Turunj,torondj
Turunj soʻzi eski oʻzbek tilida fors-tojik tilidan oʻzlashgan boʻlib, u limon, apelsinlar oilasiga kiruvchi yoqimli hidli, hushtam, suvli meva nomini aytaydi. Qadimgi yozma manbalarda uchramaydi. Alisher Navoiy asarlarida: Ey chuchuk jonim sening shirin labing, Mevai jonim turunji gʻabgʻabing. (Gʻaroyib us-Sigʻar , 359)
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻzning etimoni haqida hech maʼlumot yoʻq. Eski tojik tilida turunj, hozirgi tojik tilida turunj (nok), fors tilida ترنج (torondj) tarzida qoʻllanadi. Turkiy tillarda ishlatilmaydi. Bu soʻz haqida „Gʻiyos ul-lugʻat“da keng maʼlumot berilgan. Hozirgi fors tilida rang bildiruvchi(torondji) — (toʻq sariq, zargʻaldoq rangli) soʻzi borki, u turunj soʻzi bilan bir xil asosdan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, fors-tojik tilidagi turup-turp soʻzi bilan turunj soʻzlarida qandaydir yaqinlik borga oʻxshaydi. Chunki fors-tojik tilida tar soʻzi mevaning tozaligini, yangiligini ifodalashda qatnashadi. Yana tarmeva soʻzi ham bor. Shuning uchun ham bu soʻzlar asosini tar morfemasi tashkil qilgan boʻlishi kerak (tarunj, tarup-tarip).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 26-27-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.