Kontent qismiga oʻtish

Turk va islom sanʼati muzeyi

Koordinatalari: 41°0′22.61″N 28°58′28.42″E / 41.0062806°N 28.9745611°E / 41.0062806; 28.9745611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turk va islom sanʼatlari muzeyi
Turkish and Islamic Museum 1432 (cropped).jpg
Asos solingan sana 1914-yil
Joylashuvi Turkiya, Istambul

41°0′22.61″N 28°58′28.42″E / 41.0062806°N 28.9745611°E / 41.0062806; 28.9745611


Turk va islom sanʼatlari muzeyiTurkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanidagi Sultonahmet maydonida joylashgan muzey. 1524-yilda qurilgan mazkur bino ilgari Sulaymon I ikkinchi bosh vaziri boʻlgan Pargʻali Ibrohim poshoning saroyi hisoblanadi. Pargʻali Ibrohim posho Sulaymon Ining singlisi Hadicha Sultonning eri boʻlgan. Muzey kolleksiyalarida islomiy xattotlik, koshin va gilamlarning koʻzga koʻringan namunalari hamda Turkiyadagi turli madaniyatlarga, xususan, koʻchmanchi guruhlarga oid etnografik koʻrgazmalar mavjud. 1914-yilda u dastlab Sulaymoniya majmuasida joylashgan Islomiy vaqflar muzeyi sifatida ochilgan[1]. XVI asrda buyuk turk meʼmori Sinan tomonidan Sulaymoniya majmuasi bunyod etilgan. Oxir-oqibat 1923-yilda Turkiya Respublikasi tashkil etilgandan soʻng muzey Turk va islom sanʼatlari muzeyi deb nomlangan. Yaxshi saqlanib qolgan ushbu bino XVI asr Usmoniylar davri meʼmoriychiligi taʼsiriga ega. Tarixiy tosh bino 1966–1983-yillarda taʼmirlangan[2]. Turk va Islom sanʼati muzeyi Turkiyada islom sanʼatini birlashtirgan birinchi muzey hisoblanadi[3].

  1. „The Art of the Qur'an: The Museum of Turkish and Islamic Arts“ (en-US). Freer Gallery of Art & Arthur M. Sackler Gallery. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
  2. „İstanbul - Turkish and Islamic Arts Museum“. www.ktb.gov.tr. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  3. „Türk ve İslam Eserleri Müzesi“ (tr). T.C. Kültür ve Turizm Bakanlığı. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.