Kontent qismiga oʻtish

Ueno (Gunma)

Koordinatalari: 36°4′59.5″N 138°46′38.3″E / 36.083194°N 138.777306°E / 36.083194; 138.777306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ueno

上野村
Qishloq
Skyline of Ueno
Ueno
Bayroq
Ueno
Gerb
36°4′59.5″N 138°46′38.3″E / 36.083194°N 138.777306°E / 36.083194; 138.777306
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Kanto viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 18,185 km2 (7,021 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 1-oktyabr)
1 149
Zichligi 6.3 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0274-59-2111
Ueno xaritada
Ueno
Ueno

Ueno (yaponcha: 上野村 Ueno-mura?) Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 1-oktabr holatiga koʻra, qishloqda 571 ta xonadonda 1149 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi 1 km2 ga 6,3 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 181,85 kvadrat kilometr (70,21 mi²) ni tashkil etadi. Qishloq Yaponiyadagi barcha munitsipalitetlar orasida eng past aholi zichligi koʻrsatkichlariga ega.

Ueno Gunma prefekturasining oʻta togʻli janubi-gʻarbiy hududida joylashgan boʻlib, janubda Saitama prefekturasi va gʻarbda Nagano prefekturasi bilan chegaradosh hisoblaandi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunma prefekturasi

Saitama prefekturasi

  • Chichibu
  • Ogano

Nagano prefekturasi

Ueno nam kontinental iqlimga ega (Köppen Dfb) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Uenoda oʻrtacha yillik harorat 8,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1479 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,2 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ueno aholisi soni 1950-yillarda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va hozir u bir asr oldin boʻlgan sonining chorak qismiga teng.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19204,423—    
19303,895−11.9%
19403,887−0.2%
19504,721+21.5%
19604,299−8.9%
19702,996−30.3%
19802,309−22.9%
19901,711−25.9%
20002,285+33.5%
20101,306−42.8%
20201,128−13.6%

Edo davrida hozirgi Ueno hududi Kozuke provinsiyasidagi Tokugava syogunati tomonidan bevosita boshqariladigan tenryo hududining bir qismi boʻlgan.

Ueno qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda Gunma prefekturasi Minamikanra tumanida Meidzi restavratsiyasidan soʻng zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratilishi bilan tashkil etilgan. 1896-yilda Minamikanra tumani Midono va Tago tumanlari bilan birlashtirilib, Tano tumani tashkil etilgan. 1985-yil 12-avgustda Haneda aeroportidan Itami aeroportiga yoʻl olgan Japan Airlines aviakompaniyasining 123-reysi Ueno qishlogʻi chegarasidagi hududga qulab tushadi va dunyodagi eng halokatli samolyot aviatsiya sodir boʻlib, buning natijasida 520 kishi halok boʻladi[4].

Qishloq markaziy hukumatning Yaponiyadagi munitsipalitetlarni birlashtirish va tarqatish boʻyicha berilgan koʻrsatmalarini rad etdi. Chunki aholi soni kamayganiga qaramay, Ueno toʻgʻoni va Tokio Kannagava elektr stantsiyasidan olingan daromad mahalliy hukumatga prefekturadagi eng yuqori moliyaviy quvvat koʻrsatkichini berar edi.

Ueno toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va sakkiz aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Ueno Fujioka shahri va Ueno qishlogʻi bilan birgalikda Gunma prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 4-okrugi tarkibiga kiradi.

Ueno parkidagi favvora

Ueno iqtisodiyoti koʻp jihatdan qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslanadi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uenoda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi[5]. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Ueno yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.

Ueno qishloq avtobusi Joshin elektr temir yoʻli Shimonita stansiyasidan va Nippon Chuo avtobusi esa Okutano liniyasi JR Sharqiy yoʻnalishi Shinmachi stansiyasidan (Gunma) keladi.

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 299
  • Milliy yoʻnalish 462

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ueno toʻgʻoni
  • Ueno osmon koʻprigi — Ueno osmon koʻprigi 225 metr uzunlikdagi piyodalar uchun bunyod etilgan osma koʻprikdir. 90 metr balandlikda u yerda ajoyib manzaralarni koʻrish mumkin[6][7]
  • Shionosava Onsen
Ueno qishlogʻining tabiat manzaralari
  1. „Ueno Village official statistics“ (ja).
  2. Ueno climate data
  3. Ueno population statistics
  4. "Aircraft Accident Investigation Report Japan Air Lines Co., Ltd. Boeing 747 SR-100, JA8119 Gunma Prefecture, Japan August 12, 1985." 8 (19/332). Retrieved on August 18, 2010.
  5. „学校教育“. Ueno Village. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr. — Ueno Elementary homepage and Ueno Junior High homepage
  6. „Sky Bridge“ (en). Tourist Guide of Gunma Prefecture. Bureau of Tourism, Gunma Prefectural Government. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  7. „Skybridge“ (ja). Ueno Village Office. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.