Kontent qismiga oʻtish

Usta Ali maqbarasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Usta Ali maqbarasi (1-nomsiz maqbara) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr 80-yillari); Shohizinda tarkibida. Maqbarada qarshilik Usta Ali Nasafiy nomi saqlanganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Makbara toʻrtburchak tarhli (8,1x 9,8 m), bir xonali, peshtoqgumbazli, gumbazi 16 qirrali baland asosga oʻrnatilgan. Maqbaraga peshtoqidagi chuqur ravokli eshik orqali kiriladi. Makbara ostida toʻrtburchakli sagʻana joylashgan. Peshtok,, ravoklari, ichki devorlaridagi rang-barang koshinkori oʻsimliksimon, girih naqshlar arab yozuvidagi kitobalar bilan uygʻunlikda hamda mutanosiblikda mahorat bilan bajarilgan. Maqbaraning yon tarzlari silliqlangan gʻishtlar bilan qoplangan boʻlib, oralariga shakldor "pechak"lar ishlangan. Serjilo bezaklarga boyligi uchun "guldor" makbara deb ham ataladi.