/mol

Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi

yopiq geksagonal

Panjara davri

3,460 Å

Panjara/atom nisbati

1,599

Debye harorati

96,00 K

81
Таллий
Tl
204,38
4f145d106s26p1

Talliy (yun. Thallos – yashil novda; spektrning yorqin yashil chiziqlariga koʻra nomlangan, lot. Thallium), Tl – Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 81, atom massasi 204,37. 2 ta barqaror izotopi: 2MT1 (29,5%) va 205T1 (70,5%) va 207T1—2J"T1 radioaktiv izotoplari bor. 202T1, 204T1 radioaktiv izotopi sunʼiy usulda olingan. Ingliz kimyogari Talliy Kruks 1861-yilda sulfat kislota zdining qoʻrgʻoshin kamerasidan chiqadigan balchiqni spektroskop yordamida tekshirib, nomaʼlum elementga taallukli yashil chizyklar borligini koʻrdi. Keyinroq fransuz kimyogari TalliyTalliy Lami Talliyni ilk bor metall holda ajratib oldi va uning xossalarini aniqladi.

Talliy tarqoq element; Yer poʻstining massa jihatdan 4,510~5% ini tashkil qiladi. Talliy minerallariga lorandit TlAsS2, krukezit (Si, Ag, Te)2Se, vrbait Tl (As, Sb)3 S5, gutchinsonit (Si, Ag, Tl)2 SPb2As2S3 va 1958-yilda Oʻzbekistondan topilgan mineral avitsennit ZT12O32/ye2O3 lar kiradi. Talliy koʻpincha galliy va indiy b^n birga uchraydi. Talliy ogʻir metallarning polimetallik rudalari chiqindilarini qayta ishlab, sof Talliy esa uning sulfati eritmasini elektroliz qilib olinadi.

Talliy kumush rangoq metall, havoda tez oksidlanadi. Fizik xossalariga koʻra qoʻrgʻoshinga oʻxshaydi. Talliyning suyuqlanish temperaturasi 303,6°, qaynash temperaturasi 1457°, zichligi 11,85 g/sm3. Uning qattiq holatdagi 2 ta (a, R) modifikatsiyasi maʼlum. Talliy kimyoviy faol element. Koʻpchilik metallmaslar bilan bevosita birikadi, kislotalarda eriydi, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Talliy birikmalarida 1 va 3 valentli. Talliy gidroksid T1ON kuchli asos. Talliy nitrat kislotada erib, talliy nitrat T1NO3 hosil qiladi. Lekin xlorid kislotada oz eriydi. Talliyning 1 valentli birikmalari barqarorrok, hisoblanadi.

Talliyning oʻzi va uning birikmalari juda zaharli. Masalan, talliy sulfat T12(SO4)3 kemiruvchilarga qarshi zaharli modda sifatida ishlatiladi. Talliy va uning birikmalari optik asboblarda, yarim oʻtkazgichlar texnikasida, katalizator sifatida, antidetanator oʻrnida ishlatiladi; talliy bromid bilan talliy yodiddan tashkil topgan qattiq eritmalarning monokristallari (Talliy xlorid hamda Talliy bromidning monokristallari) infraqizil nurlarni oʻzidan oʻtkazadi. Talliy karbonat optik shishalar sintezida, Talliyning oʻzi selenli tok toʻgʻrilagichlari tayerlashda ishlatiladi.

Talliy xayvon va oʻsimlik toʻqimasida doimo boʻladi. Tuprokda oʻrta hisobda 10^5%, dengiz suvida 10"9%, hayvon organizmida 410~5% miqdorda Talliy mavjud. Odam bir kechakunduzda ovqat va suv orkali 1,6 mkg, gʻavo orqali 0,05 mkg Talliy oladi. Talliy kishi organizmiga nafas va ovqat yoʻli, teri orqali kirishi mumkin. Talliydan kuchli zaqarlangan kishining 1—2 sutkadan keyin meʼdaichagi (koʻngli ayniydi, qusadi, qorni ogʻriydi, ichi suradi, ichi qotadi), oʻpkasi zararlanadi, sochi toʻkiladi, avitaminoz paydo boʻladi. Juda ogʻir zaharlanganda polinevrit, telbalik va koʻrmay qolish hollari uchraydi. Talliy organizmdan siydik (72%) va najas (14%) bilan chiqib ketadi.

  • Parpiyev TalliyTalliy, Rahimov TalliyTalliy Muftaxov TalliyGʻ., Anorganik kimyo, Talliy, 2003., Kasoʻmova TalliyTalliy, Biogennie elementoʻ, Talliy, 1990.

Komil Tojiyev.

Talliy (grekcha: θαλλός, tallos – „yashil navda“) kimyoviy element boʻlib, belgisi – Tl, atom raqami esa – 81. Bu yumshoq kulrang metall tabiatda erkin holda uchramaydi. Ajratib olinganida qalayga oʻxshab koʻrinadi, biroq havoda rangini yoʻqotadi. Kimyogarlar William Crookes (talaffuzi: Uilyam Kruks) va Claude-Auguste Lamy (talaffuzi: Klod-Ogust Lami) bir-biridan mustaqil ravishda talliyni 1861-yilda sulfat kislota qoldigʻida kashf etishgan. Ular yangi ishlab chiqilgan atomik emissiya spektroskopiyasi metodi yordamida talliyni yorqin yashil spektr chizigʻi sifatida ochishgan. Nomini Crookes bergan. Lamy esa talliyni elektroliz yordamida ajratib olgan.

Talliy +3 va +1 oksidlanish holatlarida ionli tuz sifatida oksidlanadi. +3 holati talliy guruhidagi boshqa unsurlarga (bor, aluminiy, galliy, indiy) ham xos. Biroq +1 holati ishqor metalllarni eslatib, talliy(I) ionlari kaliy konlarida topilishini va hujayralar tomonidan K+ ionlari kabi ishlatilishini izohlaydi.

Sanoat miqyoslarida esa talliy kaliy emas, balki ogʻir metall sulfid konlarida olinadi. Olingan talliyning 60-70% elektronikada, qolgani esa farmatsevtika va shisha sanoatida ishlatiladi.[1] U shuningdek infraqizil detektorlarda ham qoʻllanadi. Talliy-201 radioizotopi (TlCl xloridi tarkibida) kichik hajmlarda bezarar boʻlib, yadroviy tibbiyot, xususan veloergometriyada ishlatiladi.

Eruvchan talliy tuzlari esa taʼmsiz, lekin yuqori darajada zaharli, sanoatda kalamush va hasharot qirishda ishlatiladi. Bunday zaharni oz miqdorda isteʼmol qilish soch toʻkilishiga olib keladi va margimush qatorida ayrim mamlakatlarda taqiqlangan.[2]

Talliy – juda yumshoq, egiluvchan va xona haroratida pichoq bilan kesish mumkin boʻlgan metall. Talliy metall yaltiroqligiga ega boʻlib, havoda qoʻrgʻoshinni eslatuvchi koʻkish-kulrang tusga kiradi. Bunday holatni oldini olish uchun, uni yogʻga botirib olish mumkin. Uzoq vaqt havoda qoldirilganda, ogʻir oksid qavatini hosil qiladi. Suv taʼsirida talliy giroksidini hosil qiladi. Sulfat va nitrat kislotalari taʼsir ettirilganda sulfat va nitrat tuzlari hosil boʻladi, xlorid kislotasi taʼsirida esa erimaydigan talliy (I) xlorid qavati hosil boʻladi..[3] Talliyning standart elektrod potensiali −0,34 ga teng boʻlib, temirnikidan (-0,44) ozgina balandroqdir.

Talliy 25 ta izotopga ega boʻlib, ularning atom massalari 184 dan 210 gachadir. Faqatgina 203Tl va 205Tl izotoplari barqaror boʻlib, eng barqaror 204Tl radioizotopining yarim parchalanish davri 3,78 yilga teng.[4]

202Tl (yarim parchalanish davri 12,23 kun) siklotronda olinishi mumkin.[5] 204Tl esa yadroviy reaktorda barqaror talliydan neytron faollashtirish usuli orqali olinishi mumkin.[4][4][6]

201Tl (yarim parchalanish davri 73 soat) elektronlarni ushlab qolish orqali parchalanadi.

208Tl (yarim parchalanish davri 3,05 daqiqa) tabiatda uchraydigan toriy parchalanish zanjiridan hosil boʻladi.

Kimyoviy xossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talliyning ikki asosiy oksidlanish darajalari bu +1 va +3 dir. +1 oksidlanish darajasida talliyning koʻpchilik birikmalari kaliy va kumush birikmalariga oʻxshab ketadi (talliy (I)ning ion radiusi 1.47 Å, kaliyniki 1.33 Å, kumushniki 1.26 Å). Shu sababli talliy ilk kashf etilgan paytda Yevropada (lekin Angliyada emas) ishqoriy metall deya eʼtirof etilgan.[7] Masalan, suvda eruvchan va kuchli ishqor boʻlgan talliy (I) gidroksidi karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan talliy karbonatini hosil qiladi. Ushbu karbonat suvda eriydigan yagona ogʻir metall karbonatidir. Kumush birikmalari bilan oʻxshashlik talliyning galogenid, oksid va sulfid birikmalarida kuzatiladi. Talliy (I) bromid yorugʻlikka taʼsirchan, sariq, kumush bromidga oʻxshash birikma. Qora rangli talliy (I) oksidi va talliy (I) sulfidlari esa kumush oksidi va kumush sulfidlariga oʻxshab ketadi.

+3 oksidlanish darajasiga ega boʻlgan talliyning birikmalari esa tegishli aluminiy (III) birikmalariga oʻxshab ketadi. Ular oʻrta kuchli oksidlovchi xususiyatga ega boʻlib, Tl3+ + 3 e- → Tl(s) uchun qaytarilish potensiali +0,72 voltga teng. Talliy (III) oksidi qora rangli qattiq modda boʻlib, 800 °C dan oshiq temperaturada talliy (I) oksidi va kislorodga parchalanadi.[3]

Tabiatda tarqalishi va sanoatda olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talliy Yer yuzida 0.7 mg/kg,[8] miqdorida, asosan kaliyli minerallar shaklida loy, tuproq va granit tarkibida uchraydi. Ammo, iqtisodiy jihatdan bu manbalar talliy olinishi uchun yetarli emas. Amaliy maqsadlar uchun ishlatiladigan talliyning asosiy manbasi bu mis, rux, qoʻrgʻoshin va boshqa metall sulfidlarining konlaridir.[9][10]

  1. „Chemical fact sheet — Thallium“. Spectrum Laboratories (April 2001). 2008-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-fevral. (Wayback Machine saytida 2008-02-21 sanasida arxivlangan)
  2. Hasan, Heather. The Boron Elements: Boron, Aluminum, Gallium, Indium, Thallium. Rosen Publishing Group, 2009 — 14-bet. ISBN 978-1-4358-5333-1. 
  3. 3,0 3,1 Holleman, Arnold {{subst:FULLPAGENAME}}; Wiberg, Egon; Wiberg, Nils „Thallium“, . Lehrbuch der Anorganischen Chemie, 91–100 (German), Walter de Gruyter, 1985 — 892–893-bet. ISBN 3-11-007511-3. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Audi, Georges; Bersillon, {{subst:FULLPAGENAME}}; Blachot, {{subst:FULLPAGENAME}}; Wapstra, {{subst:FULLPAGENAME}}{{subst:FULLPAGENAME}} (2003). „The NUBASE Evaluation of Nuclear and Decay Properties“. Nuclear Physics A. 729-jild, № 1. Atomic Mass Data Center. 3–128-bet. Bibcode:2003NuPhA.729....3A. doi:10.1016/j.nuclphysa.2003.11.001. ISSN 0375-9474.
  5. „Thallium Research“. United States Department of Energy. 2009-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-may. (Wayback Machine saytida 2009-05-15 sanasida arxivlangan)
  6. „Manual for reactor produced radioisotopes“. International Atomic Energy Agency (2003). Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  7. Crookes, William (1864). „On Thallium“. The Journal of the Chemical Society, London. XVII-jild. Harrison & Sons. 112–152-bet. doi:10.1039/js8641700112. Qaraldi: 13-yanvar 2012-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. Guberman, David {{subst:FULLPAGENAME}} „Mineral Commodity Summaries 2010: Thallium“. United States Geological Survey. Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  9. Zitko, {{subst:FULLPAGENAME}}; Carson, {{subst:FULLPAGENAME}} {{subst:FULLPAGENAME}}; Carson, {{subst:FULLPAGENAME}} {{subst:FULLPAGENAME}} (1975). „Thallium: Occurrence in the environment and toxicity to fish“. Bulletin of Environmental Contamination and Toxicology. 13-jild, № 1. 23–30-bet. doi:10.1007/BF01684859. PMID 1131433.
  10. Peter, A; Viraraghavan, T (2005). „Thallium: a review of public health and environmental concerns“. Environment International. 31-jild, № 4. 493–501-bet. doi:10.1016/j.envint.2004.09.003. PMID 15788190.