Vasiliy Burov-Petrov
Vasiliy Ivanovich Burov-Petrov (asl ism-sharifi Mixail Nikolayevich Petrov; 1883-yil Jizzax, Turkiston general-gubernatorligi — 1939-yil Chelyabinsk viloyati Koʻrgan shahri) — sovet harbiy-siyosiy yetakchisi, fuqarolar urushi qatnashchisi, Uzoq Sharq Respublikasi harbiy vaziri, Uzoq Sharq Respublikasi xalq inqilobiy armiyasining bosh qoʻmondoni, NRA va Uzoq Sharq floti Harbiy kengashi a’zosi. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Nikolaevich Petrov 1883-yilda Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligining Samarqand viloyati Jizzax tumani Jizzax shahrida – hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyatining maʼmuriy markazida tugʻilgan[1].
Samarqand shahridagi 4-maktabni tugatgan[1].
1904-yildan inqilobiy doiralarda qatnashgan[2].
1905-yildan 67-Turkiston miltiq batalyonida xizmat qilgan. Xizmati davomida noqonuniy harbiy inqilobiy tashkilotga a’zo boʻlgan va 1907-yilning dekabr oyida Jizzax shahrida hibsga olingan. Yetarlicha dalillar yoʻqligi sababli Mixail ozod qilingan[2]. 1908-yilda Mixail demobilizatsiya qilingan va u Samarqandda tarbiyachi sifatida ishlay boshlagan[3].
1910-yilda xalq oʻqituvchisi unvoni uchun imtihon topshirgan va shundan soʻng Samarqanddagi rus-yahudiy maktabida oʻqituvchi, keyinchalik esa ushbu maktabning mudiri sifatida faoliyatini davom ettirgan[2].
1911-yilda Mixail Nikolayevich Petrov Urgut shahridagi kredit kooperatsiyasi jamiyatida, 1912-yilda esa Andijon shahridagi kichik kredit idorasida inspektor vazifasida faoliyat koʻrsatgan[2].
1914-yil I jahon urushi boshlanganidan keyin Mixail armiyaga qaytgan va Qozon harbiy okrugida oddiy askar boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik Odessa praporshchik maktabini tugatib, Оmskdagi 27-Sibir otishma batalyonida va Koʻrgandagi 34-Gʻarbiy Sibir otishma polkida xizmat qilgan[1][2]. 1916-yildan - polk adyutanti, proporshik (harbiy unvon) sifatida ishlagan[1].
1915-yilda Vasiliy Ivanovich Rossiya sotsial-demokratik mehnat partiyasi (RSDLP) a’zosi boʻlgan[4].
1917-yilgi fevral inqilobidan keyin yangi davlat organlarini shakllantirishda faol ishtirok etgan. Koʻrgan ishchi va askarlar deputatlari kengashining aʼzosi, Muvaqqat harbiy ijroiya qoʻmitasini boshqargan. 1917-yilning mart oyidan Mehnat komissari, keyinchalik Koʻrgan ijroiya qoʻmitasi moliya komissari va Koʻrgan inqilobiy qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. Vasiliy Ivanovich ilk marotaba Koʻrgan hududidagi korxonalarda 8 soatlik ish kunini joriy etishga erishgan.
Oktabr inqilobidan soʻng, 1917-yilning 23-noyabridan Burov-Petrov Qizil gvardiya komissari va Koʻrgan milliylashtirilgan banklari, keyinroq koʻrganlik bolsheviklar gazetasi hisoblangan,,Noviy mir”ning muharriri ham hisoblangan[1][2].
1918-yil iyul oyida Koʻrgan qulagandan soʻng, Oqchexiya qoʻzgʻoloni natijasida Burov-Petrov hibsga olinib, Omsk konslageriga joylashtirilgan. 1918-yilning dekabr oyida u yerdan qochib ketgan va shaxsini oʻzgartirish maqsadida Burov Vasiliy Ivanovich nomiga soxta hujjatlar tayyorlagan[1][2].
Shundan soʻng mazkur nom bilan Burov Omskdan Irkutskka joʻnab ketgan va u yerda metro qurilishida qatnashgan. Keyinchalik Cheremxova shahridagi askarlar bilan birga ishlagan va Cheremxovo inqilobiy shtabini boshqargan[1][2].
1919-yilda Kolchak istilosi davrida qonuniylashtirilgan Kamenka qishlogʻidagi kredit bank filiali ustaxonasida ishlagan. Shu bilan birga, bir vaqtning oʻzida yer osti ishlarida ham faol ishtirok etgan[2].
Vasiliy Ivanovich admiral Коlchakni qoʻlga olish va mavh etish operatsiyasiga rahbarlik qilgan. Inqilobiy shtab yigʻilishida Rossiya Oliy hukmdori A.V.Kolchak oʻtirgan poyezdni qoʻlga olish rejasi ishlab chiqilgan. Burov otryad tuzgan va Polovina stantsiyasida poyezddan tushib, oldindagi admiral poyezdiga ergashgan hamda uni Irkutskni aylanib oʻtish imkoniyatidan mahrum qilgan. Burov otryadi Innokentyevskaya stantsiyasini oʻrab olib, poyezdni toʻxtatgan. Poyezdni qoʻriqlab ketayotgan chex askarlarini yakson qilib, Kolchakni Irkutskdagi Siyosiy markaz vakillariga topshirgan[5][6].
Keyinchalik u partizan armiyasi 1-Irkutsk otishma diviziyasining bir guruhiga qoʻmondonlik qilgan[1].
Vasiliy Ivanovich shuningdek, 1920-yilning 10-aprelidan 1920-yilning 13-apreligacha boʻlgan davrda Uzoq Sharq Respublikasi Xalq inqilobiy armiyasining ataman G.M.Semenovga qarshi birinchi Chita operatsiyasida qatnashgan[7].
Shu bilan birga, 2-Amur armiyasi shtabini boshqargan[8].
1921-yil 30-aprelda Burov Uzoq Sharq harbiy vaziri etib tayinlangan va Uzoq Sharq harbiy kengashi bosh qoʻmondoni hamda Uzoq Sharq floti a’zosi boʻlgan[8].
1921-yilning oxirida uni Butunittifoq Bolsheviklar Kompartiyasi Markaziy Komitetining vakolatli vakili sifatida Fargʻona viloyatidagi bosmachilarga qarshi kurash uchun Oʻrta Osiyoga yuborishgan. 1922-yil 5-oktabr oyidan 1923-yil 26-may oyigacha Turkiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat komiteti masʼul kotibi, 1923-yil 2-oktabrdan Fargʻona viloyati ijroiya byurosi va inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi sifatida ishlagan[1][2].
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi, 1923-yil 9-iyuldan 1924-yilgacha,,Тurkestanskaya pravda” gazetasining mas’ul muharriri vazifasida faoliyat koʻrsatgan[1][2].
- 1924-yil 23-noyabrdan Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Qirgʻiziston viloyat qoʻmitasining tashkiliy boʻlimi boshligʻi, shu bilan birga 1925-yil 27-martidan shu yilning 18-avgustigacha aʼzosi hisoblangan.
- Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Kirobkom Ijroiya byurosi a’zosi va arbobi;
- 1925-yil aprel-may oylarida Burov bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Qirgʻiziston viloyat qoʻmitasining ijrochi kotibi;
- 1925-yil 22-sentabrda yana Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Kirobkomi ORGO boshligʻi boʻlgan.
Oʻrta Osiyodan qaytgach, Sovet Respublikasi Xalq xoʻjaligi Oliy Kengashining masʼul xodimi vazifasida ishlagan[1].
Vasiliy Ivanovich Burov-Petrov 1939-yilda Chelyabinsk viloyati, Koʻrgan tumani, Koʻrgan shahrida vafot etgan. Ayni paytda mazkur shahar Koʻrgan viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi[1].
Burov-Petrov Koʻrgan shahrining kommunistik qabristoniga dafn qilingan. 1977-yil oktabr oyida V.I.Burov-Petrov (arxitektor I. V. Kozlov, ijrochi rassom V.A.Korochkin tomonidan tayyorlangan) qabrida yodgorlik toshi oʻrnatilgan. Yodgorlikda shunday yozuv bor: ,,Burov-Petrov Vasiliy Ivanovich. 1883—1939-yillar. Koʻrgan shahri Qizil gvardiyasining birinchi komissari, shahar va tumanda Sovet hokimiyatini oʻrnatishning faol ishtirokchisi. 1920-yil yanvar oyida uning qoʻmondonligidagi partizan otryadi Kolchakni hibsga olgan va Irkutsk shahrini qizil qoʻzgʻolonchilarga topshirgan[9]. 1985-yildan beri qabriston oʻrnida Koʻrgan viloyati Koʻrgan shahridagi Gʻalaba bogʻi bunyod etilgan.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oktabr inqilobining 50 yilligi arafasida Koʻrgan shahar kengashi Kontrolnaya koʻchasi nomini Burov-Petrov koʻchasi nomiga oʻzgartirgan.
- Burov-Petrov V.I. Bostirish va manipulyatsiyaga qarshi kurash. - Frunze: Kirgosizdat, 1927. - 61 b.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 „Лица Зауралья. ПЕТРОВ Михаил Николаевич.“. 11-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 Буров-Петров Василий Иванович (Wayback Machine saytida 2018-03-12 sanasida arxivlangan) на сайте ЦентрАзия.
- ↑ Буров-Петров Василий Иванович (Wayback Machine saytida 2018-03-12 sanasida arxivlangan) на сайте ЦентрАзия.
- ↑ „Лица Зауралья. ПЕТРОВ Михаил Николаевич.“ (deadlink). 11-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
- ↑ „Памятник на могиле В. И. Бурова-Петрова“. 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil.
- ↑ Буров-Петров (настоящая фамилия Петров) Михаил Николаевич (1883 - 1939) – революционер, деятель коммунистической партии.
- ↑ Первая Читинская операция НРА ДВР в Энциклопедии Забайкалья
- ↑ 8,0 8,1 Буров Василий Иванович в Энциклопедии Забайкалья
- ↑ [www.rutraveller.ru/place/131537 Памятный знак В. И. Бурову-Петрову]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Burov-Petrov Mixail Nikolaevich Aleksey Nikolaevich Dedovning veb-saytida