Kontent qismiga oʻtish

Tuyuq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tuyuqturkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʼlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, baʼzan a-b-v-b tarzida va favqulodda hollarda — a-a-a-a oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʼz oʼyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʼzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan Tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʼu bilig" da ham tajnisli toʼrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk namunalari mavjud.

  • Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar. T., 1976.