Tom Sawyerning sarguzashtlari
Tom Sawyerning sarguzashtlari asarining bosh sahifasi, (1876-yil, ilk nashr) | |
Muallif(lar) | Mark Twain |
---|---|
Mamlakat | Amerika Qo'shma Shtatlari |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | Tarbiyaviy ahamiyatga ega, sarguzasht asar, satira, Folklor, bolalar adabiyoti |
Nashr etilgan sanasi | 9-iyun, 1876-yil |
Nashriyot | Amerika Nashriyot Kompaniyasi |
OCLC | 47052486 |
Keyingisi | Huckleberry Finnning Sarguzashtlari |
Tom Sawyerning sarguzashtlari — Mark Twainning 1876-yil 9-iyunda nashr etilgan romani boʻlib, Mississipi daryosi boʻyida ulgʻaygan Tom Sawyer ismli bola haqida. Voqealar 1840-yillarda Twain bolaligi oʻtgan Missouri shtati Hannibal shahrida joylashgan St. Petersburg qishlogʻida boʻlib oʻtgan[1]. Romanda Sawyerning koʻpgina sarguzashtlari doʻsti Huckleberry Finn bilan yuz bergan. Dastlab tijoriy muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, kitob Twainning hayoti davomida eng koʻp sotilgan asari boʻlgan[2][3]. Garchi bu asar 1885-yilda nashr etilgan, asarning davomi boʻlgan "Huckleberry Finning sarguzashtlari" asarining soyasida qolgan boʻlsa-da, koʻpchilik bu kitobni Amerika adabiyotining durdona asari deb biladi[4]. Mark Twain tomonidan daʼvo qilinishicha, bu asar uning yozuv mashinkasida yozilgan birinchi romanlardan biri[5].
Syujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yetim Tom Sawyer oʻzining Polly xolasi va oʻgay ukasi Sid bilan 1840-yillarda Missouri shtatining St. Peterburg shahrida yashagan. U tez-tez oʻyin-kulgi uchun maktabdagi darslardan qochgan. Polly xola uni juma kuni kechqurun uyiga yashirincha ketayotganida qoʻlga olib, uning janjalda boʻlganini bilib qolgan. Va ertasi kuni jazo sifatida Tomni devorini oqlashga majbur qilgan.
Tom teskari psixologiyani qoʻllab, bir nechta mahalla bolalarini devorni oqlash uchun ruxsat berib ragʻbatlantirgan(aldagan), va shu yoʻl bilan kichik buyumlarga ham ega boʻlgan. Keyinchalik, Tom oʻzining yakshanbalik maktabidagi oʻzi bilan birga oʻqiydigan oʻquvchilar bilan Muqaddas Bitik oyatlarini yodlash uchun berilgan chiptalarni devor oqlatish bahonasida topgan buyumlarga ayri boshlagan. U sinfdagi eng yomon oʻquvchilardan biri boʻlgan. Muqaddas Bitikdan deyarli hech narsa bilmasligiga qaramay, oʻqituvchidan qimmatli Bibliya olish uchun yetarlicha chipta toʻplagan. Tomning bu ishi oʻquvchilarni gʻazablantirgan boʻlsa-da, kattalarni faxr aralash hayratga soladi.
Tom qishloqqa yangi kelgan Becky Thatcherni sevib qoladi. Tomning Muqaddas Kitobni mukofot sifatida olishi mashhur sudya boʻlgan Thatcherning (Beckyning otasi) eʼtiboriga tushishiga sabab boʻladi. Biroq, Tomning Muqaddas Bitik haqida berilgan boshlangʻich savollariga ham javob berolmagani, uning Bitik haqida savodi yoʻqligini oshkor qiladi. Nihoyat, Tom Beckydan boʻsa olish orqali, uni munosabat qurishga koʻndiradi. Lekin, Becky Tomning maktabning boshqa bir oʻquvchisi boʻlgan Amy Lawrence bilan munosabatda boʻlganligini bilib, oʻz munosabatlariga tezda barham beradi.
Becky Tomni rad etadi. Tom koʻplab bolalar havas qiladigan Huckleberry Finn bilan soʻgallarni davolash marosimini oʻtkazish uchun yarim tunda qabristonga boradi. Qabristonda ular tovlamachi boʻlgan Dr. Robinson, Muff Potter va Injun Joening jasad oʻgʻirlashayotganiga guvoh boʻlib qolishadi. Birdan urush boshlanib qoladi, Robinson Potterni urib hushsizlantiradi va Injue Joe tomonidan oʻldiriladi. Biroq, Injue Joe mast holda hushiga kelgan Potterning qoʻliga qurolni tutqazib, unga Robinsonning qotili ekanligini aytadi. Potter uygʻonganida, Injun Joe qurolni qoʻliga olib, Robinsonni mast holda oʻldirganini aytadi. Tom va Huck qotillik haqida hech kimga aytmaslikka qasam ichishadi, chunki Injue Joe ularning qotillik sodir etilgan tunda qabristonda boʻlganliklarini bilib qolsa, ularni oʻldiradi deb oʻylashadi. Potter Injue Joening daʼvosiga eʼtiroz bildirmasdan hibsga olinadi va sudni kutish uchun qamoqqa tashlanadi.
Tom maktab hayotidan zerikadi. Shundan soʻng, Tom, sinfdoshi Joe Harper va doʻsti Huck Mississippi daryosidagi Jackson oroliga qochib, qaroqchilar kabi hayot kechira boshlaydi. Erkinlikdan zavqlanayotgan bolalar ularning jasadlarini butun qishloq aholisi daryo boʻylab qidirishayotganini bilib qolishadi. Chunki, bolalar oʻlgan deb taxmin qilingandi. Uyidagi toʻz-toʻpolonni kuzatish maqsadida uyiga borgan Tom oʻz qilgan ishidan pushaymon boʻladi, va oʻz dafn marosimida qatnashishni hayol qiladi. Uchovlon sinfdoshlaring hayratini qozonib bu ishni amalga oshiradi va dafn marosimining oʻrtasida cherkovda paydo boʻlishadi. Maktabga qaytganida, Tom Beckyni qoʻrqitib yuborgandan, shu tufyali Becky maktab mudirining anatomiya kitobidan bir sahifani yirtib tashlaydi, ammo Tom zarar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi va oʻziga tegishli boʻlgan jazoni qabul qilish orqali qizning hurmatini qayta qozonadi.
Potterning qotilligi boʻyicha sud jarayonida Tom Huck bilan qasamini buzib, uni himoya uchun guvohlik berishadi. Injun Joe haqiqiy aybdor ekanligi aniqlanadi. Injue Joe hibsga olinishidan oldin sud zalidan qochib ketadi, va Potter oqlanadi. Ammo Tom va Huck bunday buyon hayotlari xavf ostida ekanligini bilib yashashadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „American Literature: Mark Twain“. www.americanliterature.com. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Railton. „The Adventures of Tom Sawyer“. Mark Twain in His Times. University of Virginia. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Messent, Peter. The Cambridge Introduction to Mark Twain. Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 9781139462273. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „United States History: Mark Twain“. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Paine, Albert Bigelow. Mark Twain, A Biography, 1835-1910, Complete The Personal And Literary Life Of Samuel Langhorne Clemens. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.