Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqining berilishi
Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqining berilishi — 1930-yilga kelib, yosh Turkiya respublikasida ayollarga zamonaviy huquq va erkinliklar joriy etilgan. Ayollarning siyosiy hayotda saylash va saylanish huquqining qoʻlga kiritishi Turk jamiyatida amalga oshirilayotgan „Atatürk inqiloblari“ning bir parchasidir.
Tukiyada ayollar 1930-yilda chiqarilgan qonun bilan dastlab Belediye (mahalliy hokimiyat)ga, 1934-yil 5-dekabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishdan soʻng deputatlikka saylash hamda saylanish huquqini qoʻlga kiritdi.
Mahalliy hokimiyatdagi saylovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollarning mahalliy hokimiyat (Belediye)larda saylash va saylanish huquqi 1930-yil 3-aprel kuni chiqarilgan qonun orqali tan olingan. Ayollar saylov huquqidan dastlab 1930-yilda, yaʼni mahalliy hokimiyat saylovlari orqali amalga oshirgan edi. Saylovlar sentyabr oyi boshidan, 20-oktabrga qadarr davom etgan. Shahar majlislariga kirishi mumkin boʻlgan ayollar orasidan „Respublika xalq firqasi“ (CHF) vakillari sifatida Hasane Nalan va Benal Nevzat xonimlar va CHFning Istanbul vakillari sifatida Rana Sani Yaver (Eminönü), Seniye İsmail Hanım (Beykoz), Ayşe Remzi Hanım (Beyoğlu), Nakiye (Beyoğlu), Latife Bekir (Beyoğlu)lar ishtirok etgan[1].
Bu saylovlarda Artvin viloyati, Yusufeli tumaniga qarashli Kilichkayaning mahalliy hokimi etib saylangan Sadiye xonim ayni vaqtda „Turkiyada saylangan ilk ayol mahalliy hokim“ boʻlgan. U bu lavozimda ikki yil faoliyat olib boradi. Turkiyaning ilk ayol viloyat hokimi Turkiya koʻp partiyaviylik tizimiga oʻtgandan keyingi saylovlarda saylandi. 1950-yil 2-sentyabr kuni oʻtkazilgan saylovlarda 27 nomzod orasidan saylangan Mersin hokimi Müfide İlhan „Turkiyada saylangan ilk ayol viloyat hokimi“ boʻldi[2].
„Qishloq qonuni“ning 20-moddasini oʻzgartirilishiga doir 1933-yilning 26-oktabrdagi 2329 sonli qonunning chiqarililishi bilan Turkiyada ayollarning qishloq muxtorligi va hay’atiga saylash va saylanishi mumkin boʻldi.
Aydinning Chine tumaniga qarashli Demirdere qishlogʻi (bugungi Karpuzlu tumani)da 500 ga yaqin ovoz olib, mahalliy saylovda gʻalaba qozongan Gül Esin Turkiya respublikasining ilk saylangan ayol muxtori boʻldi[3].
Deputatlikka saylash va saylanish huquqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiyada ayollar deputat boʻlish uchun ilk qadamni 1923-yilda tashlashgan edi. Bu qadam 1923-yilda, Nezihee Muhiddin yetakchiligidagi ayollarning ilk bor partiya qurish istagi bilan bogʻliq jarayon edi. Buning natijasida, „Ayollarning xalq firqasi“ tashkil qilindi. Ammo 1909-yilda chiqarilgan saylov qonunidan keyin „Ayollarning xalq firqasi“ni „Turkiya ayollar birligi“ nomli tashkilotga oʻzgartirilgan[4].
1924-yilgi konstitutsiya tayyorlanayotganda ayol deputatlarning saylash va saylanish masalasi koʻtarildi. Biroq TBMM (Turkiya Buyuk Millat Majlisi) deputatlarining saylash va saylanish faqat erkaklarga oid ekanligiga koʻproq urgʻu bergani uchun bu amalga oshmagan. 1934-yilda kerakli qonuniy oʻzgarishlar, yaʼni 191 deputat va bosh vazir İsmet İnönüning bu boradagi tavsiyasidan soʻng taklif kun tartibiga qoʻyildi. Taklif 1934-yilning 5-dekabr kuni TBMMda koʻrib chiqildi. Ovoz berishda 317 deputatning 258 nafari bir ovozdan bu oʻzgarishni tasdiqladi. Konstitutsiyaning 10- hamda 11-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, ayollarga 22 yoshdan saylash, 30 yoshdan boshlab esa saylanish huquqi berildi. Bu konstitutsiyaviy oʻzgarishdan soʻng 1934-yilning 7-dekabr kuni „Turkiya ayollar birligi“ Istanbuldagi Boyazid maydonida katta bayram mitingi oʻtkazdi. Mitingga toʻplangan ayollar Boyaziddan Taksim maydoniga ramziy yurish amalga oshiradi[5].
Turk ayollari 1935-yilning 8-fevral kuni TBMMning umumiy saylovlarida ishtirok eta boshlagan. Bu saylov natijasida 17 ta ayol TBMMda oʻrin egallagan. 1936-yil boʻshagan oʻrinlar uchun amalga oshirilgan qayta saylovlarda Hatice Özgenelning saylanishi bilan ayol deputatlarning soni 18 taga yetgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Türkiye'de kadınların siyasal haklarını kazanma süreci ve 1930 belediye seçimler“. İstanbul Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Yüksek Lisans tezi, 2005 (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Türkiye’nin İlk Kadın İl Belediye Başkanı ʻMüfide İlhan’ ve Mersin’deki Çalışmaları“ (2017-yil 5-dekabr). 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „İşte Türkiye'nin ilk kadın muhtarı“ (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Kadınlar Halk Fırkası“ (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Basına Göre Türk Kadınının Siyasi Hakları (1930-1935)“ (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Türkiye’de İlk Kadın Milletvekilleri ve Meclis’teki Çalışmaları“ (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.