Kontent qismiga oʻtish

Tyan-Shan kameliniyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tyan-Shan kameliniyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Kamelinia
Oila: Ziradoshlar
Binar nomi
Kamelinia tianschanica

Tyan-Shan kameliniyasi (lotincha: Kamelinia tianschanica) — ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasi, kameliniya turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Ohangaron daryosi vodiysida, Dukentsoy va Qorabog‘soyda o‘sishi ma'lum[1].

Balandligi 30-50 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. O‘q ildiz sistemasiga ega. Ildiz uchida tuganaklari hosil bo‘ladi. Ildiz bo‘g‘zidan o‘sib chiqqan barglari uzun bandli, uch karra bo‘lingan, bo‘laklari cho‘ziq dumaloq, nishlari bor. Poyadagi barglari bandli, yuqori bo‘lakchalari qisqarib novga aylangan. Gullari bir jinsli, murakkab soybon to‘pgulda yig‘ilgan. Soyabonchasi beshta o‘rama bargchali, uzunligi 10 sm. Kosachabarglari pardasimon, tishli. Gultojibarglari oq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab mevasi iyunda pishadi. Mevasi quruq, yumaloq, uzunligi 4 mm, eni 5 mm. Urug‘i va tuganaklari orqali ko‘payadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan, dengiz sathidan 1200-1600 metr balandlikda toshlar orasida uchraydi. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Ohangaron daryosi vodiysida, Dukentsoy va Qorabog‘soyda o‘sishi ma'lum. Dukentsoy atrofida 600 tup o‘simlik o‘sadi. Maxsus o‘sish sharoitiga moslashgan, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamsiz tur bo‘lganligi sababli areali qisqarib ketgan. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida o'stirishga urinilgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Kamelinia tianschanica“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.