Kontent qismiga oʻtish

Turkmaniston — Gruziya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turkmaniston — Gruziya munosabatlari

Turkmaniston

Georgia

Turkmaniston — Gurjiston munosabatlari — Gruziya va Turkmaniston oʻrtasidagi diplomatik aloqalar. 1992-yil 16-iyulda tashkil etilgan. Ikkala mamlakat ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining aʼzosi.[1]

Qiyosiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gurjiston gerbi Gruziya Turkmaniston gerbi Turkmaniston
Aholi 3 729 500 5 240 502
Hududi 69 700 km² 491 200 km²
Aholi zichligi 68 km² 10 km²
Poytaxt Tbilisi Ashxobod
Yirik shaharlari Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Rustavi, Zugdidi Ashxobod, Turkmanobod, Dashovuz, Bolqonobod
Boshqaruv shakli Parlamentar respublika Prezidentlik respublika
Davlat tili Gurji Turkman
Din Masihiylik Sunniy islom
YIM 34,209 mlrd AQSH dollari 54,746 mlrd AQSH dollari
Pul birligi lari manat

1991-yilgacha Gurjiston va Turkmaniston Sovet Ittifoqi tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar boʻlgan. Gurjistonning mustaqilligi 1991-yil 9-aprelda, shu yilning 27-oktabrida esa Turkmanistonning mustaqilligi eʼlon qilindi.

Tbilisida Turkmanistonning elchixonasi, Ashxobodda Gurjistonning elchixonasi faoliyat koʻrsatmoqda. 2014-yil 20-maydan boshlab Gurjiston]]ning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Giorgi Karalashvili[2][3]. Turkmaniston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi — Davletmurat Muratov[4].

Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar tarixida tashriflar va sammitlar muhim oʻrin tutadi. Turkmaniston Respublikasining birinchi Prezidenti Saparmurat Niyozov 1996-yilda Gurjiston]]ga tashrif buyurgan. Gurjiston ikkinchi Prezidenti Eduard Shevardnadze 1997-yilda Ashxobodga tashrif buyurgan.

Gurjiston Respublikasining toʻrtinchi Prezidenti Jorj Margvelashvili 2014-yil dekabr oyida Turkmanistonga tashrif buyurdi[5]. Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Gurjistonlik hamkasbi bilan 2015-yil iyul oyida Tbilisida uchrashgan[6]. 2015-yil dekabr oyida Georgiy Margvelashvili Turkmaniston betarafligining 20 yilligi munosabati bilan „Neytralizm siyosati: Tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish uchun xalqaro hamkorlik“ xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Ashxobodga tashrif buyurdi[7].

Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosi 36 hujjatdan iborat.

  1. arxiv nusxasi, 2016-03-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-06-17
  2. „ელჩის ბიოგრაფია“ (ka) (deadlink). Посольство Грузии в Туркмении. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)
  3. „Посольства в Туркменистане“ (deadlink). МИД Туркмении. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
  4. „Туркменистан за рубежом“ (deadlink). МИД Туркмении. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
  5. „ორმხრივი ურთიერთობები“ (ka) (deadlink). Посольство Грузии в Туркмении. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)
  6. „Президенты Грузии и Туркмении сделали и подписали совместное заявление“. ИА REGNUM. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
  7. „В Туркменистане состоялась международная конференция высокого уровня“. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)