Kontent qismiga oʻtish

Uganda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uganda Respublikasidan yoʻnaltirildi)
Uganda Respublikasi
Shior"For God and My Country"
Inglizcha: Xudo va Mening davlatim uchun
Madhiya: Oh Uganda, Land of Beauty
Location of Uganda
Poytaxt Kampala
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Suaxilicha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Yoveri Museveni
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
9-oktabr 1962
Maydon
• Butun
236,040 km2 (82-oʻrin)
• Suv (%)
15.39
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
27,269,482 (41-oʻrin)
• Zichlik 115/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$46,060 mil. (81-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,689
Pul birligi Uganda Shilling (UGX)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma UG
Telefon prefiksi 256
Internet domeni .ug

Uganda, Uganda Respublikasi (inglizcha: Republic of Uganda; sua.: Jamhuri ya Uganda) – Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 236 ming km². Aholisi 34,6 mln. kishi (2014).[1] Poytaxti – Kampala shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 viloyat (reqion)ra boʻlinadi.[2]

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uganda – respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 8 oktabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1986-yildan Yoveri Museveni), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.[2]

Ugandaning tabiati goʻzal va iqlimi yumshoqligi sababli „Afrika durdonasi“ deb ataydilar. Uganda Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, 1100–1500 m balandlikdagi togʻlar uchrab turadigan tekislikdir. Eng baland joyi – Margerita choʻqqisi (5109 m). Choʻqqilarni doim muz qalpogʻi qoplab yotadi. Jan.sharqdagi Elgon vulkani va janubigʻarbdagi Virunga guruhi vulkanlari soʻnib qolgan. Temir, mis, kobalt, polimetall rudalar, noibiy, sirkoniy, apatit, oltin, qalay, volfram, asl toshlar, toshtuz va boshqa konlar topilgan. Ugada iqlimi–ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 18,5°dan 22°gacha. Yillik yogʻin 750–1500 mm. Koʻl va dare koʻp, shu jumladan, Afrikadagi eng katta Viktoriya koʻlining shimoliy qismi Ugandaga qarashli. Daryolarining kupi Nilga quyiladi. Tuproqlari, asosan, qizilferralitli, qurgʻoqchil joylarda esa temirli qizilqoʻngʻir tuproq. Ugandada savanna, tog oʻtloklari koʻp, ayrim joylarda barg toʻkuvchi va doim yashil oʻrmonlar saqlanib qolgan. Ularda daraxtlarning 400 ga yaqin turi, jumladan, qimmatbaho nav daraxtlar oʻsadi. Hayvonot dunyosida fil, jiraf, arslon, leopard, begemot, buyvol, zebra, kiyik, maymun kabi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (timsoh, ilon), hasharotlar bor, baliq koʻp. Kobarega, Ruvenzori milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar tashkil etilgan.

Aholisining 99% dan kuprogi afrikaliklar. Ular orasida eng kupi bantu tillari guruhiga mansub xalqlar (ganda, soga, nyankole, gishu, nyaruganda va boshqalar) bulib, mamlakat markazi va janubda, nilot xalklari (turkona, lango, acholi va boshqalar) shimolda yashaydi. Rasmiy tillar – suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 12,5%. Ahsshining 65% – katolik va protestantlar, 15% – musulmonlar; qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kampala, Jinja, Mbale.[2]

Uganda hududida odam quyi paleolit davridan yashay boshlagan. Mil. 1-ming yillikda Kongo gʻarbidagi oʻrmonlardan kelgan bantular va shimoli-sharqdan kelgan kuchmanchi nilot kabilalari Uganda aholisining uzagini tashkil etgan. 13–14-asrlarda (ayrim maʼlumotlarga kura, 10–11-asrlarda) koʻllar oraligʻida ilk Kitara davlati paydo boʻlgan. 16-asrda Uganda bir necha mustaqil daylatlar (Unoro, Nkore, Toro va boshqalar)ga parchalanib ketgan. 19-asrning urtalarida 14-asrda tashkil topgan Buganda davlati kuchaydi. 19-asrning 60-yillarida bu yerga yevropaliklar suqilib kira boshladi. Ular mahalliy qabila va diniy jamoalar urtasida nizo va urush chiqarish yuli bilan ularni zaiflashtirib, uz taʼsir doiralariga utkazib oldilar.

1890-yil Angliya–Germaniya shartnomasiga binoan, Buyuk Britaniya Buganda va butun Uganda hududida bemalol harakat qilish huquqini oldi. 19-asrning 90-yillari – 20-asr boshlarida bu davlatlar ustidan Britaniya protektorati urnatildi, ular Uganda protektoratining muxtor provinsiyalariga aylandi. Birinchi jahon urushi boshlangan paytda Buyuk Britaniya butun Uganda xududini zabt qilib olgan edi. 20–30-yillarda boshlangan ozodlik harakati Ikkinchi jahon urushidan keyin ayniqsa avj oldi. 1952-yil Uganda Milliy kongress siyosiy partiyasi tuzildi. Bu partiya 1953–55 yillarda Buyuk Britaniyaning uz mustamlakachilik hokimiyatini mustaqkamlash maqsadida Uganda, Keniya va Tanganikadan iborat Sharkiy Afrika Federatsiyasiga birlashtirish yoʻlidagi urinishlariga qarshi ommaviy harakatga rahbarlik qildi. 1962-yil 9 oktabrdan Uganda mustaqil davlat. Kabaka (vorisiy hukmdor) Mutesa II davlat boshligʻi boʻlib qoldi. 1967-yil Milton Obote prezident buldi. 1971-yil 25 yanvarda general Idi Amin boshchiligida harbiy toʻntarish boʻlib, Obote lavozimidan olib tashlandi. Milliy majlis va xukumat tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiklandi. 1971-yil fevraldan Idi Amin prezident deb eʼlon qilindi. Iqtisodiyotni „ugandalashtirish“, qishloq xoʻjaligini isloh qilish yoʻli boshlandi, armiya 3 baravar koʻpaytirildi. Ammo bu siyosat qiyinchilikka uchradi, eksport va import izdan chikdi, ekin maydonlari qisqardi, ishsizlik kuchaydi, norozilikoshdi. 1979-yil Moshi (Tanzaniya) da Milliy ozodlik fronti (MOF) tuzildi. Amin armiyasi Tanzaniyaga hujum qilganida MOF otryadlari Tanzaniya armiyasi yordamida Amin armiyasini tormor etdi. MOF muvaqqat hukumat tuzdi. 1980-yil 10–11 dekabrda Milliy majlisga saylov oʻtkazildi, unda Uganda Xalq Konfessi gʻalaba qildi, partiya rahbari M. Obote yana prezident boʻlib qoldi. Hukumat „bozor munosabatlari“ usullarini joriy etib, mamlakatni mushkul ahvodsan olib chiqish choralarini koʻrdi. 1985-yil harbiy toʻntarish boʻlib, M. Obote lavozimidan olib tashlandi. Harbiy kengash davlat hokimiyatining oliy organiga aylandi. 1986-yil Uganda Milliy qarshilik koʻrsatish armiyasi rahbarlari hokimiyatni qoʻlga oldilar. 1996-yil prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. 2000-yil 29 iyundagi referendumda aholi koʻp partiyali tizimga qarshi chiqdi va prezident Y. Museveni boshchiligidagi „Harakat“ siyosiy tashkilotigina mamlakatga rahbarlik qilishini yokdadi. Anʼanaviy partiyalarga ruxsat berilgan, ammo ularning faoliyati cheklab qoʻyilgan. Yangi partiyalar tuzish taqiqlangan. Uganda 1962-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 9 oktabr – Mustaqillik kuni (1962).[2]

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Harakat“ , siyosiy tashkilot, Milliy qarshilik koʻrsatish harakati asosida 1998-yil tuzilgan; Demokratik partiya, 1956-yil asos solingan; Konservativ partiya, 1979-yil tashkil etilgan; Uganda xalq kongressi, 1960-yil tuzilgan. U kasaba uyushmalari milliy tashkiloti, 1974-yil tashkil etilgan, 16 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotining aʼzosi.[2]

Uganda – iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 44%, sanoatning ulushi 17%.

Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi band. Dehqonchilik uchun yaroqli boʻlgan 4 mln. gektarning 1/3 qismidangina foydalaniladi. Asosan, kofe, kakao oʻstiriladi, paxta, choy, shakarqamish, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, maniok, batat, banan, yams, tamaki va boshqa ekiladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Koʻllarda baliq ovlanadi; yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoatida konchilik asosiy oʻrin oladi. Kilembeda miskobalt ruda koni va boyitish fabrikasi bor; volfram, apatit, ohaktosh va fosforit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 795 mln. Kilovatt-soat elektr energiya xrsil qilinadi. Nil boʻyidagi OuenFole GES, Kilembedagi GES, kichik issiqlik va dizel elektr stansiyalari bor. Uganda sanoatida 10 dan ortiq odam ishlaydigan 800 ga yaqin korxona bor. Jinjada mis eritish va poʻlat quyish, Tororoda asbotsement, superfosfat, Ximada sement zavodlari, turli joylarda oziq-ovqat (un, yogʻ, pivo, konserva), yengil (toʻqimachilik, qogʻoz, koʻnpoyabzal, tikuv), yogʻochsozlik, farmatsevtika, rezinatexnika, avtotaʼmirlash va yiguv (radiopriyomnik va sovitkich ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Muhim sanoat markazlari; Jinja, Kamlala, Mbale, Lira.[2]

Temir yoʻli uzunligi – 1,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi – 27 ming km ga yaqin. Entebbeda xalqaro aeroport bor. Chetga kofe, paxta, choy, mis, charm va teri sotadi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlandiya, Keniya, Hindiston bilan savdo qiladi. Pul birligi – uganda shillingi.[2]

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash tizimi aralash: davlat davolash muassasalari bilan birga xususiy shyfoxonalar ham bor. Vrachlar Makerere universitetining tibbiyot maktabida tayyorlanadi.[2]

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majburiy taʼlim yoʻq. Boshlangʻich maktab 7 yillik. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oʻrta maktab 6 yillik: 4 yillik toʻliqsiz va 2 yillik toʻliq maktabdan iborat. Darslar, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabning 4 sinfi negizidagi hunartexnika va qishloq xoʻjaligi maktablari, toʻliqsiz oʻrta maktab negizidagi oʻrta texnika va qishloq xoʻjaligi kollejlari yoshlarga kasbhunar taʼlimi beradi. Oʻqituvchilar kollejlari boshlangʻich maktablar uchun, Milliy pedagogika kolleji esa toʻliqsiz oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi.

Kampaladagi Makerere universiteti (1922-yilda asos solingan, 1949-yildan Universitet kolleji, 1970-yildan milliy Universitet maqomini olgan) oliy taʼlim beradi, unda gumanitar, ijtimoiy fanlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik, tabiiy fanlar, pedagogika ftlari mavjud. Tijorat va texnika kollejlari ham bor. Yirik kutubxonalari: Universitet kutubxonasi (1940), 200 tarmoq kutubxonasidan iborat Birlashgan ommaviy kutubxona. Kampalada Uganda muzeyi va Oʻrmon muzeyi (1922), Entebbeda Geol. muzeyi, Botanika bogi (1898), Ovchilik va baliqchilik muzeyi, akvarium va boshqalar bor.institutlar Kampaladagi qishloq xoʻjaligi tadqiqot stansiyasi (1937), davlat kimyo labratoyiya, paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasi, Entebbedagi veterinariya tadqiqot markazi (1926), geol. xizmati va mineral resurslar boʻlimi, oʻrmonchilik boʻlimida olib boriladi. Universitet huzuridagi ijtimoiy tadqiqot instituti, Milliy taʼlim instituti (1964), Uganda jamiyati (adabiyot, tarix, madaniyat sohalarida), ayrim muzeylar va Botanika bogʻida ham ilmiy ishlar olib boriladi. U hududida Sharqiy Afrika mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalari: dare baliqchiligi tashkiloti (1948, Jinja), tripanosomozlar tadqiqot tashkiloti (1949, Tororo) va virusologiya instituti (1949, Entebbe) ishlaydi.[2]

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ud a nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: „Ikveytor“ („Ekvator“, ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1981-yildan), „Mkombozi“ („Xaloskor“, ingliz tilidagi oylik jurnal, 1982-yildan), „Munno“ („Doʻstingiz“, katoliklarning luganda tilidagi xaftalik gazeta, 1911-yildan), „Nyu viji“ („Yangi nuqtai nazar“, hukumatning ingliz tilidagi haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1986-yildan), „Sitizen“ („Fuqaro“ ingliz tilidagi haftalik gazeta), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), „Taifa empia“ („Yangi millat“, luganda tilidagi kundalik gazeta, 1953 ydan). Uganda axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, u 1972-yil tashkil etilgan. Uganda radiosi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Uganda televideniye xizmati tijorat xizmati boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi; 1962-yil tuzilgan.[2]

20-asr boshlarida alifbo joriy etilgach, Uganda xalqlari tillarida adabiyot rivojlana boshladi. Ilk davrda M. Nsimbi, E. Kavere, A. Kaggva, G. Gmotoka va boshqalarlarning tarixiy qissa, sarguzasht romanlari, melodramalari paydo boʻldi. 1948-yil „Istafriken literatur byuro“ nashriyoti tashkil etilishi bilan adabiyot rivojida yangi bosqich boshlandi. 50-yillarda O. p Bitek (193 1–82)ning „Tishing oq boʻlsa, kulaver!“ dostoni, I. V. Lubambulaning sheʼrlari, J. Kaddu, E. Kaverening romanlari, T. Bazzarabizening sarguzasht qissalari nashr etildi.

Ingliz tilidagi adabiyot tez rivojlana boshladi. B. Kimenye, A. Mazrui, R.Serumaga, X. O. Kuletaning hikoya va romanlari mashhur boʻldi. T. lo Liyong koʻp janrlarda barakali ijod qildi. 70–90-yillar adabiyotida ijtimoiy oʻtkir, dolzarb masalalar koʻtarilib chiqildi. P. Nazaretning „Jigarrang rido ostida“, B. Lubeganing „Xoʻrlanganlar“, O. Kulining „Fohisha“ romanlari bunga misoldir. Sheʼriyatda vatanparvarlik ruhiyati, adolatsizlikdan norozilik kayfiyati kuchli.[2]

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat xalq ommasi aylana tarxli xoda va novdalardan konussimon yasalib tomi poxol va oʻtoʻlan bilan yopilgan kulbalarda yashaydi. Kulbalar yonida agʻdarilgan savat shaklidagi toʻqima donxonalar barpo etiladi. Qabila boshliqlari (kabakalar)ning daxmasi yoʻgʻon xodalardan konus shaklida yasaladi va poxol bilan qoplanadi. Dastlabki yevropacha (devorlari oklangan va tomi 2 nishabli va cherepitsali) turar joylar 1870-yillarda qurildi. Kampala va Entebbeda masjidlar, cherkovlar qad. koʻtardi. 20-asrning 60-yillaridan yangi qurilish materiallaridan foydalanib uyjoy, maktab, kasalxona, sanoat inshootlari, koʻp qavatli maʼmuriy binolar qurishga kirishildi.

Ugandada badiiy hunarmandchilik orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik ayniqsa rivojlangan. Mebel, cholgʻu asboblariga naksh solinadi. Lub, qamish, palma tolasi, novda, poxol, oʻt, papirusdan savat, boʻyra, qalqon, devor, turli idishlar yasaladi. 1936-yilda rassomlik maktabi tashkil etildi. Zamonaviy haykaltaroshlardan J. Kakoosa, G. Maloba, rangtasvirchilardan M. O. Buluma, I. Kalanzi, D. Sebegal, grafikachi rassom V. Envaki va boshqa Yevropadagi eng yangi oqimlar taʼsirida ijod qila boshladilar.

Musiqasi qad. va boy anʼanalarga ega. Uganda xalklarining tillari, urfodatlari, turmush tarzi turlicha boʻlgani tufayli musiqasi ham xilmaxil. Har bir elatga xos ohanglar va usullar mavjud. Urfodat, mehnat, marosim, sevgi qoʻshiqlari, qahramonlarni madh etuvchi qoʻshiqlar kabi janrlar rivojlangan. Davra boʻlib va yakka tarzda aytiladigan qoʻshiklar bor. Koʻpchilik xalklarning musiqasi pentatonikaga, oddiy va murakkab vazn oʻlchovlariga asoslangan. Cholgʻu asboblari: 8 torli arfa (ennanga), 8 torli lira (endonga), 1 torli skripka (endigidi), kamon (sekitulege), nay, truba, baraban, chang va sh.k. Ugandada „Afrikaning yurak urishi“ milliy folklor ansambli, Embayre changchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar bor. Tanikli musiqa arboblari: kompozitor J. Kgambiddva, sozanda Ye. Mulinda, xonanda J. Katumba, musiqashunoslar – B. Mubangizi, K. Sempebva va boshqa Musika kadrlarini Uganda milliy universitetining sanʼat fakulteti, milliy musiqa departamenti va milliy kollej tayyorlaydi.[2]

Birinchi jahon urushidan keyin ingliz havaskorlik teatri taʼsirida Afrikaning oʻziga xos teatr sanʼati vujudga keldi. 20-asrning 50-yillarida barcha havaskorlik toʻgaraklari teatr gildiyasiga birlashdi, uning tashabbusi bilan Kampalada milliy teatr binosi kurildi. Mamlakat mustakilligiga bagʻishlangan „Qora darvesh“ spektakli (Ngugi Van Tiongo pyesasi asosida) Uganda yarim professional teatri tarixini boshlab berdi. Mashhur jamoalari: birinchi professional jamoa „TIETR limited“, „Afrika artistlari uyushmasi“, „Kampala shahri artistlari“ va boshqa Ularning repertuarida mahalliy mualliflar – Viklif Kiyinja va Bayron Kanadva pyesalari bilan birga jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham bor.[2]