Kontent qismiga oʻtish

Valeriy Kapashin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Petrovich Kapashin
 Kimyoviy qurollarni xavfsiz saqlash va yo'q qilish Federal boshqarmasi boshliq
 
Mansab davri
2001-yil 29-aprel
Prezident Vladimir Putin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26.09.1950
Runovshchina (Poltava viloyati)

Valeriy Kapashin Petrovich (1950-yil 26-sentyabrda tugʻilgan, Ukraina SSR, SSSR, Poltava viloyati, Runovshchina qishlogʻi) – Rossiya harbiy rahbari va davlat arbobi, general-polkovnik (22.02.2009).

1967-yilda oʻrta maktabni tamomlagan. Keyinchalik u A. M. Gorkiy nomidagi Xarkov davlat universitetiga oʻqishga kirgan.

Harbiy xizmat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yildan Sovet armiyasida xizmat qilib, 1971-yilda Saratov oliy harbiy muhandislik kimyoviy mudofaa maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlarida vzvod komandiri boʻlgan. Shuningdek u alohida kimyoviy mudofaa bataloni komandiri lavozimlarida ham xizmat qilgan. U „katta leytenant“ va „kapitan“ harbiy unvonlarini muddatidan oldin olgan.

1982-yilda Sovet Ittifoqi marshali S. K. Timoshenko nomidagi Kimyoviy mudofaa harbiy akademiyasini tamomlagan. 1982-yildan – Ural harbiy okrugining (Zlatoust) 28-alohida kimyoviy mudofaa polkining shtab boshligʻi, 1983 yildan – ushbu polkning komandiri boʻlgan. Ushbu polkdagi faoliyatining boshida u Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan va 6 oy davomida ofat zonasida jangovar topshiriqlarni bajargan. U Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

1986-yildan – Ural harbiy okrugi kimyoviy qoʻshinlari boshligʻining oʻrinbosari, Janubiy kuchlar guruhi (Vengriya) kimyoviy qoʻshinlari shtab boshligʻi, Gʻarbiy strategik yoʻnalishning kimyoviy qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan.

1991-yildan Turkiston harbiy okrugida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi Nukus shahrida joylashgan Davlat kimyo ilmiy-tadqiqot instituti-sinov poligoni boshligʻi lavozimida ishlagan. 1993-yil iyun oyidan – Uzoq Sharq harbiy okrugining radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya kuchlari boshligʻi[1] boʻlgan. U Ukraina Mudofaa vazirligining kimyoviy mudofaa qoʻshinlari boshligʻi boʻlish taklifini rad etgan[2]. Shuningdek, u 1995-yildagi Neftegorsk zilzilasining oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan.

  1. Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 29.06.1993 № 978 „O naznachenii na doljnost, osvobojdenii ot doljnosti i uvolnenii s voennoy slujbi ofitserov Voorujennix Sil Rossiyskoy Federatsii, dlya kotorix shtatom predusmotreni voinskie zvaniya visshix ofitserov“
  2. „В. Капашин: Химическое оружие будет уничтожено в срок/Интервью электронному журналу «Химическое разоружение в Российской Федерации», 24 ноября 2005 г.“. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.