Kontent qismiga oʻtish

Vanuatu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vanuatu Respublikasidan yoʻnaltirildi)
Vanuatu Respublikasi
Ripablik blong Vanuatu

République du Vanuatu

ShiorLong God yumi stanap
Kelinglar Xudo oldida qatʼiy turamiz
Madhiya: Yumi, Yumi, Yumi
(We, We, We)
Location of Vanuatu
Poytaxt Port-Vila
Rasmiy til(lar) Bislamacha
Fransuzcha
Inglizcha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Iolu Johnson Abil
Sato Kilman
Mustaqillik (Fransiya va Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
30-iyul 1980
Maydon
• Butun
12,200 km2 (162-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
205,754 (185-oʻrin)
• Zichlik 16/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$580 mil. (204-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,819
Pul birligi Vatu (VUV)
Vaqt mintaqasi UTC+11
• Yoz (DST)
UTC+11
Qisqartma NH
Telefon prefiksi 678
Internet domeni .vu

Vanuatu, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — Tinch okeanning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid orollari (80 oroldan iborat)dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Maydon 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti — Port-Vila shahri. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vanuatu Respublikasi Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1980 i. 30-iyulda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament amalga oshiradi. Parlament aʼzolari aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Orollar yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan togʻlik (eng baland nuqtasi 1810 m). 60 ga yaqin vulkandan 10 tasi harakatda. Orollardagi togʻlar orasida tekis yerlarda dehqonchilik qilinadi. Koʻpgina issiq buloqlar mavjud. Oltingugurt, marganes konlari bor. Iklimi — nam, tropik. Oʻrtacha oylik tempaturasi 20—27°. Yiliga 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Sershamol sharqiy qiyaliklarda tropik oʻrmonlar, gʻarbda Irak oʻrmon.

Aholisi asosan melanezlar (95% ga yaqini). Inglizlar, mikronezlar, polinezlar, fransuzlar va b. ham yashaydi. Shaharlarda 18,4% aholi istiqomat qiladi. Rasmiy tili — ingliz va fransuz tillari; davlat tili — bislama tili. Dindorlarning aksariyati — xristianlar (aholining 90% i). Yirik shaharlari — Port-Vila, Luganvil.

Vanuatuda bir necha ming yillardan beri odamlar yashaydi. taxminan 4 ming yil avval Yangi Gebrid arxipelagining shimoliy va markaziy orollariga koʻchib kelgan kishilar shu yerda oʻrnashib qoldi. Orollar portugaliyaliklar tomonidan 1606-yilda kashf etilgan. 1774-yilda orollar ingliz sayyohi J. Kuk tomonidan tadqiq etilgan va Yevropadagi Gebrid orollariga oʻxshashligi uchun Yangi Gebrid deb atalgan. 1906-yildan Buyuk Britaniya bilan Fransiyaning mushtarak mustamlakasi boʻlgan. Mahalliy aholining koʻp yillik ozodlik kurashi natijasida Vanuatu 1980-yil 30-iyulda mustaqil deb eʼlon qilindi. Vanuatu—1981-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —30-iyul — Mustaqillik kuni (1980).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Vanuatu leyboristlar partiyasi, 1986-yil tashkil etilgan; Vanuaku partiyasi, 1971-yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1986-yilda asos solingan; Melaneziya taraqqiyparvar partiyasi, 1988-yilda tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1994-yilda asos solingan; Milliy birlashgan partiya, 1991-yilda tashkil etilgan; Yangi xalq partiyasi, 1986-yilda tuzilgan; Moʻʼtadil partiyalar ittifoqi, 1980-yilda tuzilgan. Vanuatu kasaba uyushmalari kengashi, 5 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi Mehnatga qobiliyatli aholining 70% qishloq xoʻjaligi bilan band. Kokos palmasi, yams, kakao, shakarqamish, kofe, paxta ekiladi. Qoramol, qoʻy, echki, parranda bokiladi, baliqovlanadi. 1995-yil yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 13% ni tashkil etdi. Unda mehnatga qobiliyatli aholining 3,5% band boʻldi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Marganes qazib olinadi (Efate orolda). Shuningdek, neft, oltin, mis zahiralari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. 80-yillarning oxiridan qurilish avjoldi. Sayyohlik rivojlangan; yiliga oʻrtacha 45 mingga yaqin sayyoh kelib ketadi. Vanuatuda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi—1,1 ming km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti Port-Vila shahri. Shuningdek, Luganvil, Palikoulo va Santu dengiz portlari ham bor. Vanuatu chetga kopra, marganes rudasi, baliq, goʻsht, kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki, kimyoviy mahsulotlar, dastgoh va transport jihozlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari — Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Fransiya, Yangi Kaledoniya, Fiji, Niderlandiya. Pul birligi — vatu.

Vanuatuda "Vanuatu uikli" (ingliz, fransuz va bislama tillarida, 1980-yildan), "Treyding post" ("Savdo pochtasi", ingliz tilida) haftalik gaz.lari chiqadi. 1987-yildan Paknyus mintaqaviy axborot agentligi mavjud. Vanuatuda "Vanuatu teleradioeshittirish korporatsiyasp" faoliyat koʻrsatadi. Vanuatu radiosi 1966-yildan (ingliz, fransuz va bislama tillarida) ishlaydi.

Vanuatu maktablarida taʼlim ingliz va fransuz tillarida olib boriladi. Oʻqish bepul. Boshlangich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarning 85% ga yaqini davlat boshlangʻich maktablariga boradi. Bu maktablarning soni 270 dan ortiq. Oʻrta maktablarga bolalar 12 yoshdan qabul qilinadi; unda oʻqish muddati 7 yil Oʻrta maktablarda 4269 oʻquvchi oʻqiydi. Davlat maktablaridan tashqari, xususiy va missionerlik maktablari ham bor. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini pedagogika kollejlari tayyorlaydi. 1989-yil mayda Port-Vila sh.da Jan.-Tinch okeani universitetining filiali ochilgan. Port-Vila sh.da shuningdek, Madaniy markaz hamda uning muzeyi va kutubxonasi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil