Turkiyadagi masjidlar roʻyxati
Bu Turkiyadagi masjidlar roʻyxati.
2013-yil mart oyi holatiga koʻra, Turkiyada 82 693 ta masjid bor edi. Masjidlar soni eng koʻp boʻlgan viloyat bu (3113 ta) Istanbul, eng kam masjid viloyat (117 ta) esa Tunceli viloyati boʻldi.[1] Bu 2003-yildan beri 10 yil ichida masjidlar soni 7324 taga koʻpayganini koʻrsatdi[1]
Turkiyadagi ilk masjid bu Qars viloyati Arpachay shahridagi masjiddir. U 1072-1086-yillarda kurd Shaddodiylar sulolasidan Ebu’l Manuchehr bey tomonidan qurilgan. Masjidni taʼmirlash 2020-yil iyun oʻyinida boʻlgan.
Yana bitta masjidlardan biri bu „Ahmet Hamdi Akseki masjidi“ Masjid Turkiyadagi eng katta masjidlardan biridir.[2].Masjid uchun 2008-yilda poydevor qoʻyilgan, 2009-yilda masjid qurilishi tugagan.Masjid 2013-yil 19-aprelda oʻsha paytdagi Bosh vazir Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ishtirok etgan marosim bilan ochilgan.[3] U diniy olim va Din ishlari boshqarmasi rahbarining prezidenti Ahmet Hamdi Akseki sharafiga nomlanadi.
Eng qadimiy bino va masjid bu-Ayliyo Sofiya ibodatxonasi hisoblanadi.Sofiya ibodatxonasi, — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Bu Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligidir (532—537). Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Sofiya ibodatxonasi tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uzunligi 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va boshqalar) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-asrda vayron boʻlgan gumbazi 1374-yilda kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (16-18-asrlar). 2020-yilda qayta masjid boʻlib ochildi.
Qolgan masjidlar roʻyxati
Nomi | Qurilgan joyi | Qurilgan yili |
---|---|---|
Menuchehr masjidi | Kars | 1086 |
Sabancı masjidi | Adana | 1998 |
Aslanhane masjidi | Ankara | 1290 |
Kocatepe masjidi | Ankara | 1987 |
Maltepe masjidi | Ankara | 1959 |
Zagan Pasha masjidi | Balıkesir | 1461 |
Emir Sultan masjidi | Bursa | 1868 |
Bursa Ulugʻ masjidi | Bursa | 1420 |
Yashil masjidi | Bursa | 1421 |
Evliya Qosim posho masjidi | Edirne | 1442 |
Selimiya masjidi | Edirne | 1575 |
Uch sherefeli masjidi | Edirne | 1547 |
Arap masjidi | Istanbul | 1856 |
Bayezid II masjidi | Istanbul | 1506 |
Eyüp Sultan masjidi | Istanbul | 1458 |
Fotih masjidi | Istanbul | 1463-1771 |
Sofiya ibodatxonasi | Istanbul | 537 |
Laleli masjidi | Istanbul | 1783 |
Mihrimah masjidi | Istanbul | 1565 |
Yangi masjid | Istanbul | 1665 |
Nuruosmaniye masjidi | Istanbul | 1755 |
Ortaköy masjdi | Istanbul | 1854 |
Rüstem Pasha masjidi | Istanbul | 1563 |
Shehzoda masjidi | Istanbul | 1548 |
Sulaymoniya masjidi | Istanbul | 1557 |
Sultan Ahmed masjidi | Istanbul | 1609-1616 |
Yavuz Salim masjidi | Istanbul | 1522 |
Başdurak masjidi | İzmir | 1652 |
Mersin masjidi | Mersin | 1898 |
Muğdat masjidi | Mersin | 1898 (1979) |
Tarsus katta masjidi | Tarsus, Mersin | 1579 |
Bodrum masjisi | Istanbul | 10th century |
Atik Mustafa Pasha masjidi | Istanbul | 1059 |
Eski Imaret masjidi | Istanbul | Short before 1087 |
Zeyrek masjidi | Istanbul | Before 1136 |
Diyarbakir katta masjidi | Diyarbakir | 1091 |
Altunizade masjidi | Istanbul | 1865 |
Atik Valide masjidi | Istanbul | 1583 |
Çamlıca masjidi | Istanbul | 2019 |
Şişli masjidi | Istanbul | 1949 |
Şakirin masjidi | Istanbul | 2009 |
Bebek masjidi | Istanbul | 1913 |
Burmalı Mescit masjidi | Istanbul | 1550 |
Defterdar masjidi | Istanbul | 1542 |
Dolmabahçe masjidi | Istanbul | 1855 |
Ahmet Hamdi Akseki masjidi | Ankara | 2013 |
Mimar Sinan masjidi | Istanbul | 2012 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkiyaning buyuk masjidlari roʻyxati
- Turkiyada islom
- Masjidlar roʻyxati
- Istanbuldagi masjidlar roʻyxati
- Evropadagi masjidlar roʻyxati
- Osiyodagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 How many mosques are there in Turkey? Haberturk.com
- ↑ Özaloglu, Serpil (2017). „An attempt to transform religious images into contemporary mosque architecture: Ahmet Hamdi Akseki Mosque“. Journal of Architectural and Planning Research. 34-jild, № 2. 114–132-bet. ISSN 0738-0895. JSTOR 44987222. Qaraldi: 2021-06-09.
- ↑ Batuman, Bülent. „Appropriating the masculine sacred islamism, gender, and mosque architecture in contemporary Turkey“. Qaraldi: 2021-06-09.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |