Vasim Sajjod
Vasim Sajjad | |
---|---|
urdu: وسیم سجاد | |
Pokiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi | |
Mansab davri 1993-yil 18-iyuldan – 14-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Gʻulom Isxoq Xon |
Vorisi | Faruq Ligʻoriy |
Pokiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi | |
Mansab davri 1997-yil 2-dekabrdan – 1998-yil 1-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Faruq Ligʻoriy |
Vorisi | Muhammad Rafiq Taror |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 30-mart 1941-yil |
Vasim Sajjod (urdu: وسیم سجاد); 30-mart 1941-yil) – 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi. Ayni paytda muxolifat yetakchisi boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasimning otasi Ahmad Sajjod sudya edi. Vosim Panjob universitetida oʻqigan va 1961-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bir qator universitet imtihonlarida (ingliz tili va siyosatshunoslik) koʻplab oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, 1962-yilda huquq kolleji tennis jamoasi sardori[2].
Vosim Sajjod 1985-yilda Senatga saylangan. 1986-yil sentyabridan 1988-yil dekabrigacha Adliya vaziri lavozimida ham ishlagan. 1988-yil 24-dekabrda Senat raisi etib saylandi. Sajjod 1991-yilda yana senator etib saylangan. Vasim Sajjod Senat raisi sifatida bir necha bor Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Masalan, 1993-yilda Gʻulom Isxoqxon va Navoz Sharif oʻrtasidagi qarama-qarshilik tufayli Milliy Assambleya tarqatib yuborilganda, u prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan[3].
1997-yil 2-dekabrda prezident Faruk Legarining isteʼfoga chiqishidan soʻng, Vasim Sajjod Senat raisi sifatida yana prezident vazifasini bajaruvchi boʻldi[4].
Pokiston parlament delegatsiyasi rahbari sifatida bir qancha davlatlarga, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Polsha, Yaponiya, Malayziya, Filippin va Tailandga amaliy tashriflarni amalga oshirdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Wasim Sajjad“ (en) (deadlink). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.